Kechqurun Alp tog‘larining etagidagi Kobongra degan soy yoqasida, bo‘yi to‘rt futgacha yetadigan, qizg‘ish bargli butalar o‘sib yotgan vodida tunash uchun to‘xtadilar.
— Bu tog‘dan oshib o'tish qiyinroq bo‘ladigan ko‘rinadi, — dedi Glenarvan, qosh qoraya boshlashi bilan sekin-asta qorong‘ulik qa’riga kirib yo‘qola boshlagan tog4 tizmalariga qarab. — Alp tog‘lari-ya! Nomining o‘zi o‘ylatib qo'yadi kishini.
— Buni aynan tushunmang, azizim Glenarvan,— dedi Paganel.— Butun boshli bir Shveysariyadan o‘tamiz deb o'ylamang. To‘g ‘ri, Avstraliyada ham Yevropadagidek Pireney va Alp tog'lari bor, lekin bu-
1F a rv a te r — kemalar o'tishi uchun signallar o'rnatilgan dengiz yo‘li. (Tar].)
Do'stlaringiz bilan baham: |