Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Yosh xo'jayinlar keltirgan ma’lumotlar mehmon-larni juda xursand qilib yubordi, chunki ular ham Paganel bilan Ayrton aytgan gaplarni tasdiqlar edi



Download 0,7 Mb.
bet191/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Yosh xo'jayinlar keltirgan ma’lumotlar mehmon-larni juda xursand qilib yubordi, chunki ular ham Paganel bilan Ayrton aytgan gaplarni tasdiqlar edi.

Elen bilan Meri Grant turib ketganlaridan so‘ng erkaklar katorjniklar to‘g ‘risida gap ochdilar. Pater-sonlar Kemden ko‘prigida yuz bergan halokatdan xabardor edilar, lekin shu atrofda izg‘ib yurgan qochqin muttahamlar shaykasi ularni zarracha ham bezovta qilmasdi. Muttahamlar yuzdan ortiq erkak yashaydigan joyga hujum qilishga botinolmasdi, al-batta. Buning ustiga, jinoyatchilarning Myorrey daryosiga borib taqaladigan bu dashtlarga kelishini yoki yo‘llari yaxshi qo‘riqlanadigan Yangi Uells koloniyalariga yaqin borishlarini faraz qilish qiyin. Ayrton ham shunday fikrda edi.

395


Glenarvan ularni bunchalik xursandlik bilan qarshi oigan mezbonlarning shu yerda bir kun dam olib ketinglar degan taklifini yerga tashlay olmasdi. Bu yerda qolish bilan qo‘ldan beriladigan o‘n ikki soat vaqt sayohatchilarga ham, ularning yaxshi molxona-ga kiritib qo‘yilgan ot va ho'kizlariga ham yaxshilab dam olish imkoniyatini berardi.
Shuning uchun ertasiga ertalabgacha shu yerda qolishga qaror qildilar. Mezbon yigitlar darhol mehmonlariga kunni qanday o‘tkazish to‘g ‘risidagi o‘z programmalarini bildirdilar, mehmonlar ham bun­ ga jon deb rozi bo‘ldilar.
Choshgoh vaqtida asi zotli otlardan yettitasi eshik oldida yer tepinib turar edi. Ayollarga to‘rtta ot qo'shilgan arava berildi. Yo‘lga chiqdilar. Nihoyatda yaxshi ov miltiqlari bilan qurollangan otliqlar ara-vaning ikki yonida borardilar. Ot minib oigan sakbon-lar oldinroqda borishar, bir to‘da itlar esa o‘rmonni boshga ko'tarib vovullar edilar.
Otliqlar kattaligi jihatdan chog‘roq bir german davlatidan qolishmaydigan bog‘ning alleya va yo‘llar-idan to‘rt soat yo‘l yurdilar. To‘g ‘ri, bu yerlarda odam kam ko‘rinardi, lekin o‘tlab yurgan qo'ylarning son-sanog‘i yo‘q edi. Yowoyi parranda esa shunday ko‘p ediki, butun boshlik bir armiya yuborilsa ham ovchilar qarshisiga bunchalik ko‘p parranda haydab kelishi mushkul edi. Shuning uchun oradan ko‘p o'tmay chakalaklarda, dashtlarda yashovchi parranda va hayvonlarni cho‘chitib, birin -ketin o‘q ovozlari yangray ketdi. Mak-Nabbs bilan yonma-yon yurib ov qilayotgan Robert katta mahorat ko‘rsatdi. Dovyurak bola opasining qayta-qayta tayinlashiga qaramay, doim hammadan oldinga o‘tib ketar va eng oldin o‘q uzardi. Lekin Jon Mangls Robertga qarab borishni o‘z zimmasiga olib, uning opasini tinchlantirdi.
Bu ovda avstraliya jonivorlaridan bir nechtasi o'ldirildi. Shu vaqtgacha Paganel ham bu jonivorlarn-ing nominigina bilardi. Ov qilingan jonivorlar ichida vombat va bandikut ham bor edi.
Vombat — qo'ydek keladigan, go‘shti juda shirin o‘txo‘r jonivor. Bandikut esa xaltalilar turiga kiradi-gan jonivor, u yevropa tulkisidan ham ayyorlik qila-di, hatto unga qush qo'ralarida qanday o‘g ‘irlik qil-ishni o‘rgatib qo‘yishga ham yaraydi. Uzunligi bir yarim futcha chiqadigan, xunukdan-xunuk bu

396



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish