Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


— Ehtiyot bo'linglar! — deb qichqirdi botsman, arava ketidan kelayotgan otliqlarga



Download 0,7 Mb.
bet204/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

407

Ehtiyot bo'linglar! — deb qichqirdi botsman, arava ketidan kelayotgan otliqlarga.
Nima bo‘ldi? — deb so‘radi Glenarvan.

Loyga botib qoldik, — dedi Ayrton.


U ho'kizlarni hay-haylab va uzun tayoq bilan urib, yurgizishga harakat qilib ko‘rdi, lekin tizzasigacha loyga botib qolgani uchun ho‘kizlar o‘rnidan qimirlay olmas edi.
Shu yerda manzil qurib qo‘ya qolaylik, — deb taklif qildi Jon Mangls.
Shunday qila qolganimiz durust, — dedi Ayrton ham: — Ertaga erta bilan bu yerdan chiqib ketish os-onroq bo‘ladi.
Shu yerda tunaymiz! — deb qichqirdi Glenarvan.
Sal-pal qosh qorayib turdi-yu, birdan qorong‘u tushdi, lekin salqin tushmadi. Havo dim. Ufqda har zamon-har zamonda bir yalt etib chaqmoq chaqqani ko‘rinar, uzoq-uzoqlarda momaqaldiroq gumburla-gani eshitilardi.
Botib qolgan arava hamda katta-katta daraxtlar ostiga o'rnatilgan palatkada bir amal qilib joylashdi-lar. Kechasi yomg‘ir quyib bermasa bo'lgani, boshqa hech narsadan nolimay, tong ottirib olish mumkin.
Ayrton qornigacha loyga botib qolgan ho'kizlarni zo‘r mashaqqatlar bilan bo'lsa ham chiqarib oldi. Keyin hech kimning yordamisiz, bir o‘zi ularni otlar bilan bir yerga bog'lab oldiga ovqat soldi, bu ishlarni u doim o‘zi qilardi. Umuman botsman hayvonlarga yaxshi qarardi. Ayrtonning bugun ayniqsa yaxshi harakat qilayotganini ko‘rgan Glenarvan unga tashakkur bildirdi, chunki endilikda mollarni ehtiyot qilish eng muhim ish edi.
Ayrton ot va ho‘kizlar bilan ovora ekan, sa-yohatchilar ovqatlanish uchun o‘tirdilar, ovqat ham aytarlik yaxshi emasdi. Lekin hech kimning ham ovqat yegisi yo‘q edi, chunki qattiq charchagan va is-siqdan qiynalgan sayohatchilar ovqatdan ko‘ra dam olishga muhtoj edilar. Elen bilan Meri Grant ham-rohlariga tinch uyqu tilab, har vaqtdagidek aravadagi o‘z divanlariga chiqib yotdilar. Erkaklarga kelsak, ularning ba’zilari palatkaga kirib yotdilar, ba’zilari daraxt ostidagi qalin o‘tlar ustiga cho‘zildilar, ochiq yerda o'tlar ichida yotish bu ajoyib mamlakatda xavfli emasdi.

408


Sekin-asta hamma og‘ir uyquga ketdi. Osmonni katta-katta quyuq bulutlar qoplab kela boshladi, tun borgan sari qorong‘ulashib borardi. Tiq etgan shamol yo‘q. Tun sukunatini faqat Yevropa kakkusiga o‘xshab sayraydigan morpukning g ‘amgin ovozigina buzardi.
Soat o‘n birlarga borib, biroz mizg'ib oigan mayor birdan uyg‘onib ketdi. U daraxtlar ostida bilinar-bil-inmas miltillayotgan allaqanday xira yorug‘liqqa hay-ron bo‘lib qarab qoldi. Mak-Nabbs dastlab biror yerga o‘t tushgan bo‘lsa kerak deb o'yladi.
U o‘rnidan turib, o'rmonga qarab yurdi. Lekin bu yorug‘liqning sababi atrofni bosib ketgan yorug* beruvchi qo‘ziqorinlar ekanini ko'rib, juda ajablandi. Ba’zi qo‘ziqorinlar qorong‘uliqni anchagina yoritib turar edilar.
Mayor xudbin odam emasdi, u bu nodir hodisani o‘z ko‘zi bilan ko'rsin deb, endigina Paganelni uyg‘ot-moqchi bo‘lib turgan edi, to'satdan ko‘zi bir narsaga tushib qoldi-da, bu fikrdan qaytdi.
Qo‘ziqorinlar shu’lasi o'rmonda yarim mil atrofni yoritib turardi. Mak-Nabbsning nazarida o'rmon yoqasida allaqanday ko‘lankalar qimirlayotgandek bo‘ldi. Yo unga shunday tuyuldimikan?
Mayor yerga yotib, diqqat bilan kuzata boshladi. Ko‘p o‘tmay u bir necha kishini aniq ko'rdi. Ular goh engashib, goh qaddini rostlab, aftidan, yerga yangi tushgan izlarni axtarar edilar.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish