12 Kapitan Grant bolalari. 353
Myorreyning narigi tomonidagi keng Laklan o‘lka-sida yashaydigan haqiqiy yow oyilar — Tolinening ota-onalari ham ana shunday qilganlar. Bola o‘zi Melburnda o‘tkazgan besh yil mobaynida qarindosh-urug‘laridan birortasini ko‘rmagan. Lekin uning qal-bi o‘z oilasiga muhabbat bilan tepadi, shuning uchun u hozir butun Avstraliya qit’asiga tarqab ketganligi ham ehtimol bo‘lgan o‘z qadrdon qabilasini axtarib, qir-dashtlardan o‘tadigan mashaqqatli safarga chiqishdan qo'rqmagan. U o‘z oilasini ko‘rib kelishga intilardi, ammo oilasi allaqachon halok bo‘lib ketgan bo‘lishi ham ajab emas.
— Ota-onangni ko‘rib, diydoriga to'yganingdan keyin yana Melburnga qaytasanmi, o‘g ‘lim? — deb so'radi undan Elen.
— Ha, missis, — deb javob berdi Toline, yosh ayol-ga samimiy mehribonlik bilan qarab.
— Katta bo'lganingdan keyin nima qilmoqchisan?
— Aka-ukalarimni qashshoqlik va johillik changali-dan qutqazib olmoqchiman: ularni o‘qitmoqchiman.
Sakkiz yashar avstraliyalikning shavq bilan ayt-gan bu so'zlari sayohatchilarni juda qoyil qoldirdi. Nihoyatda ta’sirlanib ketgan Paganel avstraliyalik bu kichkina bolani juda yaxshi ko‘rib qoldi. Shunisini ham aytib o‘tish kerakki, yevropacha kiyingan bu yow oyi bola shu vaqtgacha geografiya olimiga uncha yoqinqiramay turgandi. Axir u Avstraliyaga syurtuk kiygan avstraliyaliklarni ko‘rish uchun kelibdimi?! U kiyim-bosh kiygan avstraliyaliklarni emas, badaniga har xil rasmlar solingan avstraliyaliklarni ko‘rsam derdi. Bolaning «binoyidek» kiyimi uning yerliklar to‘g‘risidagi barcha tasawurini buzib yubordi. Lekin Tolinening hayajon bilan aytgan gaplari geografiya olimining unga bo‘lgan munosabatini tamom o‘zgar-tirib yubordi, endi u o‘zini kichkina avstraliyalikning muxlisi deb e’lon qildi.
Suhbatning oxiri geografiya olimini bolaning yaqin do‘stiga aylantirdi. Elen Tolinedan: qaerda o‘qiysan, deb so‘ragan edi, u Melburndagi Pakston hazratlari boshliq normal maktabda o‘qishini aytdi.
— U maktabda senga qanday fanlarni o‘qitisha-di?— deb so‘radi Elen.
— U maktabda menga bibliya, matematika, geo grafiya...
— A, geografiya ham o'qitishadimi?! — deb uning so‘zini bo‘ldi Paganel, qizg‘inlik bilan.
— Ha, ser, — deb javob berdi Toline. — Yanvar kanikulidan oldin men hatto geografiyadan birinchi mukofot oldim.
— Geografiyadan mukofot oldim deysanmi, o‘g ‘lim?
— Mana, ser, — dedi Toline, cho‘ntagidan kitob chiqarib.
Do'stlaringiz bilan baham: |