holda turardi, uning bu holatini ko'rgan mayor maza qildi.
Ekzamen davom etdi.
— Osiyoga o‘tamiz, — dedi geografiya olimi.
— Osiyo — kattakon o‘lka, — dedi Toline. — Uning markazi — Kalkutta. Asosiy shaharlari: Bombey, Madras, Singapur, Kolombo; orollari: Lakadiv orollari, Malediv orollari va juda ko‘p boshqa orollar. Bularning hammasi inglizlarniki.
— Yaxshi, o‘quvchi Toline, yaxshi. Xo‘sh, Afrika to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
— Afrikada ikkita asosiy koloniya bor: janubda Kap koloniyasi — markazi Kapshtadt shahri; g'arbdagi ingliz yerlarining asosiy shahri esa Serra-Lione.
— Juda yaxshi javob! — dedi endi inglizlarning bu
356
fantastik geografiyasiga ko'nika, boshlagan Paga-nel. — Sizlarni juda puxta o‘qitishadiganga o'xshay-di. Aljir, Marakko, Misrga kelsak, ular ingliz at-laslaridan o‘chirib tashlangan, albatta. Xo'sh, endi Amerika to‘g ‘risida nimalarni bilasan, qisqagina aytib ber -chi.
— Amerika Shimoliy va Janubiy qismlarga bo'linadi, — deb so‘z boshladi Toline. — Shimoliy Amerikada inglizlarga Kanada, Yangi Brunsvik, Yangi Shotlandiya, shuningdek gubernator Jonson boshqarayotgan Qo‘shma Shtatlar qaraydi.
— Gubernator Jonson deysanmi? — deb qichqirib yubordi Paganel. — Quldorlik tarafdori bo‘lgan bir quturgan fanatik o'ldirgan odil Linkolnning1 vorisi Jonsan-a? Barakalla! Bundan o‘tkir gapni o‘ylab top-ib bo‘lmasa kerak. Xo'sh, Janubiy Amerika-chi! Undagi Gviana, Folklend, orollari, Shetland orollari, Georgiya, Yamayka, Trinidad va hokazo va shuning kabi yerlar inglizlarga qaraydimi? Tortishib o ‘tirmay-man. Endi Toline, men sening, to‘g ‘rirog‘i, o‘qituv-chilaringning Yevropa to‘g‘risidagi fikrini bilmoqchi edim.
— Yevropa to‘g ‘risidami? — deb takror so‘radi geografiya olimining nima uchun bunchalik qizishay-otganini tushunmagan avstraliyalik bola.
— Ha, Yevropa to‘g‘risida. Xo‘sh, Yevropa kimga qaraydi?
— Yevropa inglizlarga qaraydi, — deb ishonch bi-lan javob berdi bola.
— 0 ‘zim ham shunday dersan deb turgan edim, — dedi Paganel. — Lekin qanday qilib? Men mana shuni bilmoqchiman.
— Inglizlarga Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, Malta, Jersey orollari, Ion orollari, Tebrid orollari qaraydi...
— Barakalla, Toline, balli! — deb uning gapini bo'ldi Paganel. — Lekin Yevropada boshqa davlatlar bor-ku, o‘g ‘lim, sen ularning nomini aytishni unut-ding.
— Qanday davlatlar u, ser? — deb so'radi bola uyalmay.
— Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Fransiya...
1L in k o ln — Qo'shma S htatlar prezidenti.
— Ular davlat emas, viloyat, — dedi Toline.
— Bunisi juda haddan oshib ketdi! — deb qichqir-di Paganel, ko‘zoynagini shartta qo‘liga olar ekan.
— Albatta, viloyat-da. Ispaniyaning poytaxti — Gibraltar...
— Balli! Barakalla! Ofarin! Xo‘sh, Fransiya-chi? Men fransuzman-ku, shuning uchun o'zimning kimga qarashli ekanimni bilmoqchiman.
— Fransiya dedingizmi? Fransiya ingliz viloya-ti, — xotirjam javob berdi Toline, — uning bosh shahri Kaie.
— Kaie! — deb qichqirdi Paganel. — Nima, nima! Kaie hali ham Angliyaga qaraydi deb o'ylaysanmi?
— Albatta!
— Seningcha, Kaie Fransiyaning bosh shahrimi?
— Ha, ser. Gubernator lord Napoleon o‘sha yerda yashaydi...
Paganel o‘zini tutolmay xaholab kulib yuborgani uchun Toline so‘zini tugatolmadi. Bola bechora nima qilishini bilmay qoldi. Undan saboq so‘radilar, u ham bilganlarini iloji boricha yaxshilab aytib berishga harakat qildi. Ammo bergan javoblarining kulgili ekanligiga u mutlaqo aybdor emas; u buni xayoliga ham keltirmasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |