Shunday ham tikka turgan Toline o‘qituvchi oldi-
355
da yana ham hurmat bilan qotib, geografning savol-larini kuta boshladi.
— 0 ‘quvchi Toline, — deb davom etdi Paganel,— menga dunyodagi besh qit’aning nomlarini aytib bering.
— Okeaniya, Osiyo, Afrika, Amerika va Yev-ropa, — deb javob berdi Toline.
— Juda soz! Rostki hozir biz Okeaniyada ekanmiz, avval o'shandan boshlaymiz. Aytingchi, Okeaniya qanday bo‘laklarga bo'linadi?
— U Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyaga bo‘linadi. Asosiy orollari quyidagilar: inglizlarga qarashli Avstraliya; inglizlarga qarashli Yangi Zelandiya; inglizlarga qarashli Tasmaniya; Chetem, Oklend, Mkari, Kermodek, Makin, Maraki va boshqa orollar, bular ham inglizlarga qarashli.
— Yaxshi!— dedi Paganel.— Yangi Koledoniya, Sandvich orollari, Mendan orollari, Paumotu-chi?
— Bu orollar Buyukbritaniyaning himoyasi ostida.
— Nima! Buyukbritaniyaning himoyasi ostida dey-sizmi? — deb so‘radi Paganel. — Menimcha, aksincha ular Fransiyaning himoyasi ostida bo‘lsa kerak...
— Fransiyaning deysizmi? — deb hayron bo‘lib so‘radi bola.
— Barakalla! — dedi Paganel. — Melburn normal maktabida hali sizni shunday o‘qitadilarmi?
— Ha, janob o'qituvchi. Yo bu noto‘g ‘rimi? Paganel biroz jahli chiqqan, biroz hayron bo'lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |