Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Garri Grantni axtarib yurgan sayohatchilarning o'ttiz yettinchi parallel bo'ylab borayotgan yo‘li xud-di shu yerdan o'tardi



Download 0,7 Mb.
bet156/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Garri Grantni axtarib yurgan sayohatchilarning o'ttiz yettinchi parallel bo'ylab borayotgan yo‘li xud-di shu yerdan o'tardi.
31-dekabrda sayohatchilarimiz kun bo‘yi juda notekis yo‘ldan bordilar, bu otlar bilan ho'kizlarni ju­ da charchatib qo‘ydi. Nihoyat kechga yaqin uzoqda Aleksandr tog‘ining dumaloq cho‘qqilari ko'rindi. Sayohatchilar uncha baland bo'lmagan bu tog* tizmasi orasidagi bir torgina darada tunash uchun to‘xtadilar-da, otlar bilan ho'kizlarning oyog'iga tushov solib, kvars parchalari orasiga o'tlatgani qo‘yib yubordilar. Sayohatchilar kelib to'xtagan bu yer hali oltin qazi-ladigan rayon emasdi. Faqat ertasiga, yangi 1865-yil-ning birinchi kunigina aravaning og‘ir g ‘ildiraklari bu boy o'lka yo'llaridan g ‘ijirlab o‘ta boshladi.
Paganel bilan uning hamrohlari avstraliyaliklar tilida Jebur deb atalgan bu mashhur tog‘ni yo‘l-yo‘lakay ko‘rib o'tishga muyassar bo‘lganlaridan xur-sand edilar. Bu yerga, bu toqqa to‘da-to‘da avan-tyuristlar, o‘g‘rilar va to‘g ‘ri odamlar; osiladigan odamlar ham, ularni osadiganlar ham yopirilib kelgan edi. 0 ‘sha oltin yili, ya’ni 1851-yilda, «buyuk kash-fiyot» to‘g‘risidagi xabar tarqaldi deguncha aholi shaharlarni, skvatterlar o'tloqlarni, dengizchilar ke-malarni tashlab ketdilar. Oltin talvasasi bir dard tusi-ga, vabo singari yuqumli kasal tusiga kirdi, bu dard-dan qanchadan-qancha odam endi boy bo'ldim degan-da o‘lib ketdi! 0 ‘z boyliklarini isrofgarchilik bilan har tarafga sochib yuborgan tabiat Avstraliyada yigirma besh gradusga ko‘p millionlab oltin to‘kkan ekan, de-gan mish-mishlar yurardi.
Oltin izlovchilik kasbi boshqa barcha kasblarni bosib ketdi. Oltin izlab kelganlarning juda ko‘pi og‘ir mehnatga chiday olmay halok bo'lib ketar, ba’zilari esa, aksincha, omadi kelib, birdan boyib ketar edilar. Omadi kelmaganlar to‘g ‘risida gap-so‘z bo'lmas, lekin omadi kelganlarning shuhrati butun dunyoga tar-qalardi. Ko‘p o‘tmay turli tabaqadan bo‘lgan sonsiz-


361

sanoqsiz avantyuristlar Avstraliya sohillariga yopi-rilib kela boshladi. 1852 yilning oxirgi to'rt oyida faqat Melburnning o'ziga ellik to‘rt ming kishilik bir armiya kelib tushdi, lekin bu boshliqsiz va intizomsiz armiya edi. Xullas, bu kelgindilar ellik to‘rt mingta borib turgan muttaham yirqichlar edi.
Oltin talvasasi boshlangan dastlabki yillarda bu atrofda hayron qolarlik darajada bosh-boshdoqlik hukm surdi. 0 ‘shandan beri o‘n uch yil o‘tdi. Endi ba’zi joylardan hech narsa topib bo'lmay qoldi. Oltin boyligi tugay boshladi. Oltin izlovchilar 1852-yildan 1858-yilgacha bo'lgan vaqt ichida yerdan oltmish uch million funt sterlingli oltinni kavlab olsalar ham, oltin boyligi kamaymasinmi, axir? Oltin ham topila boshlashi bilan kelayotgan odamlarning soni ozaya bordi. Boylik ortdirish payida bo‘lganlar hali kishi qo‘li tegmagan yerlarga o‘zlarini urdilar.
Glenarvan Aleksandr tog‘idagi behisob oltin kon-larini ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lib, Ayrton va Myulredini arava bilan jo'natib yubordi-da, bir necha soatdan so‘ng sizlarga yetib olamiz, deb va’da qildi. Uning bu plani Paganelni juda xursand qildi, u o‘z odatiga ko‘ra hamrohlariga chicherone, ya’ni yo‘l boshlovchi bo‘lish vazifasini b o ‘y n i g a oldi.
Uning maslahatiga binoan eng oldin bankka bo-rishdi. Ko‘chalar keng, tosh yotqizilgan va yaxshilab suv sepilgan. Turli oltin ishlab chiqarish kom-paniyalarining katta-katta reklamalari ko‘zga tash-lanadi. Qum yuvayotgan va qimmat baho kvarsni may-dalayotgan mashinalarning shovqini eshitilib turardi.
Binolarning orqasidan keng oltin dalalari, ya’ni oltin kavlab olinadigan kengliklar boshlanardi. Bu yerlarda oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yolla-gan, yaxshigina haq oladigan kon ishchilari ishlardi-lar. Atrofda ko‘rinib turgan chuqurlarni sanab chiqishning iloji yo‘q. Panjralarning temir uchi oftobda yashindek tovlanadi. Kon ishchilari orasida har xil millat kishilari bor.
Lekin, — dedi Paganel — Avstraliyada oltin topish orzusi bilan yongan izlovchilar qolgani yo‘q, deb o‘ylash xato bo'ladi. To‘g ‘ri, ularning ko'pchiligi har xil kompaniyalarga o‘z mehnatini sotadi... Davlat oltin chiqadigan butun yerlarni kompaniyalarga sotib yoki ijaraga berib qo'ygandan keyin ular nima ham


362


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish