Inspektor sayohatchilarga oltinning qiziq-qiziq xillarini ko‘rsatdi va bu qimmat baho metallni kavlash ishidagi har xil qiziq usullarni so‘zlab berdi.
Oltin odatda ikki xil ko'rinishda: yaxlit parchalar holida va mayda qum shaklida uchraydi. U rudada yo loyga qorishib yotgan holda, yo kvars qobiqqa o‘ral-gan holda uchraydi. Shuning uchun u tuproqning joy-lashganiga qarab, yo sal qazilsa chiqa qoladi, yo yerni juda chuqur qazish kerak bo‘ladi. Oltin odatda oqar suv, vodiy va jarlarning tagida yotadi; o‘zining ko‘p-ozligiga qarab, maydasi tepasida, yirigi tagida joy-lashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |