Glenarvan, Paganel, mayor, Jon Manglslar olomonga aralashib, atrofdagilarning gap-so‘ziga quloq sola boshladilar. Hamma ham bu halokatning sababini o'zicha izohlashga tirishardi.
— Ko'prik sinib ketganga o‘xshaydi, — dedi odal-mardan biri.
— Nega sinib ketar ekan, — deb e’tiroz bildirdi ikkinchisi, — but-butun turibdi! Poyezd o'tishidan oldin uni bir-biriga ulashni unutib qo‘yishgan bo‘lsa kerak.
Haqiqatan ham ko‘prik kemalar o‘tadigan vaqtda ikki tomonga tortib qo'yiladigan ko‘prik ekan. Nahotki temir yo‘l qorovuli anqovlik qilib, ko‘prikni tutashtirishni unutgan bo‘lsa? Shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi, chunki ko'prikning bir tomoni daryoga tushib ketgan vagon siniqlari tagida pachaq-pachaq bo‘lib yotgan bo‘lsa-da, ikkinchi yarmisi nari-gi sohilga tortib qo‘yilganicha zanjirlariga osig'liq holda, but-butun, bezarar turar edi. Masala ravshan, temir yo‘l halokati qorovulning anqovligi natijasida yuz bergan.
Falokatga Melburndan kechqurun soat o‘n bir-u qirq besh minutda yo‘lga chiqqan o‘ttiz yettinchi eks-press poyezdi uchragan edi. Poezd Kemden ko‘prigi-dan ertalab soat uchdan chorak o‘tganda qulabdi, bun dan yigirma besh minut oldin u Kastlmen stansiyasi-dan yo'lga chiqqan ekan. Omon qolgan eng keyingi vagondagi yo‘lovchilar bilan temir yo‘l xizmatchilari yordam chaqirmoqchi bo‘ldilar, lekin telegraf stol-balari ag'darilib, aloqa ishdan chiqib qolgan edi. Shuning uchun kastlmenlik ma’murlar halokat yuz bergan joyga uch soatdan keyingina yetib keldilar. Shunday qilib, odamlarni qutqarish ishini soat olti-dagina boshlashga muyassar bo'lishdi, bu ishlarga
346
koloniyaning bosh inspektori bilan politsiya ofitseri boshliq bir otryad polismenlar rahbarlik qildilar. Polismenlarga mol saqlovchilar bilan ularning xiz-matkorlari qarashdi. Ishni siniq-metriklarni nihoyatda tez yamlab borayotgan yong‘inni o'chirishdan bosh-lashdi. Ko‘tarmaning yonbag‘rida tanib bo'lmas dara-jada ezilib ketgan bir necha murda yotardi. Bu jaxan-namdan bironta tirik odamni topaman deb umid qil-masa ham bo‘lardi. Halokatdan keyin uning o ‘lim keltiruvchi ishini yong'in oxiriga yetkazibdi. Poyezddagi butun yo‘lovchilardan — ularning necha kishi ekani noma’lum edi — faqat oxirgi vagondagi o‘n kishi omon qolgandi. Temir yo‘l boshqarmasi ularni Kastlmenga qaytarib olib ketish uchun hozirgina parovoz yuboribdi. Bu orada Glenarvan inspektorga o'zini tanitdi-da, inspektor va politsiya ofitseri bilan gaplasha boshladi. Bu ofitser ozg‘indan kelgan, baland bo‘yli va nihoyatda sovuqqon odam edi. Mabodo u biror narsani his qila oladigan odam bo‘lsa ham, buni uning basharasidan ko'rib bo‘lmasdi. U halokatga matema-tiklar qiyin bir masalani yechishga qaraganday qarar-di. U hayajonlangan Glenarvanning: «Qanday katta baxtsizlik!» deganini eshitib:
— Baxtsizlikdan battar bu, ser, — deb q o ' y d i .
— Battar deysizmi? — deb so‘radi, uning gapidan hayron qolgan Glenarvan. — Bu baxtsizlikdan ham battarroq nima bo‘lishi mumkin?
— Jinoyat, — deb xotirjamlik bilan javob berdi politsiya ofitseri.
Do'stlaringiz bilan baham: |