Lekin politsiya ofitseri yana boshini tebratib qo‘ydi.
— Demak, siz bu jinoyatni yow oyilar qilgan emas demoqchisiz, shundaymi? — deb so‘radi undan Glenarvan.
— Aslo ular emas.
— Bo‘lmasa kim?
Shu payt Myorreyning yuqori oqimi tomondan, yarim milcha joydan shovqin-suron eshitildi. 0 ‘sha yerda olomon to'plandi. Olomon tez ko‘paya bordi, ko‘p o‘tmay ko'prik oldiga yetib keldi. Odam-lar orasida ikki kishi bir odamning jasadini ko‘ta-rib kelardi. Bu allaqachon dunyodan o'tgan temir yo‘l qorovulining murdasi edi. Uni qoq yuragiga xanjar urib o‘ldirgan edilar. Aftidan, qotillar jasadni Kemden ko‘prigidan uzoqroqqa eltib tash-lab, politsiyani vaqtincha chalg‘itmoqchi bo‘lgandi-lar.
Topilgan murda politsiya ofitserining gapini to‘la tasdiqlardi, bu jinoyatga yowoyilarning mutlaqo alo-qasi yo‘q edi.
Ofitser:
— Bu halokatni boshlagan kishilar mana bu o‘yin-choqni ko'pdan beri bilganlar,— dedi-da, temir halqadan qilingan, qulflanadigan qo‘l kishanini ko'rsatdi. So‘ng yana:
— Ko‘p o‘tmay, — deb gapini davom etdirdi u, —
Do'stlaringiz bilan baham: |