Glenarvanning otini taqalab bo‘lgach, temirchi ish haqini oldi-da, shu-shu bir og‘iz ham so‘z aytma-ganicha, jo‘nab ketdi. Yarim soatdan keyin sayohatchilarimiz yana yo'lda borar edilar. Ikki chetda o‘sib yotgan mi-mozalar naryoqida o‘zining openpleyn, ya’ni «ochiq dala» degan nomiga juda mos tushadigan keng dala yastanib yotardi. Butalar, baland-baland o‘sgan o'tlar orasida, ichida ko'plab mollar o'tlab yurgan to‘siqlar orqasida u yer-bu yerda kvarts parchalari va qotib yotgan temirsimon tog‘ jinslari ko‘zga tashlanar edi. Bir necha mil yurilgandan keyin aravaning g'ildiragi nam tuproqqa chuqur botib keta boshladi. Bu yer-lardagi baland-baland qamishlar ostida yashirinib mayda-mayda ariqchalar shildirab oqib yotardi. Keyinroq qurib borayotgan sho'r suvli katta-katta ko'llarni aylanib o'tishga to‘g ‘ri keldi. Sayohat hech qanday qiyinchiliksiz, odamlarni zeriktirmay o‘tmoq-da edi. «Mehmonxonasi» juda kichkina bo'lganidan Elen Glenarvan chavandozlarni o‘z xonasiga navbati bilan, bitta-bittadan taklif qilardi. Chavandozlar shu ba-hona bilan ha deb ot ustida yo‘l bosishdan dam olar va Elendek ajoyib ayol bilan suhbatlashib vaqtni ko'ngilli o‘tkazar edilar. Elen Meri bilan birga mehmonlarini juda ochiq ko‘ngillilik bilan qarshi olardi. Albatta, Jon Mangls ham qatordan qolmadi. Uning ancha jiddiy suhbati sayohatchi ayollarni sira ham toliqtirmadi. Hatto, aksincha, ular yosh kapitan-ning suhbatiga qiziqib quloq berar edilar.
341
Shu tahlitda yo‘l bosib, otryad Kraulend bilan Xorsgemni bog'lovchi yo‘lni o‘rtasidan kesib o‘tdi, — bu yo‘l juda chang bo‘lganidan piyoda safarga chiqqan kishilar odatda undan yurmaslikka harakat qiladilar. Talbot okrugi chegarasiga yaqin qolganda sayohatchilar bir qator pastak-pastak tepalar yonidan o‘tdilar, kechqurun esa ular Meriborodan uch milcha shimolroqda tunash uchun to‘xtadilar: Yomg‘ir shivalab turardi. Boshqa har qanday mamlakatda ham bunday yomg‘ir yerni loy qilib yuborgan bo‘lar edi, lekin bu yerda havo namni o‘ziga juda singdirib yubo radi, shuning uchun lager yomg‘irdan mutlaqo zarar ko‘rmadi. Ertasiga 29-dekabr kuni otryad odatdagidan ancha sekin yo‘l bosdi, chunki yo‘l miniatyuralarda tasvir-langan Shveysariyaga o‘xshash baland-pastlik yerlar-dan o‘tib bordi. Yo‘l goh tepaga ko‘tarilib, goh pastga tushib borar, bunda arava rosa taraqa-turuq qilib sil-kitib tashlar edi: shuning uchun sayohatchilar bir qism yo‘lni piyoda bosib o‘tdilar, bu esa ularga ancha qulay tushdi. Soat o‘n birda Karlsbruk degan kattagina shahar-ga yaqinlashib keldilar, Ayrton vaqtni ketkazmaslik uchun shaharga kirmay, uni aylanib o‘tish kerak, de gan fikr bildirdi. Glenarvan uning fikriga qo‘shildi, lekin har narsani ham o‘z kuzi bilan ko‘rishni istay-digan Paganel Karlsbrukni bir ко‘rib o'tmoqchi bo‘lib qoldi. Unga shaharni ko'rib o‘tish uchun ruxsat berdilar, arava esa sekin-asta o‘z yo‘lida davom etaverdi. Paganel, o‘z odaticha, Robertni birga olib ketdi. Ular Karlsbrukda juda oz bo‘ldilar, lekin Avstraliya shaharlari to‘g‘risida bir taassurot olib ketish uchun bizning olimga shuning o‘zi ham kifoya edi. Karlsbrukda bank, sud, bozor, maktab, cherkov va bir-biriga juda o'xshab tushadigan yuztacha uy bor edi. Ularning hammasi inglizcha usulda, ya’ni to‘g ‘ri to‘rt burchakli qilib, bir-birini kesib o‘tadigan paral lel ko'chalarga qurilgan edi. Undan ham oddiy, ammo bundan ham zerikarli manzara bo‘lmasa kerak. Shahar kattalashgan sari, ko‘chalari o‘sgan sari o‘zi bilan birga ishtoni ham uzunlasha borgan bola singari uzaya borar, shuning uchun uning dastlabki sim-metriyasi buzilmay qola berardi.
342
Karlsbrukda jonlanish katta edi — kechagina dunyoga kelgan shaharlar uchun bu oddiy hol. Avstraliya shaharlari ham daraxtlari kabi quyosh nuri ta’sirida o‘sadigandek tuyulardi. Ko‘chalar o‘z ishi bilan chor atrofga yelib-yugurgan odamlarga to‘la. Tillafurushlar transport kontoralari oldida g‘ivillashib yurardilar. Qimmat baho metall mahalliy politsiya nazorati ostida bu yerga Bendigo zavodlari va Aleksandr tog'idan keltirilar edi. Boylik orttirish payiga tushgan bu kishilar hammasi o‘z ishiga shun day sho‘ng‘ib ketgan edilarki, hatto oldilaridan o‘tib borayotgan chet ellik kishilarni sezmadilar ham. Paganel bilan Robert bir soat ichida shaharni ay-lanib chiqdilar-da, o‘z hamrohlarini quvib yetish uchun yaxshilab ishlov berilgan ekin dalalari orasidan yo‘lga tushdilar va ko‘p o'tmay ularga yetib oldilar. Ekin maydonlaridan keyin keng o‘tloqlar boshlandi, bu o‘tloqlarda sonsiz-sanoqsiz qo‘ylar o‘tlab yurar, u yer-bu yerda podachilarning chaylalari qo'qqayib tu-rardi. Keyin, Avstraliyada tez-tez bo‘lib turganiday, birdan sayohatchilar oldida keng cho‘l ochildi. Simpson adirlari va Toranguver tog‘i Loddo okrugi-ning bir yuz qirq to‘rtinchi uzunlikdan o‘tadigan chegarasining xuddi o‘zida joylashgan. Ekspeditsiya shu vaqtgacha o‘z yo'lida bironta ham mahalliy yow oyi qabila uchratmadi. Glenarvan, Argentina pampaslarida hindular uchramaganiday Avstraliyada ham avstraliyaliklarni uchratmaymiz shekilli, deb o'ylay boshladi. Lekin Paganel unga ma halliy yow oyi qabilalar asosan yuz milcha sharqdan oqib o‘tadigan Myorrey daryosi bo'ylarida ko‘chib yu-radilar deb izoh berdi. — Biz oltin konlari o‘lkasiga yaqinlashib kelyap-miz, — deb davom etdi u. — Ikki kun ham o‘tmasdan, biz nihoyatda boy Aleksandr tog‘i okrugiga yetib bo-ramiz. 1852-yilda bu okrugga juda ko‘p oltin axtaru-vchilar kela boshlagan. Yovvoyilar Markaziy Avstraliya cho‘llariga ketishga majbur bo'lganlar. Garchi hali sezilmasa ham, biz hozir madaniy o'ikada ketyapmiz. Biz shu bugunoq Myorrey qirg‘oqlarini dengiz bilan qo‘shadigan ternir yo‘lni kesib o ‘tamiz. Lekin, do‘stlarim, har nima bo‘lganda ham Avst raliyada temir yo‘l borligi menga juda g'alati tuyul-yapti.