Asqad Muxtor she’riyatida falsafiylik



Download 19,41 Kb.
Sana30.09.2021
Hajmi19,41 Kb.
#189638
Bog'liq
Maqola J Islomov


Asqad Muxtor she’riyatida falsafiylik

Toyloq tumani XTB ga qarashli

26-umumiy o’rta ta’lim

maktabi ona tili va adabiyot

fani o’qituvchisi Islomov Jo’rabek

Asqad Muxtor ijodiy bisotidagi jo’shqin lirikada, falsafiy she’riyatda, Ilhom Hasan tabiri bilan aytganda, o’zgacha ruh – asqadona ruh hukmronlik qiladi. Muhim-nomuhim , real-noreal,har bir predmet, voqea-hodisaga o’z muhrini bosadi. Shoir leksikasida baland parvoz, jimjimador, yaltiroq so’zlarni uchratmaymiz. Shuningdek bir-biridan yiroq tushunchalarni mantiqan, shartli ravishda yaqinlashtirish, bu yiroq tushunchalar orasidagi oddiy inson ko’ra olmaydigan rishtalarni mazmunli manzaralarga singdirib yuboradi.

Ertalabdan bugun ruhim siniq,

Osmonda quyosh ham bir zum kulmadi.

Yurak siqiladi…

Ammo ertasiga

o’rik oppoq bo’lib gulladi

Esimda, yosh edim,

Sevgan qizim … ketdi.

Ko’z o’ngimda qaddi, gulgun ko’ylagi…

Bosh egib yurardim…

Bir kuni yana

O’rik oppoq bo’lib gulladi.

Bari o’tar ekan, biz ham o’tarmiz,

Hech kim osmonga ustun bo’lmaydi.

o’shanda ham

G’ussalarni yengib

O’rik oppoq bo’lib gullaydi.

She’riyatimizda Hamid Olimjon she’rlaridan olingan mashhur lirik qoliplardan foydalanib yozilgan she’rlar talaygina. Asqad Muxtor ham ulkan shoirning umri va ijodi adabiyotga molikligini taminlash bilan birga, yuzaga chiqqan hissiyotni, mavjud kechinmalarni takrorlamasdan o’ziga xos yondashadi.

Hamid Olimjonning “O’rik gullaganda” she’rida o’rik, gul, novda, g’uncha, shabboda kabi tushunchalar bahorni aks ettirsa, bahorni esa shoir yosharish, yangilanish, go’zallik, baxt kabi tushunchalarga mengzaydi. E’tibor beradigan bo’lsak, yuqorida sanalgan tushunchalar lug’aviy hamda istilohiy jihatdan bir-biriga yaqin tushunchalar hisoblanadi. Asqad Muxtor esa misraning asl ma’no bo’yoqlarini saqlagan holda uni falsafiylik, ramziylik xususiyati bilan boyitadi.

Ushbu she’riy parchada “O’rik oppoq bo’lib gulladi” lirik qolipi uch o’rinda qo’llanilgan.Lekin biror o’rinda ham Hamid Olimjon ifodalagan tabiat tasviri jarayonlarini kuzatmaymiz. Zamon nuqtayi nazaridan tahlil qilganimizda ham misralardagi ammo ertasiga,bir kuni yana, o’shanda ham O’rik oppoq bo’lib gulladi kabi payt ko’rsatgichlari orqali ham bahor mavsumiga, gul chog’iga nisbatan hech qanday ishora sezilmaydi. Asqad Muxtor she’rida bu misra ma’lum ma’noda ramziy xarakter kasb etib kata umumlashtiruvchilik xususiyatiga ega bo’lgan. Shoir she’rlarining umumiy pafosi shundan iboratki, u odamlarni umr bilan, yashamoqlik bilan, dunyo va voqelik bilan kelishishga da’vat etmaydi. Balki, dunyodan, yashashdan, cheksiz Vaqt oldidagi bir chimdim umrdan ezgulik, mangulik yaratishga, yaxshilik qoldirishga, yaxshilik uchun kurashishga, dovul tursa qalqon bo‘lishga chorlaydi. Shoir falsafiy lirikasining hayotbaxsh ta’sir kuchining omillaridan biri ham shunda.

Hayot muammolarini keng ko’lamda, teranlik bilan idrok etish jarayonida o’quvchini mustaqil mushohada yuritishga undash falsafiy lirikaning bosh vazifasidir. Shu boisdan ham bir she’r turli darajada intellektual tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilarda turli xil taassurot qoldirishi, turli o’y-fikrlar uyg’otishi mumkin. Bu falsafiy lirikaning muhim belgisidir.

A.Muxtorning "Yulduzim" she’riga nazar tashlaylik:

Tim-qora osmonda yulduz jimir-jimir...

Nafis tuyg’ularni jilovlab goho,

Aql ko’zi bilan izlayman baho:

Bu sirlarga yetmas bir umr...

Ularga aqlimiz nima bizlarning?!

O’ylarim o’zimga ko’rinar erish.

Shundaylari borki, bu yulduzlarning,

Yer uning oldida zarradek emish!..

Ana, kometadan sachradi uchqun,

Bosh uzra qilt etib uzildi bir barg.

Nega yashaymizu ketamizu bir kun,

Ko’kka intilishni etolmaymiz tark?..

Ammo, inson notinch, kichik umrini

Shu buyuk sirlarga bag’ishlar hamon.

Unga tinchlik bermas, talpintirar uni

Yuksak, cheksiz va tanho osmon.

Shoir ushbu she’rida o’zining bosh estetik prinsipi mohiyatidan kelib chiqib hayotning azaliyligi va inson umrining ezguligini tarannum etadi. Real borliq ham, inson tafakkuri ham cheksiz. Garchand, inson onti, tafakkuri moddiy olam hosilasi esa-da, lekin poetik jihatdan undan-da go’zal, sababi, u inson tafakkuri, irodasi va shijoatining buyukligini tasdiqlayapti. A.Muxtor yulduzlarga astronomik tushuncha bilan yondashmaydi; bu uning vazifasiga ham kirmaydi; u osmon jismlarining inson tafakkuriga ta’siri masalasini ham ochib berayotgani yo’q. Yulduzlar - shoir she’rida inson umrining boqiyligini anglatuvchi ko’p ma’noli obraz; U olis, sirli va anglab yetish qiyindek tuyulgan olamning timsoli; inson tafakkuri ana shu missiyani ado etishda yetakchi vazifani o’taydi, hududsiz osmon sirlarini yoritadi. Falsafiy lirikaning falsafa faniga daxldorligi nisbiy xarakterga ega. Olim mantiqiy tushunchalarga tayanib hayot va voqelik belgilari xususida falsafiy xulosaga keladi; shoir esa, poetik obrazlar vositasida fikrlaydi, shu poetik obrazlarga tayangan holda hayot va voqelikka estetik munosabatda bo’ladi, hayot voqea-hodisalarini estetik baholaydi. Falsafiy lirikaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ana shu fazilatida ravshan namoyon bo’ladi. Xo’sh, shunday ekan, hozirgi falsafiy lirikamiz mundarijasini nimalar belgilaydi, degan savol o’z-o’zidan ko’ndalang bo’ladi.



Ma’lumki, falsafiy lirika mohiyatini tashkil etgan masalalar aksariyat tabiat va inson, shaxs va jamiyat orasidagi murakkab aloqalarni aks ettirish orqali yuzaga chiqadi. Lekin ushbu mavzularda she’r bitishning uzi falsafiy lirika namunasi yaratildi, degan so’z emas, albatta. Hamma gap shu yo’nalishdagi san’at asarining saviyasi va darajasida, shu jumladan, yuksak poetik she’rda umuminsoniy mazmun mavjud bo’lishidadir. Falsafiy she’r mundarijasini tashkil etgan fikr shoirning shaxsiy-hayotiy tajribasi va kuzatishlaridan, hayot, umr, insoniy burch haqidagi tasavvur va tushunchalaridan, his-tuyg’ularidan sizib chiqadi. Bu o’rinda shaxsiy-hayotiy tajriba avlodlar tajribasining, fikrlari, kechinmalari, qiziqish va idealining in’ikosiga aylansagina umuminsoniy mazmunga ega bo’ladi. Umuminsoniy mazmun har bir she’r zimmasiga yuklangan g’oyaviy-estetik maqsad bilan bevosita bog’liqlikdagina yuzaga chiqadi.
Download 19,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish