tug‘ib berishni o‘ziga ep ko‘rmasdi. Manuel harbiy xizmatdan boshqa hech narsani tan olmas, shuning uchun vaqti kelib, respublikaga butun bir rota soldat tayyorlab bermoqchi edi.
— Ko'rdingizmi? — dedi u. — O'tkir soldatlar! Azamatlarim! Xoze! Xuan! Mikel! Pepe endi yettiga kirdi, ammo hozirdanoq miltiq otishni biladi!
0 ‘zini maqtashayotganini eshitgan Pepe yalang oyoqlarini juftlashtirib, qaddini rostladi va juda ke-lishtirib miltiq bilan chest berdi.
— Durust odam chiqadi, — dedi komendant. — Axir bir kun polkovnik yo bo‘lmasa starshiy brigadir bo‘ladi!
Manuel Ifarager Talkavni g ‘oyat taajjubga solib chorak soatcha to'xtamay gapirdi. Bitta og‘izdan shuncha gapning qaynab chiqishiga hindu g‘oyat hay-ron edi. Komendantning so'zini hech kim bo‘lmadi. Lekin fransuz serjantning gapi ham axir tamom bo‘lishi kerak-ku, mana, oxiri Manuel ham mehmon-larni ichkariga taklif qilib jim bo‘ldi. Mehmonlar Ifarager xonimni ziyorat qilib chiqish zaruratini in-damay bajardilar, u bilan tanishgach esa, «yaxshigina xotin ekan» deb topdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |