Аплв1тот1 Jill. V b tk kaffTAlv grant bulalari


Y i g i r m a b i r i n c h i b o b



Download 0,7 Mb.
bet80/327
Sana25.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#185471
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   327
Bog'liq
Kapitan Grant bolalari

Y i g i r m a b i r i n c h i b o b
MUSTAQILLIK QAL’ASI
Serra-Tandil dengiz sathidan ming fut baland. U juda qadimiy tog‘ bo‘lib, yerda organik hayot vujudga kelishidan ham oldin paydo bo'lgan. Bu tog‘ tizmasi qalin o‘tlar bilan qoplanib, yarim doira shaklida cho'zilib ketgan gneys tepalaridan iborat. Tog‘ tiz-masining nomi bilan atalgan Tandil okrugi Buenos-Ayres viloyatining butun janubiy qismini tashkil qila-di. Okrugning shimoliy chegarasi shimolga qarab oqadigan barcha daryolar boshlanadigan tog‘ tiz-malarining yonbag‘irlaridir.
Tandil okrugida to‘rt mingga yaqin aholi yashay-di. Uning ma’muriy markazi bo'lgan Tandil qishlog'i tog'ning shim oliy yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, Mustaqillik qal’asining himoyasida turadi. Bu yerdan oqib o'tadigan Shapaleof nomli jilg'a qishloq man-zarasini juda go‘zal qilib yuborgan. Bu qishloqning


175

bir g ‘alati xususiyati borki, Paganel buni bilmasligi mumkin emas edi, ya’ni unda fransuz basklari1 va italyanlar yashardi. Haqiqatan ham, dastlab fransu-zlar o‘z koloniyalarini La-Plataning quyi oqimida bar-po qilgandilar. 1828-yilda Parshapp degan fransuz yangi koloniyalarni o‘z yerlarini himoya qilgan hin­ dularning hujumidan saqlash uchun Mustaqillik qal’asini qurdirdi. Bu ishda unga Janubiy Amerika-ning shu qismini yaxshi o'rgangan va o‘z ishlarida tasvirlab bergan fransuz olimi Alsid d’Orbini yordam qildi.
Tandil qishlog‘i nihoyatda ahamiyatli punkt. Uning galeraslari, ya’ni ho‘kiz qo'shiladigan va tekis qirlarda yo‘l yurishga juda qulay bo'lgan katta ara-valari Buenos-Ayresga o‘n ikki kunda yetadi, shuning uchun bu qishloq shahar bilan juda jonli savdo olib boradi. Tandillilar Buenos-Ayresga o‘z estansiyalari-da boqilgan mollarini, saladeroda tuzlagan go'shtla-rini va hindu sanoatining juda g ‘alati mahsulotlari — iplik va jun gazlama, juda nozikligi bilan mashhur bo'lgan charmdan tikilgan buyumlar va shunga o'xshash mollarni olib borib sotadilar.
Paganel shular to‘g ‘risida hikoya qilib bergach, ketidan: Tandilda o‘zimizni qiziqtirgan ma’lumot-larni yerli aholidan hech shubhasiz bilib olamiz, bun-ing ustiga qal’ada doim milliy qo'shin otryadi bo‘ladi deb qo‘shib qo‘ydi. Glenarvan otlarni durustgina qurilgan fonda2 otxonasiga olib kirib qo'yishni buyur-di, so‘ng o‘zi, Paganel, mayor va Robert birgalashib Mustaqillik qal’asiga yo‘l oldilar. Talkav ularni kuzatib bordi.
Tepalikka bir oz ko‘tarilib, qal’a darvozasi oldiga yetib keldilar. Qal’a darvozasini bir argentinalik soldat juda beparvolik bilan qo‘riqlab turardi. U sayo-hatchilarimizni indamay ichkari kiritib yubordi, bu yo uning nihoyatda beparvoligini, yoki bu yerlarda hech qanday xavf yo‘qligini ko'rsatardi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish