O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix
(Jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
19 76 B guruh talabsi Abduvaliev Anvarning
JAHON TARIXI
FANIDAN
« XIX asr - XX asr boshlarida Osiyodagi Arab mamlakatlari »
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O. Rahmanova
Fаrg‘оnа shahri – 2021–2022 o`quv yili
MUNDARIJA:
KIRISH 3
I BOB Suriya va Iroq Tanzimat Islohotlari Yillarida (1840-1876)
5
1.1 Iroq 10
1.2 Iroq, tanzimat yillaridа 13
II BOB Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar. Chet el kapitalining kirib kelishi. 16
2.1. Saudiya Arabistoni 18
2.2. Quvayt 21
2.3. Bahrayn 23
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Usmoniylar imperiyasining Suriya viloyatida posholar va a'yonlar o`rtasida xali XVIII asrda boshlangan kurash XIX asr 30-yillarigacha to`xtamadi. Viloyatning turli ulkalarida hokimiyat bir qavdan boshiga o`tib turdi. XIX asr boshlarida Suriyadagi usmoniylar hukumati Arabiston cho`llarining ichkaridan, undan vahobiylarning harbiy ekspansiyasi bilan bog`liq muammolarga duch keldilar. Vahobiylarning eksspansiya xavfi XIX asrning dastlabki O`n yililigida Suriya ijtimoiy-siyasiy hayotining muxm omiliga aylandi. Vahobiylar 1806 yil Makkani zabt etganlaridan so`ng, Suriya va Misrdan muqaddas xaj safarga boruvchi karvonlarga qo`shinlik qila boshlandi. Bu esa Makka va Madinani zab etib, o`zlariga xalif nomini olgan usmoniy sultonlarning musulmonlar orasidagi obrusiga putur yetqazayotgan edi. 1807 yil vahobiylar Madinadan shimolida Damashq valisi Abdulla posho al-A'zam boshchiligida muqaddas haj safarga ketayotgan karvonning yulini tushib, uni Makkaga yuborishmadilar. Omadsiz Abdulla posho tezlik bilan Ishdan olib, urniga ancha harakatchan Ganj Yusuf posho tayinlandi. Yangi vali vahobiylar amiri bilan yarashishga umid qilgan edi. Shu maqsadda u islom qoidalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amaliyotga oshirdi. Yusuf poshoning buyrug`iga binoan namoz vaqtida Damashqning xamma bozorlari va do`konlar yopilgan bo`ldi. Spirtli ichimliklar ichganlik uchun qat'iy jozolar o`rnatildi. Xristianlar va yahudiylarning belgilangan rangdagi kiyimlari kiyib yurishlari va musulmonlarga yul berishlari ustidan xokimiyat nazorati kuchaydi. Ammo qat'iy tartiblar yo`riqnomasi Damashqda ko`pchilikning norozligiga olib keldi va hamda a'yonlar bosimi ostida vali o`z modulni yumshatishga majbur edi. Ammo Suriyadagi usmoniylar hukumati bilan vahobiylar o`rtasida kelishuv bulishi mumkin emasdi, chunki vahobiylar usmoniy sultonning hokimiyati va ma'naviy obrusini mutlaqo tan olmasdi. Tashkiliy tarzdagi haj safarining to`htatilishi suriyalik ko`plab shaxarliklar - xunarmandlar, savdogarlar, iqtisodiy ravishda hojilarni zarur narsalar bilan ta'minlab beradigan ba'zi buddaviy qabilalari uchun jiddiy iqtisodiy kiyinchiliklar tug`dirdi. 1810 yil amir Saudiya boshchiligidagi vahobiylar qo`shinlari Suriyaning Xauran viloyati xududiga bostirib kirib, Damashqqa xavf sola boshladilar. O`nlab qishloqlar buzildi, yoqildi va talandi. Yusuf posho boshchiligidagi armiya Damashqdan yo`lga chiqib, ochiq jangda vahobiylarga zarba berishni mo`ljallayotgan edi. Ammo usmoniylar armiyasining ko`pligini hisobga olgan amir qochib qoldi, natijada jang bo`lmadi. Shundan so`ng Misr hukumdori Muhammad Ali sultonning buyrug`iga ko`ra o`z qo`shini bilan Xijozga bostirib kirdi va vahobiylarni tor-mor qildi. Endi vahobiylar xavfli Suriya uchun o`z dolzarbligini yo`qotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |