Saudiya Arabistoni. 1803 yil Makkaning va 1804 yil Madinaning vahobiylarga mustahkam bo`lib o`tishi usmoniylar hukumatini talvasaga solib qo`ydi. Usmoniylarni kambag`al cho`l shaxarlarining yo`qotilishi emas, sultonnnng ma'naviy obrusiga katta putur yetqazilganligi tashvishga soluvchi edi. Bolqondagi urushlar va Rossiya bilan kelish muvovchiliklar davom etayotganligi Porta vahobiylarga qarshi katta kuchajrata olmadi. Shuning uchun vahobiylarni tor-mor kilishning yagona yo`li ularga qarshi sultonning vassali xisoblangan Muxammad Alini jo`natish edi. 1805 yili Misrda hokimiyatni egallab olgan Muxammad Ali birinchi navbatda o`z hokimiyatini mustahkamlash, raqiblarini yo`k qilish, Misrni inglizlar tajovuzidan ximoya kilishga va muxolif qarshiliklarini yengishga qaratdi. Shuning uchun sultonning chaqirig`iga birdaniga javob bera olmadi, faqat 1809 yil Arabistonga qarshi jiddiy harbiy ekspeditsiya tayyorladi. Misrni deyarli mustakil boshkarayotgan Muhammad Alini ancha qimmatga tushadigan Arabiston kampaniyasiga sabab bo'lgan faqat sultonning iltimosi emasdi. Uning arab-musulmon imperiyasini global rejasi mavjud bo`lib, Hijozni va tadqiqot muqaddas shaxarlarini olib olish ana shu geosiyosiy g`oyani amal yilidagi muhim qadam sifatda qaralayotgan edi. 1810 yil 3 sentyabr Muxammad Ali poshhsho divan yigitini chaqirdi va undan sultonning vakili Iso og`a Misr qo`shinlarining Hijozga yurishganligini tantanali ravishda e'lon qilindi. Ammo ekspeditsiya bir yildan so`ng, 1811 yil boshlandi. Shu yili ustida Makka atrofida bo`lgan xal qiluvchi jangda vahobiylar Tusun boshchiligidagi misrliklar qo`shni ustidan g`alaba qozonishga erishdi. Hijozni egalmasa Misrdagi hokimiyati xam mustahkam bulmasligini Muxammad Ali tushunar edi. Shu sababli yangi yurishga jiddiy tayyorlana boshladi. 1814 yilning oxirida boshlangan yangi yurishga Muxammad Alining o`zi boshchilik qildi. 1815 yil yil Hijoz bilan Naj orasidagi strategiyasi jihatdan muhim bo`lgan Asira ostonasidagi jangda vahobiylar tor-mor qilindi. Ammo saqda Misrlanganda 48 bosh tartibsizlik shu nazorat Muxammad Ali yurishi davom etmasdan Misrga qaytishga majbur bo`ldi. 1815 yil bahorda tinchlik, tuzilib, Hijoz misrliklar qo`liga o`tdi. Shimoliy va Shimoliy-Sharqiy Arabiston vahobiylar qo`lida qoldi. Vahobiylar amiri Abdulla Madinadagi misrlik hokimga bo`ysunishga va'da berdi va turk sultoniga vassallikni tan oldi. Bundan tashqari amir xaj xavf-xatarsizligini ta'minlashni va vahobiylar himoyalangan Makkaning xazinasini qaytarishni ham uz ulishiga oldi. Tuzilgan tinchlik boshidanok uni o`zlari uchun xakoratli hisoblagan vahobiylarni ham, Saudiyalar amirligini to`liq tormor qilishni istayotgan Usmoniylar sultonini xam va nixoyat, to`liq g'alabani deyarli qo`lga ogan ammo Muhammad Alini xam qanoatlantirmas edi. 1816 yil Arabistondagi qonli urush yangidan boshlandi. Vahobiylarga qator talofatlar yetkazgan misrliklar armiyasi 1818 yil boshida Najga kirib keldilar, shu yil aprel oyida vahobiylarning kuchli ximoyalangan poytaxti Dir'iyani qamal qildilar. Besh oylik qamaldan keyin 1818 yil Dir'iya zabt etildi. Vahobiylar amiri Abdulla asir tushdi va keyinchalik Istambulda qatl qilindi. Shu tariqa Saudiya Arabistonidagi birinchi davlat barxam topdi. Misr bosqinidan so`ng butun Usmoniylar imperiyasi Arab tarkibida hisoblanardi, amalda esa Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ta'minlangan misrlik poshsholar boshqarardi. Mamlakat xarob xolga kelgan, xamma joyda qurg`oqchilik va ochlik hukum surar, qishloqlar buzilib ketgan edi. Shunga qarammasdan vahobiylarning qarshiligi deyarli tuxtamadi. Qatl qilingan amir Abdullaning amakisi Turki boshchiligida 1821 yil qo`zg`olon ko`tarildi. Turki misrlik hukumdorni haydab, vahobiylar davlatini tikladi, poytaxtni buzgan Dir'iyadan 1822 yil yaxshi ximoyalangan Riyodga ko`chirdi 5. Vahobiylarga qarshi jo`natilgan misrlik qo`shinlar suvsizlik, ochlik va epidemiyadan qirilib ketdi. Shundan so`ng Muxammad Ali Najning faqat Qosim va Shammar xududlari bilan chegaralanishga majbur bo`ldi. Najning kolgan qismi misrliklardan tozalandi. 1827 yil esa misrliklar Qosim va Shammardan xam quvib chiqarildi. O`z yerlarini tiklab borayotgan vahobiylar 1830 yil Al-Xosani egalladillar. 1834 yil Turkining o`g`li amir Feysal o`zini vahobiylar, davlatining hukmdori deb e'lon qildi. Ammo 1836 yil Xurshid poshsho boshchiligidagi misrlik qo`shinlar Najga bostirib kirdilar va 1838 yil uni ikkinchi marta egalladi. Amir Feysal asir olinib, Qohiraga junatildi. Najning ikkinchi marta zabt etilishi Muxammad Alining Angliya bilan shusiz xam buzilib turgan munosabatlarini yana chigallashtirdi va 1839-1841 yillardagi Sharqiy intsirozning sabablaridan biri bo`ldi. Jiddiy xalqaro mojaroga tortilgan Muxammad Ali 1840 yili o`z kuchlarini chaqirib olish va Arabistondan butunlay chiqib ketishga majbur bo`ldi. Vahobiylar o`z hokimiyatini tikladilar. Misrliklar mamlakatni tark etganidan so`ng Arabiston yana qator viloyatlarga bo`lib ketdi. Bular Qizil dengiz qirg`oqlarida Naj va Yaman, Markaziy Arabistonda vahobiylarga qarashli Naj, Qosim va Shammar, Fors bug`ozida esa Ummon edi. Arabiston yarimorolining janubi va Ummondan boshqa xududlari rasman usmoniylar suvereniteti ostida bulsada, amalda bu kichik feodal davlatlar o`z huquqdorlari mustaqil boshqarilar edi. 1843 yil Misrdagi asirlikdan qochib kelgan amir Feyssaudlarning tiklangan davlatiga bosh bo`ldi. Ammo davlat o`zining avvali qudratiga yetishiga ancha bor edi. 1846 yili kuchsizlanib qolgan davlat Turkiyaga vassallikni tan olib, xatto yiliga 10 ming taler xiroj xam to`laydigan bo`ldi. Vahobiylar davlatida ichki barqarorlik xam yo`k edi. 1865 yili amir Feysal vafot etgandan so`ng nazorat uch o`g`l o`rtasida hokimiyat uchun qonli kurash boshlandi. 1870 yil amirlik tarqalib ketdi.