2- va 3- noyabr tinch o'tdi, uchinchi noyabr
168
kechqurun uzoq safar vaqtida yo‘l yurishga o‘rganib qolgan sayohatchilar pampaslar bilan Buenos-Ayres viloyati chegarasiga yetib kelib, shu yerda to'xtadi-lar. Otryad Talkaguano qo‘ltig ‘idan 14-oktabrda yo'lga chiqqandi. Demak, ular yigirma ikki kun ichi-da to‘rt yuz ellik mil yo‘l bosibdilar; boshqacha qilib aytsak, ular yo‘lning uchdan ikki qismini bosib o‘tgan edilar.
Ertasiga ertalab sayohatchilar Argentina tekis-liklarini pampaslardan ajratib turgan shartli chegaradan o‘tdilar. Talkav kapitan Garri Grant bilan uning ikki o‘rtog‘ini asirlikda ushlab turgan katsiklarni o‘sha yerda uchratamiz deb mo‘ljallab kelardi, u asirlar shu yerdagi hindular qo‘lida deb ishonardi.
Argentina respublikasini tashkil qiladigan o‘n to‘rt viloyat ichida eng kattasi va aholi eng ko‘p joy-lashgani Buenos-Ayres viloyati. Uni hindú yerlaridan ajratib turadigan janubiy chegara oltmish to‘rtinchi gradus bilan oltmish beshinchi gradus orasidan o‘ta-di. Bu viloyatning yeri juda serhosil, iqlimi esa ni-hoyatda sog‘lom. U Tandil va Tapalkvem tog‘larining etagigacha cho'zilgan hamda boshoqli va dukkakli o‘simliklar bilan qoplangan tep-tekis yalanglikdan iborat.
Sayohatchilarimiz Guamini daryosidan yo‘lga chiqqandan keyin havoning hovuri borgan sari pasayaborganini sezdilar: kunning issig‘i Selsi hisobi-da o‘rtacha o‘n yetti darajadan oshmas edi. Issiqning pasayib qolishiga sabab — Patagoniyadan hali ham tinmay esib turgan sovuq shamol edi. Suvsizlik va jazirama issiqdan rosa azob chekkan odamlar ham, ot-lar ham bundan mamnun bo'ldilar. Sayohatchilar ishonch bilan bardam borardilar. Lekin ahvol Talkav kutganidek bo'lib chiqmadi: viloyatda hech kim yashamas, to‘g ‘rirog‘i, u bo‘shab qolgandi.
Sayohatchilar g'arbdan sharqqa qarab ketayotgan o'ttiz yettinchi parallel ko'pincha goh sho‘rtang, goh chuchuk suvli kichkina-kichkina ko'llar yoqalab bo-rar, goh ularni kesib o'tardi. Suv yoqalaridagi o'tlar soyasida epchil yovvoyi tovuqlar donlab yurar, quvnoq to‘rg‘aylar tinmay sayrashardi; xuddi shu yerda patlarining rang-barangligi jihatidan kolibri degan qushlar bilan raqobat qila oladigan tangar
169
qushlari uchib yurishardi. Bu chiroyli qushlarning birontasi ham, harbiy paradga qatnashayotgandek, yo‘l yoqasida tizilishib yurgan yelkasi va ko‘kragi qizil patlar bilan qoplangan maynalarga zarracha bo'lsin e’tibor qilmas edi. «Annubis» deb atalgan qushlar tikonli butalar shoxiga qo‘ygan inlar belan-chakday tebranar, shamolda olovdek qip-qizil qanot-larini yozib, ajoyib flamingolar to‘da-to‘da bo‘lib uchib yurardi. Ularning bir-biriga juda yaqin qilib, shunday ko‘l yoqasiga solingan sonsiz-sanoqsiz inlari bir fut balandlikdagi kesik konussimon uylardan ibo-rat shaharchaga o‘xshardi. Flamingolarning chavan-dozlarning yaqinlashib kelishidan uncha cho‘chima-gani, Paganelga yoqmadi.
— Men anchadan beri flamingolarning uchishini bir ko‘rsam deb yurardim, — dedi u, mayorga.
— Juda soz! — deb javob berdi mayor.
— Shuning uchun fursat kelgan ekan, foydalana-man, albatta.
— Foydalaning, Paganel.
— Bo‘lmasa, yuring men bilan mayor, sen ham yur, Robert. Menga guvohlar kerak.
Paganel hamrohlarining ko‘pchiligini oldinga o‘tkazib yuborib, mayor va Robert bilan birga qizil qanotlilar galasiga qarab ketdi. 0 ‘q yetadigan ma-sofaga borganda Paganel m iltig‘idan paxtavon o‘q uz-di — u hatto qushlarning qonini ham nohaq to‘kmay-digan odam edi — flamingolar maslahatlashib qo‘ygandek birdan ko‘tarilib, uchib ketdilar. Paganel ko'zoynagi ostidan ularning uchishini diqqat bilan kuzatib turdi.
— Xo‘sh, ko'rdingizmi? — deb so‘radi u, qushlar galasi ko'zdan g ‘oyib bo'lgach mayordan.
— Ko‘rdim, albatta, — dedi Mak-Nabbs. — Buni faqat ko'rlar ko‘rmasligi mumkin.
— Aytingchi, uchib ketayotgan flamingo dumiga pat qistirilgan kamon o‘qiga o'xshaydimi, yo‘qmi?
— Sira ham o‘xshamaydi.
— Hech o‘xshash joyi yo‘q, — dedi Robert ham.
— Men bunga ishonar edim, — dedi mamnuniyat bilan Paganel. — Shatobrian degan bir vatandoshim uni kamon o'qiga o‘xshatib xatoga yo‘l qo‘ygan. Esingda bo‘lsin, Robert, men bilgan ritorik shakllar orasida eng qaltisi — o'xshatish. 0 ‘xshatib gapirish-
Do'stlaringiz bilan baham: |