170
dan iloji boricha qochgin, juda zarur paytlardagina ishlat.
— Demak, o'tkazgan tajribangizdan xursandsiz, shundaymi? — deb so‘radi mayor.
— Juda.
— Men ham. Endi otlarni tezroq haydaylik, bo‘lmaysa o‘sha mashhur Shatobrianingizni deb, bir milcha orqada qolib ketdik.
Hamrohlariga yaqinlashib kelgan Paganel Glenarvanning hindú bilan allanarsa to‘g ‘risida qizg'in gaplashayotganini ko‘rdi, aftidan, u hindning gapiga tushunolmayotgan edi. Talkav tez-tez to'xtar, diqqat bilan ufqni ko'zdan kechirar, har safar ham ju da hayron qolayotgani basharasidan ko‘rinib turardi.
Glenarvan odatdagi tarjimoni yonida yo‘qligini ko‘rib, hindú bilan o‘zi gaplashib ko‘rmoqchi bo‘ldi, lekin bu urinishi m uvaffaqiyatsiz chiqdi. Keyin u olimning yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, uzoqdanoq:
— Tezroq keling, do'stim Paganel. Talkav ikkalamiz bir-birimizga hech gap tushuntirolmayap-miz! — deb qichqirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |