O* n s a k k i z i n c h i b о b
ChUChUK SUV AXTARIB
Salinas ko‘li Serra-Bentan bilan Serra-Guamini o‘rtasida cho‘zilib yotgan kichkina-kichkina ko‘llar-ning eng oxirgisi. Ilgari Buenos-Ayresdan Salinas ko'liga tuz chiqarish uchun butun-butun ekspedit-siyalar kelar edi, chunki ko'lning suvida natriy xlor juda ko‘p. Lekin hozir jazirama issiq bo‘lganidan ko'lning suvi qurib qolgan, shuning uchun ko'lning
146
tagiga cho‘kib qolgan tuz uni kattakon oynaga o‘xshatib qo‘ygan.
Talkav Salinas ko‘lidan suv topamiz deganda ko'lning sho‘r suvini emas, unga kelib quyiladigan chuchuk suvli juda ko‘p ariqlarni ko'zda tutgan edi. Lekin hozir ular qurib qolgan ekan. Hamma suvni o‘t purkayotgan quyosh ichib qo'ygan edi. Salinas ko‘li-ning qurib qolganini ko‘rganda chanqoqdan sillasi qurigan sayohatchilarning nima ahvolga tushganini ko‘z oldingizga keltirish qiyin emas.
Darrov biror chora ko'rish kerak edi. Meshlarda qolgan ozgina suv ham yarim buzilib, chanqoqni bosa olmaydigan bo‘lib qolgan. Chanqoq esa tobora vujud-ni o‘rtab borayotir. Shuning uchun bu hayotiy zarurot oldida ochlik ham, charchoq ham bilinmay qoldi. Darmoni qurigan sayohatchilar hindular bir kichikroq jar tagiga qurib, tashlab ketgan charm palatka — ruxa ichiga joylashdilar. Otlar ko‘lning balchiqli sohilida yotib, suv o‘tlari bilan quruq qamish poyalarini ijirg‘anib chaynar edilar.
Hamma ruxaga kirib joylashgach, Paganel Talkavga murojaat qilib, endi nima qilish kerakligi to‘g ‘risida uning fikrini so‘radi. Geograf ham, hindu ham tez-tez gapirar edilar, shunday bo‘lsa ham Glenarvan ularning suhbatidan bir necha so‘zni ilib ola oldi. Talkav xotirjamlik bilan so‘zlar, Paganel esa ularning ikkalasi uchun ham zo‘r berib imo-ishoralar qilardi. Ularning dialogi bir necha minutga cho‘zildi, so‘ng patagoniyalik ikkala qo‘lini ko'kragi ustiga qovushtirib oldi.
— U nima dedi? — deb so'radi Glenarvan. — nazarimda, u ikkiga bo‘linishni maslahat berayotgan-ga o‘xshaydi.
— Ha, ikki gruppaga bo'linishni maslahat beryap-ti, — deb javob berdi Paganel. — Oti juda sudralib qolganlar o'ttiz yettinchi paralleldan sekin-asta ilga-rilab boraversinlar. Oti hali ancha bardam bo‘lganlar esa birinchi guruhni orqada qoldirib, bu yerdan o‘ttiz bir m il1 narida San-Lukas ko‘liga quyiladigan Gaumini daryosini qidirib borishlari kerak. Agar bu daryoning suvi yetarli bo‘Isa, ikkinchi otryad birin-chisini o‘sha yerda kutib turadi. Agar Guamini ham
'5 0 kilometr. ( M u a l li f izohi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |