Ko‘p o‘tmay Talkav, Glenarvan va Robert ge-ografiya olimi boshchiligida qoldirilgan otryad turgan yerdan ko‘rinmay ketdilar.
Chavandozlar hozir o‘tib borayotgan Desertio de las Salinas, ya’ni Salinas ko'li atrofidagi cho‘l sarg‘ayib, qovjirab yotgan, balandligi o‘n futcha ke-ladigan butalar, pasta-pastak mimoz (kurra-mamel)lar va yumma degan butasimon sersoda o‘sim-liklar o‘sib yotgan loy-tuproq tekis yer edi. Ahyon-ahyonda oftobda ko‘zni jimirlashtirib yuboradigan darajada yaltirab yotgan tuz maydonlari uchrab qo-lardi. Agar kun jazirama issiq bo‘lmaganda bu bar-reroslarni muzlab yotgan yerlar deb o'ylash mumkin edi. Qaqrab, qovjirab yotgan yer bilan quyoshda yaltirab turgan tuz maydonlari bir-biridan keskin farq qilar va qirga o‘ziga xos g ‘alati bir tus berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |