Elen, Meri Grant, mayor, Paganel va Robertlar tarqab ketishgach, Glenarvan bilan Jon Mangls Tom Ostindan ba’zi narsalarni so‘rash maqsadida palubada qoldilar.
— Keksa dengizchim Tom, — deb Ostinga muro-jaat qildi Glenarvan, — endi siz menga shuni ay-tingchi: Yangi Zelandiya sohillarida suzib yurish to‘g‘risidagi buyruq sizga g'alati tuyulmadimi?
— Ha, ser, to‘g‘risini aytsam, men bunga juda hayron bo'ldim, — deb javob berdi keksa dengizchi.— Lekin odatdagidek oigan buyruqni muhokama qilib o'tirmay bo‘ysundim. Boshqacha ish tutishim mumk-inmidi? Bordi-yu, buyrung‘ingizni aniq bajarmasam, buning natijasida biror falokat yuz bersa, men javob-gar bo‘lmasmidim? Siz nima deysiz, kapitan, boshqacha yo‘l tutgan bo‘larmidingiz? — deb Jon Manglsga murojaat qildi u.
— Yo‘q. Tom, men ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim.
— Lekin o‘shanda siz nima deb o‘yladingiz?
— Nima deb o'ylardim, ser, men Garri Grantni topish ishiga yordam berish uchun siz buyurgan joy-ga borishim kerak deb, biror yangi sababga binoan si-zlar boshqa biror kemada Yangi Zelandiyaga kelsan-giz kerak, men esa sizlarni bu orolning sharqiy sohili-
597
da kutishim kerak ekan, deb o'yladim. Shuni ham aytishim kerakki, Melburndan chiqib ketayotganda, men qayoqqa jo‘nayotganimizni hech kimga bildirmadim, shuning uchun komanda bu yoqqa ke-layotganimizni faqat kema ochiq dengizga chiqib, Avstraliya qirg'oqlari ko‘zdan g ‘oyib bo'lgandan keyin bildi. Lekin shu payt bir hodisa yuz berdiki, u meni juda xavotirlikka solib qo'ydi.
— Nima hodisa yuz berdi, Tom? — deb so‘radi Glenarvan.
— Melburndan yo‘lga chiqqan kunimizning ertasi-ga «Dunkan»ning qayoqqa ketayotganini eshitgan Ayrton...
— Ayrton deysizmi! — deb qichqirdi Glenar van. — U kemadami hali?
— Ha, ser.
— Ayrton shu yerda ekan! — dedi Glenarvan, Jon Manglsga qarab.
— Taqdir-da, — deb qo‘ydi yosh kapitan.
Bir lahzada ularning ko‘z oldidan Ayrton qilgan barcha yaramasliklar: uning oldindan tayyorlab kel-gan xiyonati, Glenarvanning yarador bo‘lishi, Myulredini o'ldirish maqsadida qilingan suiqasd, bu-tun otryadning Snou daryosi bo‘yida tortgan azoblari gavdalanib o‘tdi. Mana endi, taqdirning g ‘alati taqo-zosi bilan, katorjnik ularning qo‘lida.
— Qayerda u? — deb qiziqib so‘radi Glenarvan.
— Bakdagi kayutalardan biriga qamab qo'ygan-man, — deb javob berdi Tom Ostin.
— Nima uchun qamab qo‘ydingiz?
— Chunki kema, Yangi Zelandiyaga ketayotganini bilgandan keyin Ayrtonning joni chiqib ketdi, meni kemaning yo‘lini o‘zgartirishga majbur qilmoqchi bo‘ldi, do‘q qilib ko‘rdi, komandamni qo‘zg‘olon ko‘tarishga tashviqot qila boshladi. Keyin men: bu xavfli yigit ekan deb zarur choralarni ko‘rishga maj bur bo‘ldim.
— Keyin nima bo‘ldi?
— 0 ‘shandan beri u kayutada, undan chiqishni o'ylamaydi ham.
— Yaxshi qilibsiz, Tom!
Shu payt Glenarvan bilan Jon Manglsni kayut-kompaniyaga taklif qildilar: nonushta tayyor bo'lgan edi. Ular Ayrton to‘g ‘risida og‘iz ham ochmay, ovqatlangani o‘tirdilar. Lekin ovqatlanib,
qorin to‘yg‘azib olgan sayohatchilar palubada to‘planishgach, Glenarvan ularga botsmanning «Dunkan»da ekanini aytdi. U Ayrtonni hammaning oldida so'roq qilmoqchi ekanini ham qo‘shib qo‘ydi.
— Shundan meni xalos qilishning iloji yo‘qmi? — deb so'radi Elen. — Rostini aytsam, azizim Eduard, o‘sha bechorani ko‘rishga sira toqatim yo‘q.
— Bu yuzma-yuz uchrashuv bo'ladi, Elen, — deb javob berdi Glenarvan. — Iltimos qilaman, qoling. Ben Joys barcha qurbonlari bilan uchrashuvi kerak.
Bu dadil Elenni qolishga majbur qildi. Elen bilan Meri Grant ikkalasi Glenarvanning yoniga o‘tirdilar. Ularning atrofiga mayor, Paganel, Jon Mangls, Robert, Vilson, Myulredi, Olbinet — katorjnikning xiyonatidan shunchalik azob-uqubatlarga duchor bo'lganlarning hammasi doira olib o'tirdilar. Bu uchrashuvning qanchalik muhimligini ham uncha tushunib yetmagan kema komandasi jim turardi.
— Ayrtonni olib kelinglar, — dedi Glenarvan.
Do'stlaringiz bilan baham: |