«Muncha uyatchang bo'lmasa, bu olimi tush-magur!» — deb o‘ylar edi mayor.
Hozirgina boshidan kechirgan barcha hayajonlari bosilgandan keyin Paganel muqarrar turgan yana bir savolga javob berishga majbur bo‘ldi.
— Paganel, endi menga ochiq javob bering, — deb unga murojaat qildi Glenarvan. — Parishonligingiz foydali bo‘lib chiqqanini e’tirof qilaman... Siz bo'lmasangiz, «Dunkan» albatta katorjniklar qo‘liga tushgan bo'lardi. Siz bo‘lmasangiz, maorilar bizni yana ushlab oigan bo‘lar edilar. Lekin, xudo haqi, menga bir narsani tushuntiring: «Avstraliya» so‘zi o'rniga «Yangi Zelandiya» deb yozib yuborishga sizni qanday fikrlar majbur qildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |