401
Ba’zan Ayrton zo‘rg‘a oyoq ko'tarib bosayotgan ot-larni ham aravaga qo‘shishga majbur bo'lardi.
Juda ham charchab, holdan toyib qolganidanmi yo boshqa biror sababdanmi, har holda o‘sha kuni otlar-dan biri o‘ldi. Oldin bunday baxtsiz hodisa ro‘y berishidan hech qanday nishon bo‘lmasa ham u bir-daniga gurs etib yiqildi-yu, o‘ldi-qoldi. Bu Myulredining oti edi. Myulredi uni o‘rnidan turg‘iz-moqchi bo‘lib, qarasa ot o‘lib yotibdi.
Ayrton ot oldiga kelib, uni ko'zdan kechira bosh-ladi. Ko‘rinishidan u otning nima uchun to‘satdan o'lib qolganiga juda hayron edi.
— Otning biron tomir-pomiri uzilib ketgan ko'ri-nadi, — dedi Glenarvan.
— Shunday bo‘lsa kerak, — dedi Ayrton.
— Mening otimga minib ol, Myulredi, — dedi Glenarvan, — men xotinim yoniga, aravaga chiqib olaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |