Toline ha degandek qilib boshini silkib qo‘ydi-da, yana sayohatchi ayollarni ko‘zdan kechira boshladi.
— Qayerdan kelyapsan? — deb yana so‘radi Elen.
— Melburndan poezdda kelayotgan edim.
— Kemden ko'prigida izidan chiqib ketgan poyezddamiding? — deb so'radi Glenarvan.
— Ha, ser.
— Bitta o'zing kelayotgan edingmi?
— Bitta o‘zim. 0 ‘qituvchimiz Pakston ota meni Jefri Smitga topshirgan edi. Afsuski, bechora kon-duktor o'ldirildi.
— Sen poyezdda boshqa hech kimni tanimas eding mi?
— Hech kimni, ser.
Lekin bolasi tushmagur bu bo‘m-bo‘sh dalalardan qayoqqa ketayotgan edi, nima uchun Kemden ko‘prigi oldidan ketdi? Elen boladan shuni so‘radi.
— 0 ‘zimizning Laklandagi qabilamizga ketyap-man, — deb tushuntirdi Toline: — ota-onamni ko‘rib kelmoqchiman.
— Ular avstraliyalikmi? — deb so'radi Jon Mangls.
— Avstraliyalik, laklanlik.
— Otang ham, onang ham bor, a? — deb so‘radi Robert Grant.
— Ha, akajon, — deb javob berdi Toline Robertga qo'lini uzatib.
Tolinening «akajon» deganiga iyib ketgan Robert darhol uni mahkam quchoqlab o‘pdi, ikkala bola shu ondayoq do'stlashib oldilar.
Yovvoyi bolaning javoblari sayohatchilarni shun-day qiziqtirib qo‘ydiki, ular Tolinening atrofiga doira tortib o‘tirib oldilar. Quyosh azim daraxtlar orqasiga og‘a boshladi. Joy tunash uchun qulay, shoshilishga asos yo‘q, shuning uchun Glenarvan shu yerda to'xtashni buyurdi. Ayrton ho‘kizlarni aravadan chiqardi, Myulredi va Vilson yordami bilan ularning oyog‘ini tushovladi-da, o'tloqqa qo‘yib yubordi. Chodirni qurdilar. Olbinet ovqat tayyorladi. Och bo'lishiga qaramay, biroz tortinchoqlik qilib turgan-dan keyin Toline ham sayohatchilar bilan ovqatlanish-ga rozi bo‘ldi. Dasturxonga o'tirdilar. Bolalarni yon-ma-yon o'tqazdilar. Robert yangi o‘rtog‘iga yaxshi-yaxshi ovqatlardan olib berar, Toline esa uni uyatchanlik bilan Robertning qo'lidan olardi.
Ovqat vaqtida suhbat uzilmadi. Hammalari ham bolaga g ‘amxo‘rlik qilar, unga sonsiz-sanoqsiz savol-lar yog'dirar edilar. Sayohatchilar bolaning o ‘tmishi-ni bilishga qiziqdilar. Uning hayoti juda oddiy ekan. Koloniyalar huzuridagi yordam jamiyatlari ixtiyoriga tarbiyalash uchun qo‘shni qabilalar tomonidan yosh-lik paytidanoq keltirib topshirilgan ko'pgina yerlik bolalarning o‘tm ishi qanday bo'lsa, Tolinening o‘tmishi ham xuddi o‘shanday edi. Avstraliyaliklar mo'min-ma’qul xalq bo'ladi. Ular ingliz istilochilari-ning yangi zelandiyaliklar va Shimoliy Avstraliyada-gi ba’zi qabilalar singari yomon ko‘rmaydilar. Yerliklarni Adelaida, Sidney, Melburn kabi katta-kat-ta shaharlarda tez-tez uchratish mumkin; ular bu sha-harlarda o'zlarining g'alati kiyimlarida yurib, o'zlari ishlagan har xil mayda-chuyda buyumlar, ovchilik va baliqchilik asboblari, qurollar bilan savdo-sotiq qiladi-lar. Ba’zi qabilalarning boshliqlari o‘z bolalariga in-glizcha tarbiya olish imkoniyatini tug‘dirib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |