Elen bu bolaga qiziqib, aravadan tushdi, ko‘p o'tmay barcha sayohatchilar qattiq uxlab yotgan bolani qurshab oldilar.
— Bechora! —dedi Meri Grant. — Nahotki u shun-day bo‘m-bo‘sh dalada adashib qolgan bo‘lsa?
— Menimcha,— dedi Elen, — u mana bu qabris-tonni ziyorat qilgani uzoqdan kelgan. Bu yerda uning juda yaqin ko‘rgan odami yotgan bo‘lsa kerak.
— Uni shunday tashlab ketib bo'lmaydi, — dedi Robert, — u axir yolg‘iz o‘zi-ya, buning ustiga...
Lekin jonkuyar Robertning gapi chala qoldi: avs-traliyalik bola uyqusida ikkinchi yonboshiga ag‘daril-di, shunda atrofini qurshab oigan sayohatchilar uning orqasiga yopishtirilgan plakatni ko‘rib, hayron qoldilar; plakatga ingliz tilida:
Do'stlaringiz bilan baham: |