Londondagi Qirol geografiya jamiyatining hozirgi prezidenti Roderik Merchison 1814-yilda qit’aning
359
shimolidan janubiga qarab cho‘zilib ketgan va Avstraliyaning janubiy sohiliga kelib tugaydigan tog* tizmasini tekshirib, bu'tog'ning Ural tog'lariga juda ham o‘xshab ketishini aniqladi. Ural tog‘larida esa oltin konlari bor, shuning uchun, tabiyki geologiya olimi bu qimmat baho metall Avstraliya tog‘larida ham bo'lishi kerak, deb taxmin qildi. U yanglishma-gan ekan. Haqiqatan ham oradan ikki yil o‘tgach, yangi janubiy Uellsdan Merchisonga oltin namunala-rini yuboradilar, shundan keyin geologiya olimi kor-nuellik konchilaridan juda ko'pini Yangi Gollandiya-ning oltin topilgan rayonlariga borishga da’vat qi-ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |