Bu vaqtgacha Viktoriya viloyatiga hech kim qi-ziqmagan edi, vaholanki u boyligi jihatidan boshqa barcha viloyatlarni orqada qoldirib ketadi.
Bir necha oydan so'ng, ya’ni 1851-yilning avgusti-da Viktoriya viloyatida dastlabki sof oltin topiladi, shundan keyin ko‘p o'tmay viloyatning to'rt okrugi-da: Ballarat, Ovens, Bendigo va Aleksandr tog'larida katta-katta oltin konlari ochiladi. Bu to‘rt okrug oltinga juda boy edi. Lekin Ovens daryosi bo‘yida yer osti suvlari oltin qazish ishini qiyinlashtirardi; Ballarat okrugida oltin bir tekis joylashmagani uchun oltin izlovchilarning mo‘ljali ko'pincha to‘g ‘ri chiq-
360
masdi; Bendigoda esa tuproqning yomonligi oltin kavlash ishini sekinlashtirardi, Faqat Aleksandr tog‘idagina oltin kavlash ishi juda muvaffaqiyatli bo-rardi, bu yerdan topilgan oltinning har bir qadog‘i 1441 frank turardi, bu baho yer sharining hamma yerida sotilgan oltinning bahosidan ham baland.
Do'stlaringiz bilan baham: |