Janubiy Avstraliyada sof oltinni dastlab Frensis Lyutton topadi. Oltin sochmalarini Forb bilan Smit ham topadilar.
Oltin konlari topilgani to‘g ‘risidagi bu xabar tar-qalishi bilan Janubiy Avstraliyaga dunyoning barcha tarafidan oltin axtaruvchilar: inglizlar, amerikalik-lar, italyanlar, fransuzlar, nemislar, xitoylar kela boshlaydi. Lekin faqat 1851-yilning 3-aprelida Xargrevs juda boy oltin konlarini topadi va Sidney koloniyasining gubernatori Fits-Royga bu yerni men-ga hujjatlab bering, deb iltimos qiladi, buning evazi-ga u gubernatorga arzimagan pul — besh yuz funt sterling bermoqchi bo‘ladi. Gubernator bu taklifni qabul qilmaydi, lekin Xargrevsning kashfiyoti to‘g ‘risidagi xabar tez tarqab, Sommerxill bilan Lenis-Pond oltin izlovchilarga to‘lib ketadi. Bu yerda Ofir degan shahar barpo qilinadi, bu shahar oltin kon-lariga yaqin bo'lgani uchun tez o‘sib, kattagina markazga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |