Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


 Dunyo aholisi takror barpo bo‗lishining geografik xususiyatlari



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
Bog'liq
30 11

 
5.3. Dunyo aholisi takror barpo bo‗lishining geografik xususiyatlari 
 
Tug‗ilish, o‗lim va aholi tabiiy o‗sishi past bo‗lgan huddlarda aholi takror 
barpo bo‗lishining 1 turi kuzatiladi. Xozirgi davrga kelib, aholi takror barpo 
bo‗lishining 1 turi Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida kuzatilmoqda. Aholi 
takror barpo bo‗lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o‗rtacha soni 2,5 
tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o‗rtacha 2 tadan farzand ko‗rsa o‗z 
ota-onalari o‗rnini to‗ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo‗lsa uchinchi bola 
turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko‗z yumgan bolalar 
va farzandsiz oilalarni ―qoplaydi‖, ya‘ni o‗rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi 
sonini bir me‘yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o‗rtacha 2,5 bolani 
(demak oilalarning yarmi 2 bolali, yarmi esa 3 bolali) tashkil yetishi lozimdir. Agar 
oilada farzandlar soni 2,5 tadan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik 
inqiroz sodir bo‗ladi. Oiladagi farzandlar soni tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti 
(har bir 15-49 yoshdagi ayolga to‗g‗ri kelgan bolalar soni) yordamida aniqroq 
ifodalanadi. 2009 yilda tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti dunyo bo‗yicha 2,6 ni, 
Afrika qita‘sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va 
Okeaniyada 2,5ni tashkil etgan.


128 
Demografik inqirozga yuz tutgan, aholi takror barpo bo‗lishining 1 turi 
kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat ―depopulyasiya‖ ya‘ni, aholi sonini 
kamayib ketish jarayonini to‗xtatishga qaratilmog‗i lozimdir. Bunday siyosatning 
asosiy maqsadi oilada ikkinchi, uchinchi farzandlarni ko‗rish, davlat, jamiyat 
tashkilotlari tomonidan ham iqtisodiy, ham ma‘naviy qo‗llab quvvatlashga 
qaratiladi. Aholi takror barpo bo‗lishining 2 - turi, aholining tug‗ilishi, tabiiy 
o‗sishi juda yuqori, o‗limning esa nisbatan kam bo‗lgan holatlarida kuzatiladi. 
Bunday holat Afrika qit‘asidagi deyarli barcha davlatlarda, Avstraliya va 
Okeaniyada, Osiyodagi ba‘zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‗lishi 
2 turi bo‗yicha eng yuqori ko‗rsatkichlar G‗arbiy Afrikadagi Nigyer davlatida 
(tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti-7,4; tug‗ilish umumiy koeffitsienti-53; o‗lim-
14 va tabiiy o‗sish 39 promille) Sharqiy Afrikadagi deyarli barcha davlatlarda 
(tug‗ilish 30-47 promille; o‗lim 3-18 promille, tabiiy o‗sish 10-34 promille) 
kuzatiladi.
Aholi takror barpo bo‗lishining 2-turi kuzatilayotgan qator davlatlarda 
aholining haddan oshib ko‗payib borishi, ya‘ni ―demografik portlash‖ jarayonini 
oldini olish muammosi mavjuddir. Ushbu muammoni bartaraf etishda tug‗ilishni 
nazorat etish uslubidan foydalaniladi. Davlat siyosati oilani demografik nuqtai-
nazaridan rejalashtirishga qaratiladi. Bunday siyosat Xitoy, Xindiston va qator 
rivojlanayotgan davlatlarda olib borilmoqda. Hozirda yer shari aholisi tug‗ilish 
umumiy koeffitsienti har ming kishiga 20 promillega, aholi o‗limi 8 promillega, 
tabiiy ko‗payish 12 promillega (2017 y.) teng bo‗lmoqda.
XVIII asr oxirlariga qadar yer yuzining barcha mintaqalarida tug‗ilish 
ko‗rsatkichi yuqori bo‗lgan, XX asrga kelib, aksariyat, rivojlangan davlatlarda 
industrlashtirish, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, ayollarning ishlab 
chiqarishda faolligining avj olishi, fan-ta‘lim sohasidagi rivojlanishlar
madaniyatning taraqqiy yetishi, nikoh qurish yoshining ko‗tarilishi natijasida, 
tug‗ilish bir muncha pasaydi. XIX asr oxirida Yevropa davlatlarida tug‗ilish 
yuqori, o‗lim past bo‗lib, aholi takror barpo bo‗lishi intensiv holatda bo‗lgan 
bo‗lsa, XX asrda huddi shu ahvol Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatilgan. 


129 
Yevropada bu vaqtda tug‗ilishning pasayishi ahamiyatli tus olgan va hozirgacha bu 
jarayon davom etmoqda. 
Tug‗ilish darajasidagi o‗zgarishlarni eng aniq ifodalovchi demografik 
ko‗rsatkichlardan biri tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti bo‗lib, u ma‘lum avlodga 
tegishli har bir ayolning farzand ko‗rish davrida (o‗rtacha 15-49 yosh) tug‗ilgan 
bolalarining o‗rtacha sonini bildiradi. Agar mazkur koeffitsient qaysi bir hududda 
4,15 dan yuqori bo‗lsa, shu hududda aholi soni tez sur‘at bilan ko‗payib boradi, 
aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) salmog‗i yuqori bo‗lib, qariyalar (65 yosh va 
undan kattalar) salmog‗i past bo‗ladi. Agar tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti 2,15 
dan kichik bo‗lsa, aholi juda sekin o‗sib boradi, aholi tarkibida bolalarga nisbatan 
qariyalar salmog‗i yuqori bo‗lib, aholining demografik ―qarish‖ jarayoni ro‗y 
beradi. Bu ko‗rsatkich 2,15 dan 4,15 gacha bo‗lsa tug‗ilish darajasi me‘yorda 
hisoblanib, aholi o‗rtacha darajada ko‗payib boradi. 
Tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti dunyo bo‗yicha, 2,5 ga teng (2017 y). 
Demak, aholi takror barpo bo‗lishda davom etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 
bu raqam 1,7 ga, rivojlanayotgan davlatlarda 3,0 ta, o‗rtacha darajadagi 
rivojlanayotgan davlatlarda esa 2,6 ga teng (2017 y). Afrikada tug‗ilishning ushbu 
koeffitsienti eng yuqori ko‗rsatkichga ega, ya‘ni 4,7, Amerikada 2,2, AQSHda 2,0, 
Osiyoda 2,2 va Yevropada 1,6 ni tashkil etadi. Dunyo bo‗yicha Angola, 
Kamyerun, Brunda, Malavi davlatlari (5,7-6,5) aholisi o‗ta yuqori tug‗ilish 
darajasiga ega. Yevropa aholisi demografik inqirozga yuz tutgan, bironta davlat 
aholisida tug‗ilishning yig‗indi koeffitsienti 2,0 dan oshmaydi. Bunda albatta 
mamlakatlar aholisining yosh, jinsiy, milliy tarkibi, hududiy joylashuvi, 
ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda o‗ta yuqori darajada bandligi kabi 
xususiyatlari alohida o‗rin tutadi.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish