Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-jadval  J.Bojyo – Garne, E.Rossetning demografik qarish shkalasi



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169
Bog'liq
30 11

6.3-jadval 
J.Bojyo – Garne, E.Rossetning demografik qarish shkalasi

bosqichlar
60 yosh va undan 
kattalarning jami aholi 
tarkibidagi salmog‗i, 
foizda 
Qarilik bosqichlari va aholining qarish 
darajasi 

‹8 
Demografik yosh 

8 – 12 
Qarilikning dastlabki bosqichi 

10 – 12 
Qarish bosqichi 

12 dan yuqori 
Demografik qarish 
14 – 16 
Demografik qarishning o‗rtacha darajasi 
16 – 18 
Demografik qarishning yuqori darajasi 
18‹ va undan yuqori 
Juda yuqori qarish darajasi 
Manba: *Meдков В.M. Демография. –M.: 2004, с. 132. 
 
Sayyoramizda aholining qarishi 1870 yillardan boshlangan. 1870 – 1937 
yillarda Fransiya, Shvetsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya aholisi tarkibida 60 
yoshdan yuqori yoshdagilar salmog‗i 12 foizdan oshgan. Demografik ma‘lumotlar 
guvohlik berishicha, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida dunyo 


146 
aholisining yosh tarkibida sezilarli o‗zgarishlar sodir bo‗lgan. Avvalo XX asr 
sayyoramizda aholi sonining eng yuqori sur‘at bilan ko‗paygan davri bo‗ldi. Bu 
davrda dunyo aholisi 1,656 milliondan 6 milliardga etdi, yoki deyarli 4 barobarga 
oshdi. Bu jarayonda 65 yosh va undan katta bo‗lgan qariyalar hissasi ham 
anchaginadir. Dunyo aholisi tarkibida XX asrda bolalar salmog‗i kamayib, 
qariyalar salmog‗i esa ortib bordi. Masalan, 1980 yilda dunyo aholisi tarkibida 
bolalar (0 – 14 yosh) 35 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2001 yilga kelib esa bu 
ko‗rsatkich 30 foizni tashkil etdi. Ana shu davrda qariyalar salmog‗i esa 6 foizdan 
7 foizga etdi
1
. Bunday jarayonni dunyoning barcha hududlarida ham kuzatish 
mumkin. Aholi tarkibida bolalar salmog‗ining oshib borishi, yuqorida qayd 
etilganidek, demografik holatning o‗zgarishi, avvalo tug‗ilishning kamayib borishi, 
aholining umr ko‗rish muddatining uzayishi bilan bog‗liqdir. Jumladan, dunyo 
aholisi XX asrning boshlarida o‗rtacha 50 yil atrofida umr ko‗rgan bo‗lsalar, 
hozirgi davrga kelib aholining o‗rtacha umr ko‗rishi 68 yilga etdi
2
.
Demografik qarish natijasida qariyalar salmog‗ining oshib borishi ma‘lum 
darajada aholining ijtimoiy faolligini pasaytiradi, iqtisodiyotda yoshlar salmog‗i 
kamayadi, nafaqa ajratish bilan bog‗liq muammolar ko‗payadi; qariyalarga tibbiy 
xizmatni ko‗paytirish sog‗liqni saqlash tizimiga o‗zgartishlar kiritilishini taqozo 
etadi. Nihoyat hali ishlashni hohlovchi ―yosh qariyalarni‖ ish bilan ta‘minlash ham 
o‗ziga xos muammolarni keltirib chiqaradi. 
Aholining qarishi moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish sohalari 
tizimiga ham ta‘sir ko‗rsatadi-chunki qariyalarning talablariga ko‗ra tovar va 
xizmat ko‗rsatish turlarini o‗zgartishi lozim bo‗ladi. Ba‘zi texnologik 
opyeratsiyalarni 
bajarish, 
mashina 
va 
jihozlarni 
qariyalar 
talablariga 
moslashtirishga to‗g‗ri keladi. Ular talablariga transport vositalari ham javob 
berishi kerak. 
―Qariyalar bumi‖ asta-sekin butun dunyoni qamrab olyapti va yuqoridagi 
kabi qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Insoniyat bu muammolarning 
1
Демографический – энциклопедический словарь.- М., 1985 с. 278., Населения и общества. Информацион 
бюллетень РАН. - М., 2001, № 56. 
2
Yuqorida qayd etilgan manbalar. 


147 
naqadar muhimligini tushunib yetishi lozim. Ko‗p davlatlarda (birinchi navbatda 
Yevropa davlatlarida) qariyalarning hayotini yaxshilash borasida ancha ishlar 
qilinmoqda. Biroq demografik qarish bilan bog‗liq barcha muammolar, mazkur 
jarayonga yuz tutgan hamma davlatlarda ham davlat siyosati darajasiga ko‗tarilish 
va takomillashuvi lozim. 
Aholining yosh tarkibi dunyo hududlari bo‗ylab keskin farq qiladi. BMT 
tasnifiga ko‗ra jami aholi tarkibida 65 yosh va undan katta yoshdagilar salmog‗i 7 
foizdan yuqori bo‗lsa, aholi demografik nuqtai nazardan qari hisoblanadi. Hozirgi 
davrda 2018 yil dunyo aholisi tarkibida 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog‗i 9 
% ni, Afrikada – 3%, Amerikada – 10 %, Osiyoda – 8 %, Yevropada – 18 %, 
Avstraliya va Okeaniyada esa 12 % tashkil etmoqda. Dunyo bo‗yicha aholisi eng 
qari davlatlarga Yaponiya (28 %), Germaniya, Italiya (21 %) va Monako (26 %) 
davlatlarini kiritish mumkin. O‗zbekistonda bu ko‗rsatkich 5% ni tashkil etmoqda.
Dunyo hududlari bo‗ylab aholi yosh tarkibidagi farq har bir hududning 
demografik holatiga hamda migratsiya jarayoniga bog‗liqdir. Tug‗ilish darajasi 
past bo‗lgan Yevropa davlatlari aholisi tarkibida bolalar va qariyalar salmog‗i 
deyarli tengdir. Hozirgi davrda (2017 y.) dunyoda aholisi eng qari davlat G‗arbiy 
Yevropadagi Monako davlati bo‗lib, bu yerda aholi tarkibida qariyalar jami 
aholining 26 foizini, bolalar esa 13 foizni, Osiyoda Yaponiya bo‗lib, unda qariyalar 
28 foiz, Xitoy Makaosida 10 foizni tashkil etadi. Jahondagi aholisi eng yosh 
davlat G‗arbiy Afrikadagi Nigyer davlatidir. Bu davlatda jami aholi tarkibida 
bolalar 50 foizni, qariyalar esa faqat 3 foizni tashkil etmoqda. Umuman, keyingi 20 
– 30 yillik davrda dunyodagi aksariyat davlatlarda qariyalar salmog‗i ko‗payib 
bordi. Hozirgi davrda dunyo bo‗yicha 65 yosh va undan katta bo‗lgan aholi 
salmog‗i ko‗payib bordi yoki aholining yillik o‗sishida qariyalar hissasi 10 foizni 
tashkil etmoqda. Mutaxassislar prognozlaricha yaqin kelajakda, dunyoning barcha 
hududlarida ham turli ijtimoiy – iqtisodiy, demografik omillar ta‘sirida qariyalar 
salmog‗i ortib borar ekan. 2050 yilga borib jami aholi tarkibida qariyalar salmog‗i 
rivojlangan davlatlarda 25 – 30 foizga, rivojlanayotgan davlatlarda esa 8 – 10 
foizga yetishi kutilmoqda. 1998 yil ma‘lumotiga qaraganda, dunyo bo‗yicha 65 


148 
yosh va undan yuqori yoshdagilar jami aholining 7 foizini tashkil etgan bo‗lsa, 
2017 yilda o‗sish sur‘ati davom etganligi bois, ular ulushi 9 foizga etdi.
BMT ma‘lumotiga qaraganda, 1990 yilda aholini qarish jarayoni bo‗yicha 
davlatlar quyidagicha taqsimlangan: 
• 61 davlat (1,200 mln.kishi) aholisi qari davlatlar hisoblangan; 
• 58 davlat (2700 mln. aholi) qarilik bo‗sag‗asida; 
• 73 davlat (980 mln.aholi) demografik yosh; 
• 23 davlatdan esa aholi qarishi bo‗yicha ma‘lumot bo‗lmagan. 
Hozirgi davrga kelib esa demografik qari davlatlar soni ko‗payganligi 
tabiiy. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish