o„sishiga demografik impuls berishidan xavotirga soldi. Shu yo„l bilan 1979 yili
oilada farzandlar sonini kamaytirish, bir boladan ortiq farzandi bo„lmasligini
qo„llab quvvatlash tadbirlari, ayniqsa, shahar joylarda kuchaytirish natijasida bir
oilaga bir bola kompaniyasi ishni boshlashdilar. Ushbu tadbirlar tufayli, ijtimoiy-
1
POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography
Dudley L. Poston, Jr. 256-p.
150
iqtisodiy rivojlanish fonida 1950 yillardagi har bir ayolga o„rtacha oltita farzand
to„g„ri kelishidan, 1990 yillar oxiriga kelib, u deyarli ikki barobarga
pasaytirishiga yerishildi.
Amerika Qo„shma Shtatlarida ham tug„ilish darajasi tushib borar edi, ammo
bu jarayon Xitoyda kechganidek kuzatilmadi. Tug„ilishning ushbu pasayishi
yuqoridagi boblarda ko„rib o„tilgan. Ta‟kidlanganidek, AQSHda tug„ilish darajasi
o„n to„qqizinchi asrdayoq tushishni boshlagan edi. Tug„ilishning umumiy darajasi
(oq tanli aholida) 1870 yilda 4,5 da 1900 yilda 3,5 gacha pasaygan (AQSH aholi
ro„yxati byurosi 1975 yil). 1920 yilga kelib, aynan birinchi jahon urushidan keyin
bu ko„rsatkichlar 3,2 gacha pasaygan. 1950 yillar oxirida “bebi bum” davrida, bu
ko„rsatkich o„zining eng yuqori cho„qqisiga chiqqan, ya‟ni 3,7 ni tashkil etgan.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 2000 yildagi Xitoy va AQSHdagi keksa kishilar
va uzoq umr ko„ruvchilar tug„ilish va o„lim ko„rsatkichlari pasaygan demografik
rejim paytidagi ko„rsatkichlardir. Ushbu o„tish bosqichlarining oqibatlari,
ayniqsa, Xitoyda uzoqni o„ylab ishlab chiqilmaganligi, yangi asrning bir necha o„n
yilliklarida ham kuzatiladi
1
.
Prognozlarga ko„ra 2020 yilda dunyoda 1 mlrd.dan ko„proq keksa kishilar
mavjud bo„lsada, ularning aksariyati, ya‟ni chorak qismi (240 mln.) Xitoyga va 7
foizdan ko„prog„i AQSHga to„g„ri keladi. 2020 yilda taxminlarga ko„ra 137
million uzoq umr ko„ruvchilar mavjud bo„lib, ularning 17 foizi Xitoyda va 9 foizi
AQSHda yashaydilar. Yangi asrning o„rtalariga kelib (2050 yil) prognoz
qilinayotgan yer yuzidagi 9,4 milliard kishidan deyarli 2 mlrd. keksalarni tashkil
qiladi. Uning 424 millioni (21 foizdan ortig„i) Xitoyda va deyarli 100 millioni (5
foiz) Amerika Qo„shma Shtatlarida istiqomat qilishlari kutilmoqda. Prognoz
qilinayotgan 424 millionni tashkil etayotgan keksa kishilarning miqdori juda katta.
2050 yilda Xitoyda mavjud bo„lishi prognoz qilinayotgan keksa kishilarning
miqdori 2000 yilda dunyoda mavjud bo„lgan (591 million) keksalarda bor yo„g„i
167 millionga kamroq bo„ladi.
1
POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography
Dudley L. Poston, Jr. 257-p.
151
Dunyo bo„yicha 2050 yilga aholi prognozlariga ko„ra 399 milliondan ortiq
uzoq umr ko„ruvchi erkaklarning 23 foizi Xitoy va 7 foizdan ortig„i Amerika
Qo„shma Shtatlariga to„g„ri keladi. 2000 yilda yer sharida mavjud bo„lgan 68,2
million uzoq umr ko„ruvchilarga nisbatan 2050 yilda Xitoyda 1,4 barobar ko„proq,
ya‟ni 92,5 million uzoq umr ko„ruvchilar yashashi taxmin qilinmoqda. Katta
miqdordagi keksa kishilarning aholi tarkibida mavjud bo„lishi muammo bo„lmas
edi, agar aholi o„rtasida tug„ilish darajasi yuqori bo„lganida. Aholi tarkibida
keksalarning yoshlarga nisbatang yuqori bo„lishi bu albatta turli xil
iqtisodiy,ijtimoiy va ularga bog„liq muammolarning paydo bo„lishiga olib keladi.
Xitoy va AQSHda yaqin yillar ichida aholi qarishining boshqa muammolariga
qanchalik bog„liqligini vaqtning o„zi ko„rsatadi
1
.
O‗zbekistonda 2017 yil 1 yanvarda aholining umumiy soni 32,5 milliondan
oshdi
2
. Agar respublika aholisini yosh tarkibi bo‗yicha tahlil etilsa, hozir (2017 y.)
O‗zbekistonda 0-14 yoshli aholi jami aholining 28,0 foizini, 15-64 yoshli aholi-
68,0 foizni, 65 yosh va undan katta yoshdagi aholi 4,0 foizni tashkil etmoqda.
Demak, qarish shkalasi bo‗yicha O‗zbekiston jahondagi aholisi ―
yosh
‖ davlatlar
qatoriga kiradi. Shunday bo‗lsada respublikada qariyalar soni bir muncha oshib
bormoqda. Bu hol esa o‗z navbatida, O‗zbekistonda ham qariyalarning ijtimoiy-
demografik guruh sifatidagi mavqe‘i oshib borishini hamda ularga alohida
ijtimoiy-iqtisodiy e‘tibor lozimligini taqozo etadi. E‘tiborga molik jihati shundaki,
O‗zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-59 yosh, ayollar uchun esa 16-54
yosh etib belgilangan. Mehnat yoshidan yuqori, ya‘ni 55 yosh va undan katta
ayollar, 60 yosh va undan katta erkaklar soni 1991-2017 yillarda 20,7 foizga oshdi.
Ko‗pchilik Markaziy Osiyo davlatlari qatori O‗zbekiston ham aholisi nisbatan
yosh davlatlar guruhiga kiradi.
O‗zbekistonda keyingi yillarda aholisining yosh tarkibi birmuncha
o‗zgargan. Jami aholi tarkibida bolalar salmog‗ining keskin kamayib borishi
kuzatilmoqda. 1991 – 2002 yillarda O‗zbekistonda bolalar salmog‗i 4,4 foizga
1
POPULATION AND SOCIETY: An Introduction to Demography
Dudley L. Poston, Jr. 259-p.
2
Статистическое обозрение Узбекистана. –Ташкент, 2005. стр. 46.
152
qisqargan. Bu hol birinchi navbatda, respublikada tug‗ilishning keskin kamayishi
bilan bog‗liqdir. 1991 yilda O‗zbekistonda tug‗ilishning umumiy koeffitsienti 34,5
‰ ni tashkil etgan bo‗lsa, 2001 yilda bu ko‗rsatkich 20,4 ‰ ni tashkil etdi.
Tug‗ilish qisqa davr ichida deyarli 14 ‰ ga kamaydi. Ma‘lumki, 1985 –
1990 yillarga qadar O‗zbekistonda tug‗ilish yuqori darajada bo‗lgan. Ana shu
davrda tug‗ilgan ko‗plab bolalar 1995 yildan boshlab mehnat yoshiga qadam
qo‗ygan. Natijada, jami aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi salmog‗i ortib
bormoqda. Shu sababli aholi tarkibida qariyalar salmog‗i biroz kamaygan. Mehnat
yoshidagi aholi salmog‗ining ortib borishi respublikada 2005 – 2010 yillarga qadar
davom yetishi mumkin. Keyinchalik esa aholi tarkibida qariyalar salmog‗i oshib
borishi ehtimoli bor.
O‗zbekistonda nafaqa yoshiga etganlar ham o‗z hohishlari bilan,
salomatliklari yo‗l qo‗ysa, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishlari mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotida band aholining ma‘lum qismini nafaqa
yoshidagi aholi tashkil etmoqda. O‗zbekiston davlati nafaqa yoshidagi aholiga,
qariyalarga alohida e‘tibor bilan qaraydi. 2002 yilni ―Qariyalarni qadrlash yili‖,
deb e‘lon qilinishi ham so‗zimizni isbotlaydi. Qariyalarni e‘zozlash, ularga
g‗amxo‗rlik ko‗rsatish bo‗yicha respublikada juda ko‗p chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Respublikada qariyalar va nogironlar uchun maxsus g‗amxo‗rlik
uylari mavjud. Hozirgi kunga kelib bunday muassasalar soni respublikamizda 29
taga etgan va ularda 6 mingga yaqin qariyalarga g‗amxo‗rlik qilinmoqda. Bu
raqamlarni aytib faxrlanish albatta milliy urf odatlar qadrlanadigan, qariyalarni
ezozlash zarurligi alohida uqtirilib tarbiyalanadigan o‗zbek oilalari uchun achinarli
holdir. Ammo ming afsuslar bo‗lsinki, demografik jarayonlardagi oxirgi 30 yilga
yaqin vaqt ichidagi o‗zgarishlar, aholi yosh tarkibida qariyalarning ulushi ortishiga
olib kelmoqda va bu hali uzoq davom etadi.
Qadriyatlar qadrlanadigan yurtda bugungi yoshlar tarbiyasiga alohida e‘tibor
kuchaytirilmas ekan qariyalar uyi yoki boshqacha aytganda g‗amxo‗rlik uylariga
ehtiyoj, talab ortib boravyeradi. Shu o‗rinda keltirish joizki, qariyalar miqdorining
ko‗payib borishi, nafaqat g‗amxo‗rlik uylarini ko‗paytirishni, balki qariyalar bilan
153
ishlovchi alohida mutaxassislarni (tibbiyot, ijtimoiy, pensiya ta‘minoti v.h.)
tayyorlashni, gErontologiya sohasida tadqiqotlarni ko‗paytirish va ularni qo‗llab
quvvatlashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |