Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Dudley L. Poston, Jr. Population and Society: An Introduction to  Demography.- Cambridge Univyersity Press, 2010-442 р.  8



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169
Bog'liq
30 11

 
Dudley L. Poston, Jr. Population and Society: An Introduction to 
Demography.- Cambridge Univyersity Press, 2010-442 р. 
8.
 
Копылов В.А. География населения. Учебное пособие.– М.: 1999. 
– 124 с. 
9.
 
Тожиева З.Н. Ўзбекистон аҳолиси: ўсиши ва жойланиши 
(Монография). – Т.: «Фан ва технология», 2010. – 276 б.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-MAVZU. DUNYO AHOLISINING IRQIY TARKIBI 
 
Reja: 
7.1. Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari 
7.2. Irqlar geografiyasi 
7.1. Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari 
Irq
-bu kishilarning tarixiy tarkib topgan yirik hududiy guruhlaridir. Irqlar 
kelib chiqishiga ko‗ra bir bo‗lib, faqat ba‘zi bir tashqi fiziologik belgilariga- 
sochining shakli va rangi, tanasining rangi, ko‗zlarining shakli, yuz suyaklarining 


155 
o‗lchamlari va ayrim xususiyatlari, burun, lab tuzilishiga ko‗ra farq qiladi. Bu 
irqlar nasldan-naslga o‗tadi. Irqiy belgilar odam zoti paydo bo‗lganidan keyin 
yashash sharoitidagi tafovutlar ta‘sirida vujudga kelgan. Odamlarning anatomik va 
fiziologik hamda ruhiy xususiyatlarida irqiy farqlar yo‗q. Irqiy tafovutlar jamiyat 
taraqqiyotiga ta‘sir etmaydi
1
. Yer shari aholisi uchta asosiy irqqa bo‗linadi. Bular 
yevropeid, mongoloid va negr-avstraloid yoki ekvatorial irqlari. Yirik irqlar, o‗z 
navbatida, mayda irqlarga ham ajraladi. So‗nggi yillarda mutaxassislar ekvatorial 
irqni ikki mustaqil – negroid va avstraloid irqlarga bo‗lishni taklif etmoqdalar.
Irqlar – umumiy irsiy morfologik va fiziologik belgilarga ega bo‗lgan, 
tarixiy shakllangan kishilar guruhidir. Ko‗pchilik olimlar irqlarning kelib 
chiqishida hozirgi ko‗rinishdagi inson bitta markazda, ya‘ni, taxminan O‗rta yer 
dengizining sharqi, unga qo‗shni hududlar – Janubiy Yevropa, Shimoliy va 
Sharqiy Afrika va G‗arbiy Osiyoda paydo bo‗lgan, degan g‗oyani ilgari suruvchi 
monotsentristik ta‘limotni yoqlaydilar. Paleolit oxirida irqlar ikkita hudud – g‗arb 
(shimoli-sharqiy Afrika va janubi-g‗arbiy Osiyo) va sharqda (janubi-sharqiy va 
sharqiy osiyo) yuzaga kelgan bo‗lishi mumkin. Keyinroq, insoniyat yer shari 
bo‗ylab tarqalib va o‗zaro qorishib, hozirgi qiyofadagi irqlar shakllangan. 
Katta irqlar to‗qnashgan hududlarda oraliq va aralash irqiy tiplar vujudga 
kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o‗tmishda shakllanganki, endilikda, ular 
ikki irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo‗lingungacha 
bo‗lgan xususiyatlarni o‗zida saqlab qolganini aniqlash qiyin. Aralash irqiy tiplar 
esa, nafaqat, qadimda, shu bilan birga, o‗rta asrlarda hamda yangi va eng yangi 
tarixda yuzaga kelgan. Oraliq irqlarning tipik vakillari – janubiy Hindistonning 
dravid tipi hamda sharqiy Afrikadagi efiopiya tipi hisoblanadi; aralash tiplarga 
Amerika metislari va mulatlarini kiritish mumkin. 
Negroid irqi-Afrikada joylashgan. Negroidlar uchun qora, jingalak sochlar, 
qo‗y ko‗z, tez-tez pigmentlashib turadigan tyeri, zaif yoki o‗rtacha rivojlangan 
uchlamchi jun qoplami, o‗rtacha chiqib turgan yonoq suyagi, oldinga kuchli 
chiqqan jag‗, zaif chiqib turgan keng burun, qalin lablar xaraktyerlidir. Negroid 
1
Ғуломов П. Жўғрофия атмалари ва тушунчалари изоҳли луғати. - Т., ―Ўзбекистон‖, 1994., 52-бет. 


156 
belgilar ko‗proq Sahroi Kabir janubida yashaydigan xalqlar uchun xosdir. Shu 
bilan birga, negroidlarga past bo‗yli Markaziy Afrika pigmeylari, bo‗yi nihoyatda 
past bo‗lgan negrillilar hamda negroid (sochi nihoyatda jingalak) hamda 
mongoloid xususiyatlar (qurigan barg rangidagi sarg‗aygan tyeri, keng yuz) 
qorishib ketgan janubiy Afrika bushmenlari va gottentotlari tegishlidir. 
Yevropeoid irqi-Yevropa, Shimoliy Amerika, Old Osiyo, Shimoliy Amerika 
va Kanada, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyada keng tarqalgan. 
Yevropeoidlar turlicha tusdagi jingalak yoki to‗g‗ri yumshoq sochi, sariq yoki 
bug‗doyrang tyerisi, kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, zaifroq chiqib 
turgan yonog‗i va jag‗i, kambar burni, ingichka yoki o‗rtacha qalinlikdagi lablari 
bilan ajralib turadi. Yevropeoidlar asosan sochi va ko‗zining rangi bo‗yicha ikkita 
yirik – shimoliy va janubiy guruhlarga bo‗linadi. Shimoliy tarmog‗i shimoliy 
Yevropani egallaydi. Janubiy tarmog‗i Yevropaning janubi, shimoliy Afrika, Old 
Osiyo va Shimoliy Hindistondir. Bular o‗rtasidagi farq odamlarning bo‗yi, ko‗zi, 
sochi va tyerisining rangida. Shimoliy tarmog‗idagilarning bo‗yi baland, rangi 
tiniq, qirra burun bo‗lsa, janubidagilar o‗rta bo‗y, to‗q rang va to‗g‗ri sochi, 
qoracha ya‘ni, bug‗doy mag‗iz tyerisi bilan ajraladi. 
Shimoliy guruhga tyerisi kam pigmentlashadigan Skandinaviya va unga 
qo‗shni hududlardagi xalqlar, bug‗doyrang tyeri, qorasoch, qo‗y ko‗z xaraktyerli 
bo‗lgan janubiy guruhga – Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Markaziy va 
Janubiy Osiyo xalqlari kiradi. Yevropaning katta qismi oraliq mintaqada bo‗lib, 
undagi xalqlar Yevropeoid irqining na shimoliy, na janubiy guruhiga mansub 
emas. Shimoliy va janubiy yevropeoidlar hamda oraliq guruhlar kishilarning bo‗yi, 
sochi va ko‗zining rangi, bosh shakli bo‗yicha ko‗plab kichik irqlarga ajratiladi. 
Shimoliy guruh tarkibida – atlantika-boltiq va belomor-boltiq irqlari, oraliq 
formalar tarkibida – alp, o‗rta Yevropa, Sharqiy Yevropa irqlari, janubiy guruh 
tarkibida – o‗rtayer dengizi, hind-afg‗on, adriatika (dinar), old osiyo (armenoid), 
pomir-farg‗ona irqlarini kiritish mumkin. 
Mongoloid irqi ham yevropeoid irqi singari ikki tarmoqqa bo‗linadi: 
Shimoliy va Sharqiy. Shimoliy mongoloidlarga mo‗g‗illar, tungus-manchjur 


157 
xalqlari kirsa, Sharqiy mongoloidga koreyslar, Shimoliy xitoylar kiradi. Negroid 
irqi asosan Afrikada keng tarqalganligi ayon, biroq ma‘lum bir jihatdan ular AQSH 
va Karib havzasida ham uchraydi. Bu irqlar o‗rtasidagi farq unchalik katta emas. 
Janubi-Sharqiy Osiy, Avstraliya va Okeaniyada negroid irqiga o‗xshash odamlar 
yashaydi. Ammo ular ba‘zi belgilariga ko‗ra negroidlardan keskin farq qiladi. Shu 
boisdan, olimlar bularni to‗rtinchi - avstraloid irqi, deb atashmoqda. Dunyo 
aholisining 70 foizini asosan uch irq vakillari tashkil qiladi (yevropyeoidlar-43,6, 
mongoloidlar-19,1, negroidlar 6,6 foiz) qolgan 30 foizi aralash va boshqa oraliq 
irqlarga to‗g‗ri keladi
1
.
Mongoloidlar uchun to‗g‗ri qattiq qora sochlar, zaif rivojlangan uchlamchi 
jun qoplami, sariq tusli tyeri, qisiq ko‗z, keng yuz, kuchli chiqib turgan yonoq 
suyagi, past qansharli ingichka yoki o‗rtacha kenglikdagi burun, ko‗z qovog‗ining 
yuqori qismini ajin qoplashi xaraktyerlidir. Kelib chiqishi va ko‗pgina belgilari 
bo‗yicha ularga Amerika hindulari yaqin, biroq, hindularda umumiy mongoloid 
qiyofa yo‗qolib ketgan, epikantus kam uchraydi, burni cho‗zinchoq. Osiyo 
mongoloidlari ikki, ya‘ni matyerik va tinch okeani guruhlariga ajratiladi. Matyerik 
mongoloidlari tinch okeani guruhidan pigmentasiyaning sustligi, skelet 
massasining kattaligi, keng yuzi va boshqa belgilar bilan ajralib turadi. 
Mongoloidlar orasida matyerik va tinch okeani guruhlari xususiyatlarini o‗zida 
birlashtirgan hamda o‗ziga xos belgilarga ega arktika guruhi (masalan, burnining 
juda torligi) alohida o‗rin egallaydi. 
Tinch okeani guruhidan janubda malayya irqi, deb ataluvchi, biroq 
avstraloidlarning juda ko‗p belgilari (to‗lqinsimon sochlar, anchagina qora tyeri, 
qalin lab, nisbatan keng burun va h.k.) uchraydigan mongoloidlarning janubiy 
guruhiga mansub xalqlar yashaydi. Ular avstraloid irqining turli guruhlari bilan 
qorishishlari tufayli, hozirda mongoloid irqi tarkibiga kiritilmay, mongoloid katta 
irqining Osiyo tarmog‗i va avstraloid irqi o‗rtasidagi oraliq va aralash irqiy 
formalar, deb hisoblanmoqda. Ta‘kidlash joizki, boshqa yirik irqlarga hamda 
1
Брук С.И. Население мира: Этнодемографический спровочник.- М., 1981., с.113. 


158 
ularning oraliq va aralash formalariga nisbatan tinch okean va janubiy 
mongoloidlar orasidagi chegara to‗liq aniqlanmagan.
Avstraloidlar tyerisining to‗q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan 
yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‗lqinsimon sochlari 
(avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami 
(avstraliyaliklar), ba‘zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi. 
Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‗laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari 
(Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar hamda 
negritoslar va aynlar) o‗z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari 
pigmentasiya bo‗yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami 
rivojlanishi bo‗yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar 
yaqqol namoyon bo‗lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga 
o‗xshash jingalak.
Avstraloidlarga o‗xshash umumiy jihatlari ko‗p bo‗lgan veddoidlar 
o‗zlarining past bo‗yi, yuz tyerisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh ustidagi 
suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‗yli va jingalak 
sochli negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‗liq 
bo‗lsalarda, o‗zlarining tashqi ko‗rinishi bo‗yicha ulardan keskin farqlanadi. 
Ularda deyarli barcha katta irqlarning ma‘lum xususiyatlari o‗z aksini topgan 
(yevropeoidlardan – yorqin rangli tyeri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun 
qoplami, avstraloidlardan – keng burun va nishab peshona hamda mongoloidlardan 
–epikantusning mavjudligi). Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga 
mansub belgilari bo‗lgan Madagaskar, Gavayi, Polinyeziya va Mikronyeziya 
aholisining aralash irqiy tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida 
ajratiladi. 
Turli irqiy guruhlarga mansub yuqorida ko‗rsatilgan tashqi farqlardan 
tashqari, ularda fiziologik va biokimyoviy jihatdan tafovutlar ham mavjud. 
Jumladan, turli irqlar qon guruhi, tishlarining joylashuvi, ta‘m bilishi, oqsil 
zardobi, rang turlarini ajratishi (daltonizm) va h.k. xususiyatlar bilan ham bir-
biridan farqlanadilar. 


159 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish