Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
Bog'liq
30 11

janubiy sibir
(ularda mongoloid 
irqining belgilari yaqqolroq namoyon bo‗lgan) hamda turkmanlar, o‗zbeklar va 
qisman tojiklar uchun xaraktyerli bo‗lgan
o„rta osiyo 
(ularda mongoloid irqiga 
mansub belgilar juda kam seziladi) tipi shakllandi. Sibirga dastlab ko‗chib kelgan 
ruslar mahalliy aholi bilan aralashib, nafaqat, etnomadaniyati, shu bilan birga irqiy 
jihatdan farqlanuvchi, o‗ziga xos, kamsonli guruhni tashkil qildilar (kamchadallar, 
yasashlar va h.k.).
Yevropa aholisi deyarli to‗liq (Afrika, Janubiy Osiyo va Hindistondan yaqin 
o‗tmishda kelgan muhojirlar bundan mustasno) yevropeoid irqiga tegishli. 
Qit‘aning chekka shimol va janub mintaqalari aholisi irqiy tiplari bo‗yicha o‗zaro 
keskin farqlanadilar; bir tomonda, baland bo‗yli, sariq soch, ko‗kko‗z norveglar 
(shimoliy yevropeoidlar), va ikkinchi tomonda, nisbatan past bo‗yli, qorasoch, 
qo‗y ko‗z italyanlar (janubiy yevropeoidlar) o‗rtasida o‗xshash belgilar kamligini 
payqash mumkin. Shu bilan birga, Yevropada irqiy belgilar shu darajada sekin 
o‗zgaradiki, kichik irqlar o‗rtasidagi aniq chegarani belgilash mumkin emas. 
Shartli ravishda Skandinaviya mamlakatlari, Islandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, 
Nidyerlandiya va Germaniyada shimoliy yevropeoidlarning atlantika-boltiq irqiy 
tipi tarqalgan, deb qabul qilingan.
Pireney yarim oroli, janubiy-g‗arbiy Fransiya, janubiy va markaziy Italiya, 
janubiy Gretsiya, O‗rta Yer dengizi orollari aholisi janubiy yevropeoidlarning o‗rta 
yer dengizi irqiy tipiga, sobiq Yugoslaviya, shimoliy Gretsiya, Bolgariya, shimoliy 
Italiya va janubiy Avstriya – dikar irqiy tipiga mansub. Yevropaning boshqa 
aholisini irqiy jihatdan ajratish murakkab bo‗lib, ―oraliq va o‗rta Yevropa 
formalari‖, deb ataluvchi mavhum tushuncha ostida birlashgan guruh tarkibiga 


162 
kiritadilar. Umuman mintaqa aholisining 17 foizi shimoliy va 32 foizi janubiy 
yevropeoidlarga, yarmidan ko‗prog‗i oraliq va o‗rta Yevropa formalariga taalluqli. 
Osiyo aholisi antropologik jihatdan nihoyatda murakkab bo‗lib, bu yerda 
barcha katta 4 irqning ko‗pchilik guruhlari tarqalgan. Janubiy yevropeoidlar jami 
aholining 29 foizini tashkil etib, ular Old Osiyo va Shimoliy Hindistondagi Old 
Osiyo, Hind-Afg‗on, Pomir-Farg‗ona irqiy tiplari vakillaridan iborat. Mongoloidlar 
(taxminan 31 % aholi) 
shimoliy
yoki
matyerik
(mo‗g‗ullar, tungus-manchjuriya 
xalqlari) va s
harqiy
yoki 
tinch okean
(koreyslar, shimoliy xitoylar) guruhlariga 
ajratiladi. Mongoloidlarga mongoloid va avstraloid irqlari o‗rtasidagi aralash va 
oraliq formalar uzviy bog‗liqdir. Ushbu formalarga quyidagilar tegishli: janubiy 
Osiyo tipi yoki janubiy mongoloidlar guruhi (25% aholi) – Janubiy xitoylar, 
Indoneziyaliklar, Filippinliklar, Hindixitoy xalqlari; ayrim ayn elementlari 
uchraydigan yapon tipi (5% aholi), va Sharqiy Indoneziya tipi (Molukki orollari 
aholisi). 
Osiyoda avstraloid irqi vakillari juda kam (0,4% aholi), biroq ular ko‗plab 
hududlarda tarqalgan. Veddoid tipi Shri-Lankadagi veddlardan tashqari, dravid va 
munda xalqlarining ayrim guruhlari hamda hind ariy til guruhiga mansub bxillar; 
papuas-melaneziya tipi – Sharqiy Indoneziya xalqlari orasida; negritoslar – 
Filippin aluetlari, Malayziya semanglari, Hindistondagi andamanliklar; ayn tipi – 
Yaponiyadagi ayn xalqlari orasida uchraydi. Yevropeoidlar janubiy tarmog‗i va 
veddoidlarning qadimiy aloqalari hududida Janubiy Hindiston tipi (10% aholi) 
shakllangan. Uning asosiy vakillari bo‗lib, dravid til oilasiga mansub Janubiy 
Hindiston xalqlari hisoblanadi.
Afrikaning 54,1 % aholisi Sudan, matyerigining markaziy va janubiy 
qismlarini egallagan negroid katta irqiga mansub. Turli hududlardagi negrlar irqiy 
belgilar bo‗yicha o‗zaro katta tafovut qiladilar – tyerisining rangi to‗q qoradan 
jigarranggacha turlanadi, lab qalinligi, burun kengligi hamda bo‗y balandligi 
bo‗yicha o‗zaro farqlanadilar, biroq barchasining sochi bir xilda jingalak. 
Agar negrilley va gotentotlarning bushmenlar bilan alohida ajralib turadigan 
morfologik jihatlari, sudanliklar va nilotlarning baland bo‗yi va tyerisining 


163 
qoraligi, Kongo daryosi havzasi negrlarining uzun boshli va barvasta ekanligi 
hisobga olinmasa negroidlarni turli irqiy tiplarga ajratish masalasi hali oxiriga 
yetmagan. Kongo daryosi tropik o‗rmonlarida yashovchi negrilleylar uchun 
pakanalik (bo‗yi 150 sm dan past), yupqa lab, yuz va tananing jun bilan kuchli 
qoplanganligi, boshqa negroidlarga nisbatan tana rangining ochligi xosdir. Janubi-
g‗arbiy Afrika cho‗llarida yashovchi bushmenlar va gottentotlar boshqa 
negroidlardan tyerisining och rangi, past bo‗ylari (150-160 sm), epikantusning 
mavjudligi bilan ajralib turadi va bu narsa ularni mongoloidlar bilan 
yaqinlashtiradi.
Afrika aholisining ¼ qismini tashkil etuvchi janubiy yevropeoidlar matyerik 
shimolidan to Sahroi Kabirgacha tarqalgan bo‗lib, tarkibi asosan arablar va 
barbarlardan iborat. Afrika janubida 10 mln. ga yaqin G‗arbiy Yevropadan chiqqan 
kishilar avlodlari yashaydilar va ular antropologik jihatdan yevropeoid irqining 
oraliq formalariga va uning shimoliy tarmog‗iga mansubdirlar. Afrika aholisi irqiy 
aralashuvi asosan negroidlar va yevropeoidlar o‗rtasida yuzaga kelgan. Ular 
orasidagi qadimiy aloqalar zonasida efiop tipi shakllangan. Burun shakli va yuz 
tuzilishiga ko‗ra efioplar arablardan deyarli farq qilmaydilar, biroq ular tyerisining 
rangi xuddi negrlar kabi qora.
Afrika g‗arbida fulbe xalqlaridan iborat, negroidlar va yevropeoidlar irqiy 
belgilarini o‗zida aks ettiruvchi G‗arbiy Sudan oraliq tipi tashkil topgan. Arablar 
bosqini va islom dinining tarqalishi natijasida janubiy yevropeoidlarning arab tilida 
so‗zlashuvchi ma‘lum aholisi Afrikaning ichki qismlariga kirib keldilar. Bu esa o‗z 
navbatida, Sudan oraliq tipi shakllanishiga olib keldi. Madagaskarda Janubi-
Sharqiy Osiyodan ko‗chib kelgan janubiy mongoloidlar bilan tubjoy aholisining 
qorishishi oqibatida, mongoloid va negroid irqiy belgilarini namoyon etuvchi 
malagas oraliq tipi vujudga keldi.
Amerika xalqining irqiy tarkibi nihoyatda rang-barang bo‗lib, bu yerdagi 
aholi shakllanishida insoniyatning barcha uch irqi vakillari ishtirok etgan. Yerli 
aholi – hindular va eskimoslar – Meksika yassi tog‗larida, And tog‗larida, Janubiy 
Amerikaning ichki o‗lkalarida va Arktikaning ayrim hududlarida jamoa-jamoa 


164 
bo‗lib saqlanib qolganlar. Boshqa hamma joylarda yo irqiy jihatdan aralash aholi 
yoki keyin ko‗chib kelganlar – yevropeoidlar va negroidlar – avlodlari ko‗pchilikni 
tashkil etadi. Yerli aholi mongoloid irqining har xil tiplariga mansub. 
Hozirgi paytda Amerikada yevropeoidlar boshqa irq vakillariga nisbatan keng 
tarqalgan. AQSH va Kanada aholisining 90 foizi, Lotin Amerikasi aholisining 25 
foizi ularga mansub. Shimoliy Amerikaga, uning janubiy qismidan tashqari, asosan 
yevropeoidlarning shimoliy va oraliq guruhlari (Buyuk Britaniya, Skandinaviya, 
Germaniya aholisi) vakillari ko‗chib keldilar. Biroq antropologik tip chyegaralari 
o‗rtasidagi aralashuv jarayonida bu farqlar Yevropadagidan ko‗ra ham kamayib 
ketdi. Natijada, oraliq irqiy formalar hozirda ko‗pchilikni tashkil etadi. Lotin 
Amerikasida ispanlar, portugallar va italyanlarning avlodlaridan iborat asosan 
janubiy yevropeoidlar o‗rnashgan. Lotin Amerikasidagi ko‗pchilik yevropeoidlarda 
ma‘lum darajada hind yoki negr qoni alomatlari seziladi. 
Hind va Yevropa nikohlari aralashuvidan hosil bo‗lgan avlodlar – metislar 
Amerika irqiy guruhlari orasida ikkinchi o‗rinni egallaydi. Meksika, ko‗pgina 
Markaziy Amerika davlatlari, Venesuela, Chili, Paragvay kabi Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida ular aholining asosiy qismini tashkil etadi. Yevropa va Afrika 
aholisi qorishishi natijasida paydo bo‗lgan mulatlar soni nisbatan kam bo‗lib, ular 
tarkibiga AQSHliklarning bir qismi, Braziliya, Kuba, Venesuela aholisi, Vest-
Indiya xalqlari kiradi. Ba‘zi hollarda metislar va mulatlarni o‗zaro ajratish qiyin. 
Umuman aholi tarkibida aralash irqiy tiplar salmog‗i tinimsiz oshib bormoqda. 
Amerikada negroid irqiga aralashmagan (yoki kam aralashgan) Afrikadan 
keltirilgan negr-qullarning avlodlari kiradi. Yirik negroid guruhlari Braziliya va 
AQSHda yashaydilar hamda Gaiti, Yamayka va boshqa Vest-Indiya 
mamlakatlarining asosiy aholisini tashkil etadi. Umuman Amerikada yevropeoidlar 
jami aholining 53 foizini, metis va mulatlar – 34 foizni, negrlar – 7 foizni va 
mongoloid hindular 6 foizni tashkil etadi.
Avstraliya va Okeaniyada yevropaliklar kelgunga qadar aholining asosiy 
qismi avstraloid katta irqining ikki – avstraliya va papuas-melaneziya tiplariga 
mansub bo‗lgan. Okeaniyaning sharqi va shimolida – Polineziya va Mikroneziyada 


165 
oraliq irqiy tiplar keng tarqalgan. XVII asrda, asosan yevropaliklar va qisman 
osiyoliklar orasida boshlangan yalpi immigratsiya ushbu mintaqa aholisi irqiy 
tarkibini keskin o‗zgartirib yubordi. Avstraliya va Yangi Zelandiyada yevropeoid 
irqining asosan oraliq va qisman shimoliy tarmog‗iga mansub vakillari 
ko‗pchilikni tashkil etadi. Okeaniya aholisining yevropaliklar va osiyoliklar bilan 
qo‗shilishi Polineziya va Mikroneziyada hamda Fidji va Yangi Kaledoniyada metis 
guruhlari shakllanishiga olib keldi. Ko‗pgina Melaneziya orollarida va Yangi 
Gvineyada metislar kam. Umuman Avstraliya va Okeaniyada yevropeoidlar 
(asosan ularning oraliq tiplari) aholining 76 foizini, melaneziyaliklar va papuaslar 
16 foizini, polineziyaliklar va mikroneziyaliklar 4,5 foizini tashkil etadi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish