1.urug‘
a‘zolarining
bir biri bilan
qon
qarindoshlik
3.Ijtimoiy
hayotning
turmushning va
vujudga
kelayotgan
madaniyatning
birligi
2.urug‘a‘zola
ri xo‘jalik
faoliyatning
birligi
8.1-rasm. Urug`chilik turlari.
Ibtidoiy jamoa tuzumining parchalanish jarayonida ko‗pgina qabilalar
manfaatlarining umumiyligi ularni muayyan ittifoqlarga birlashishga olib keldi
169
(masalan, Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi, Meksikada uchta astek qabilalar
uyushmasi, Janubiy Afrikada zulus qabilalari Ittifoqi va h.k.). Bunday
ittifoqlarning shakllanishi qabilalar orasida xo‗jalik va madaniy aloqalarning
kuchayishiga, bu esa o‗z navbatida, qabilalarning asta-sekin qo‗shilib kyetishiga
olib keldi hamda ilgarigi qon-qarindoshlik aloqalari o‗rnini hududiy aloqalar
egallay boshladi. Shu yo‗l bilan yangi etnos tipi – kishilarning tili, hududi,
iqtisodiyoti va madaniyati o‗xshash bo‗lgan kishilar guruhi – elat shakllandi.
Dastlab quldorlik davrida qadimgi Misr, qadimgi ellen va boshqa shu kabi
elatlar shakllandi. Yevropada elatning shakllanish jarayoni asosan feodalizm
davriga kelib tugallandi (qadimgi rus, polyak, nemis va h.k.). Odatda kelib chiqishi
va tili yaqin bo‗lgan qabilalar o‗zaro birlashganlar (qadimgi rus – polyan, drevlyan,
vyatich va boshqa sharqiy slavyan qabilalari, polyak – pomoryan, vislyan,
mazovshan va boshqa slavyan qabilalari, nemis - saks, aleman va boshqa gyerman
qabilalari) yoki birining ikkinchisiga bosqin uyushtirishi natijasida turli tilda
so‗zlashadigan qabilalar qo‗shilib ketganlar (shimoliy fransuz va provansal elatlari
– gall qabilalari, rim kolonistlari, gyerman qabilalari, franklar, vestgotlar va
burgundlar va h.k.).
Elatlarning qo‗shilishi jarayonida hamda ularning ayrim qismlari orasidagi
iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida, ulardan birining tili
(odatda ko‗p sonli va nisbatan rivojlangani) umumiy tilga aylanadi, boshqa qabila
tillarining ahamiyati pasayib, sheva darajasiga tushadi yoki butunlay yo‗qolib
ketadi; muayyan hududiy, madaniy va xo‗jalik birligi shakllanadi. Biroq, bunday
birlik hali ancha (ayniqsa, iqtisodiy jihatdan) beqaror va bo‗sh edi. Iqtisodiy va
madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar asta-sekin millatlarga aylana bordi.
Elatlar uchun xos belgilar yangi sifat darajasiga ko‗tariladi: millat barqaror
hududiy, iqtisodiy va madaniy birlik bilan, umumiy til bilan ajralib turadi; va
nihoyat, qayd etilgan xususiyatlar natijasida, milliy xaraktyerning umumiy jihatlari
hamda milliy ong shakllanadi.
Odatda millat – nomi saqlanib qolgan elatning etnik rivojlanish mahsulidir.
Biroq, davlat chegaralaridagi o‗zgarishlar tufayli, ayrim elatlar negizida bir qancha
170
etnik birliklar yuzaga kelgan (masalan, portugallar va galisiyaliklar, nemislar va
avstriyaliklar va h.k.). Qadimgi rus elati rus, ukrain va belorus elatlarining umumiy
ildizi bo‗lib xizmat qildi. Keyinchalik, ularning har biri alohida millatga aylandilar.
Shunday holatlar uchraydiki, bitta millatning shakllanishida bir qancha elatlar
ishtirok etadi (masalan, indoneziya millati yavaliklar, sundlar, madurlar va boshqa
elatlardan, filippinlar – tagallar, visayyalar, iloklar va boshqalardan shakllangan).
Ko‗pgina mayda elatlar millatga aylanmasligi mumkin. Ular kamsonli
bo‗lganliklari tufayli, ayrim zamonaviy yo‗nalishlarni mahalliy kadrlar bilan
ta‘minlay olmasdan, taraqqiyotdan orqada qoldilar. Vaqt o‗tgach, bunday elatlar
boshqa ancha rivojlangan elat yoki millat bilan aloqaga kirishadilar, ularning
madaniyati va tilini o‗zlashtiradilar va asta-sekin ular bilan qo‗shilib ketadilar.
Ta‘kidlash joizki, etnoslarning uch bosqichli bo‗linishi (qabila – elat – millat)
yer sharidagi mavjud etnik umumiylik shakllarining barchasini o‗zida aks
ettirmaydi. Bunda ayniqsa, ko‗pchilik mamlakatlardagi mavjud oraliq guruhlar –
muhojirlarning birinchi, ikkinchi va undan keyingi avlodi, qisman asosiy millatga
assimilyasiyalashgan aholi vaziyatni murakkablashtiradi. Ular o‗z vatani va xalqi
bilan butunlay aloqasini uzmagan, ayni paytda, ularni qabul qilgan mamlakat
etnosiga yaxlit qo‗shilib ketmagan (masalan, AQSH va Kanadadagi nemislar,
shvedlar, italyanlar va boshqalar). Oraliq guruhlar ikki va undan ortiq xalq aloqa
qiladigan etnik chegaralar zonasida ham shakllanadi. Bunday guruhlarning o‗ziga
xos xususiyati – ikki xil milliy ongning yuzaga kelganligidir.
Kishilarning bir jamoasi bir vaqtning o‗zida bir necha etnik umumiyliklar
tarkibiga kirishi mumkin, va bu narsa ularning o‗ziga xos iyerarxiyasini yuzaga
keltiradi. Har qanday, hatto eng jips va konsolidatsiyalashgan xalqlarda ham asosiy
etnik tarkibdan farqlanuvchi xususiyatlarni o‗zida saqlab qolgan ayrim guruhlar
uchraydi. Etnografik, deb nomlanuvchi bunday guruhlar hududiy jihatdan millat
yoki elatning alohida qismini tashkil etadi, madaniyati va maishiy hayotida alohida
xususiyatlarni saqlab qoladi (ular o‗ziga xos shevada gaplashadilar, dini, kiyim-
kechak, urf-odatlari bo‗yicha boshqalardan farq qilishi mumkin).
171
Etnografik guruhlar odatda bir elat yoki millatning boshqa milliy guruhlar
bilan assimilyasiyalashuvi yoxud qabilaning elatga qo‗shilishi bilan, biroq ushbu
qabila o‗zining ayrim xususiyatlarini saqlab qolgan holda yuzaga keladi. Ko‗p
hollarda asosiy etnik guruhdan uzoq vaqt ajralib qolishi (migratsion jarayonlar
tufayli, davlat chegaralarining o‗zgarishi va h.k.) natijasida etnografik guruhlar
yuzaga keladi. Konfessional munosabatlar bilan farqlanadigan guruhlar ayniqsa,
ajralib turadilar (masalan, Hindistondagi panjoblik sikxlarni alohida xalq sifatida
ham e‘tirof etadilar).
Metaetnik umumiylik, deb nomlanadigan, bir necha xalqlar guruhlarini
qamrab oladigan birliklar ham mavjud. Ular etnogenetik jihatdan yaqin, o‗zini
anglash unsurlari o‗xshash, uzoq vaqt iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarda
bo‗lgan bir necha xalqlarni birlashtiradi. Bunday birliklarga nafaqat tili, balki
madaniyati va maishiy hayotida o‗xshashliklar bo‗lgan xalqlar, masalan,
slavyanlar, romanlar, mug‗ullar, turklar va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |