Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
30 11

tnodiniy
guruhlar shakllanishiga olib keladi. Bunday guruhlar jumlasiga kurdlar 
orasidagi yazidlar diniy guruhini, Suriya va Livan arablari orasida – druzlarni, 
misrliklar orasida – kopitlarni misol qilib keltirish mumkin. Buning ustiga, boshqa 
yo‗ldosh holatlar ham unga ta‘sir etsa diniy tafovut muhim etnotabaqalashuv omili 
bo‗lib xizmat qiladi.
Ayrim mamlakatlarda din kishilar hayotining ko‗pgina tomonlariga, ularning 
ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga, turmush tarziga va madaniyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Jahonning qaynoq nuqtalarida ro‗y berayotgan siyosiy voqealarni, agar u yerdagi 
diniy vaziyat hisobga olinmasa, tushunish qiyin.
XX asr 70-yillarida Hindiston diniy jihatdan ikki mustaqil davlatga bo‗lindi, 
va natijada Pokistondan ko‗pgina hindlar, Hindistondan esa musulmonlar ko‗chib 
ketdilar. Bunday migratsiya jarayonida yigirma milliondan ortiq kishi ishtirok etdi. 
Turli diniy guruhlarga mansub kishilar orasida Livan, Isroil, Filippin, Afg‗oniston, 
Syerbiya va boshqa joylarda to‗qnashuvlar sodir bo‗ldi. Avvalo, turli siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy sabablar natijasida kelib chiqqan bunday kelishmovchiliklarda 
diniy omil muhim rol o‗ynadi.
Din ko‗p mamlakatlar ichki siyosiy hayotiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi; hatto 
ularning ayrimlarida siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari diniy mansublik 


188 
tamoyili asosida tuzilgan. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
turli tarixiy voqealar va hozirda ro‗y berayotgan hodisalar hamda milliy 
munosabatlar mohiyatini tushunish uchun o‗sha mamlakat yoki mintaqa aholisi 
diniy tarkibiga e‘tibor qaratish zarur. Aholi diniy tarkibi bilan tanishishdan avval 
quyida dinlar tarixi haqida qisqacha ma‘lumot byerilgan:
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va dastlabki davlatlar yuzaga kelishi 
bilan ajdodlar ruhiga talpinish, dehqonchilik va chorvachilikka xos ibodatlar 
muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ruhlarning iyerarxiyasi paydo bo‗ldi, alohida 
tabaqa sifatida kohinlik ajralib chiqdi. Jamiyat sinfiy tabaqalashuvi shunda ham 
o‗z aksini topdiki, din oliy va quyi xudolarga (politeizm) bo‗lindi, keyinchalik bu 
jarayonlar yakkaxudolikni (monoteizm) keltirib chiqardi. 
Eramizdan avvalgi II mingyillikda hozirgacha saqlanib qolgan dinlar tashkil 
topdi. Eng qadimiy shunday dinlardan biri Old Osiyoda yuzaga kelgan iudaizm 
bo‗lib, u dastlab politeizmga asoslangan, keyinchalik monoteizmga o‗tgan. Er. avv. 
II ming yillik boshlarida shu mintaqada boshqa din – zoroastrizm (uning asosida 
dualizm – yaxshilik va yomonlik o‗rtasidagi kurash haqidagi tasavvur yotadi) 
rivojlana boshladi, eramizning XII asrida uning tarmoqlaridan biri – yazidizm 
paydo bo‗ldi.
Osiyoning boshqa hududlarida poliateistik dinlar shakllandi. Janubiy Osiyoda 
hukmron bo‗lgan kasta tuzumi orqali shuhrat qozongan braxmanizm va kasta 
tuzumini inkor qiluvchi jaynizm (er. avv. VI-V asrlar) shular jumlasidandir. Er. 
avv. VI-V asrlarda Xitoyda deyarli bir vaqtda ikki falsafiy-axloqiy ta‘limot – 
daosizm va konfutsiylik yuzaga keldi va keyinchalik ular alohida dinlarga aylandi. 
Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi davridan bu mamlakatda hukmron bo‗lgan 
ajdodlarni hurmatlash va tabiatga topinish asosida sintoizm vujudga keldi.
Jahon bo‗yicha xalqlar o‗rtasida o‗nlab dinlar tarqalgan bo‗lib, ular 
xususiyatlariga ko‗ra primitiv, milliy va dunyoviy dinlar guruhlariga bo‗linadi. 
Dastlabki shakllanish bosqichida kelayotgan primitiv dinlar urug‗ va qabilachilik 
holatida yashab kelayotgan kichik etnik xalqlari orasida tarqalgan. Milliy dinlar 
jahonning ba‘zi mamlakatlarida asosan bitta davlat doirasidagi mahalliy din 


189 
holatida 
yashab 
kelmoqda. 
Ularga
 
Hindistondagi 
induizm, 
Xitoydagi 
konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va boshqalar kiradi. 
Dunyoviy dinlarga jahonda eng keng tarqalgan va aholining siyosiy-ijtimoiy 
hayotida katta o‗rin tutuvchi Budda, Xiristian va Islom dinlari kiradi. Bu dinlar 
orasida Budda dini eng qadimiy din hisoblanadi.
Tropik Afrika negrlari, Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy-Sharqiy 
Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari orasida primitiv din ko‗rinishlari 
tarqalgan. Ular orasida fyetishizm (biron tabiat jismlarining alohida qismlariga 
e‘tiqod qilish) Tropik Afrikada, totemizm (biron hayvonga e‘tiqod qilish) 
Avstraliya aborigenlari, Amerika hindulari va Hindistonda shomonlik (o‗lganlar 
ruhining qayta tirilishi va tanlangan kishilarning ular bilan muloqot qila olishiga 
ishonish) shimol xalqlari orasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, animizm, 
ajdodlar ruhi madaniyati kabi primitiv dinlar ham bor. 
Mahalliy dinlardan induizm (6 -asrda paydo bo‗lgan) Hindistonda yuzaga 
kelgan. Bunda ular qayta tirilishga, insonlar orasida tabaqalanishning mavjud 
ekanligiga ishonishgan. Muqaddas kitobi-―Vedalar‖ hisoblanib, ―Maxabxarat‖ va 
―Ramayana‖ asarlarida ham bu din vakillari qarashlari aks etadi. Sikxizm (16 - 
asrda vujudga kelgan) Shimoliy Hindistonda induizm dinining bir yo‗nalishi 
sifatida paydo bo‗lgan. Ular tabaqalanishga qarshi bo‗lib, birinchi ustoz-Namak 
ta‘limotlarini qadrlashadilar. Konfusizm, iudaizm, sintoizm kabi ko‗rinishlari 
mavjud. 
Dunyoviy dinlar orasida buddizm dini e‘tiqod qiluvchilar soniga ko‗ra eng 
kam salmoqni tashkil etadi. Bu din Shimoliy Hindistonda eramizdan avvalgi 5-6 
asrlarda paydo bo‗lgan. Uning maxayana va xanayana oqimlari mavjud. Xristian 
dini eramizning 1 asrida Isroilda paydo bo‗lgan bo‗lib, eng ko‗p e‘tiqod 
qiluvchilarga ega. Bunga Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati va 
Buyuk geografik kashfiyotlar sabab bo‗lgan. Uning katolik, protestant va 
provaslav mazhablari mavjud. Islom dini eramizning 7 asrida Arabiston yarim 
orolida paydo bo‗lgan. Ushbu dinga e‘tiqod qiluvchilar soni tez o‗sib bormoqda. 


190 
Chunki, musulmon davlatlari dunyoda tug‗ilish darajasi yuqori bo‗lgan davlatlar 
qatoriga kiradi. Uning sunniy va shiya mazhablari bor.
Yer yuzi bo‗ylab juda katta hududlarda tarqalgan ayrim dinlar jahon dinlari 
nomini oldilar (odatda ularga buddizm, nasroniylik va islomni kiritadilar). 
Eramizning II ming yilligi boshlarida Old Osiyoda monoteistik din – nasroniylik 
yuzaga keldi. 1054 yilda u ikki: pravoslav va katolik yo‗nalishlariga ajraldi. XVI 
asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim papasi hokimiyatini inkor 
qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi) protestantizm ajralib chiqdi. 
Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (Eng yiriklari: anglikanlar, lyutyeranlik, 
kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko‗rinishida shakllandi va o‗z navbatida, ular ham 
mayda bo‗lakchalarga bo‗linib ketdi. Nasroniylik tarkibida yuqorida qayd etilgan 
uchta (pravoslav, katolik va protestant) asosiy tarmoqdan tashqari, yana ikkita 
nisbatan kam tarqalgan, v - asrda shakllanib, diniy marosimlari pravoslavlarga 
yaqin bo‗lgan monofizit va nestorian yo‗nalishlari mavjud.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish