Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   169
Bog'liq
30 11

DUNYOVIY 
DINLAR
BUDDIZM DINI –
dunyoviy dinlar 
orasida eng 
qadimiysi bo‘lib, 
eradan oldingi VI 
asrlarda SHimoliy 
Hindiston, O‘rta 
Osiyoning janubi 
xalqlari orasida 
yuzaga kelgan.
XRISTIANLIK 
DINI – e’tiqod 
qiluvchilar soniga 
ko‘ra birinchi 
o‘rinda turuvchi 
ushbu din 
eramizning I asrida 
YAqin SHarqda 
(Falastinda) yuzaga 
kelgan.
ISLOM-
dunyoviy dinlar 
orasida eng yoshi 
bo‗lib, VII asr 
boshlarida dastlab 
Arabiston yarim 
orolida yashovchi 
Quraysh qabilasi 
xalqlari orasida 
yuzaga kelgan. 
9.1-rasm. Dunyo dinlari. 
Boshqa monoteistik din – islom – VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi 
din oradan ko‗p o‗tmay uchta: sunniy, shiya va xorijiy yo‗nalishlariga ajralib ketdi. 
Sunniylik va shiyalik o‗rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va 
an‘analar bo‗yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar 
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shiyalar esa imomat
 
tarafdoridirlar. Diniy 


191 
marosimlar va an‘analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shiyalikda 
mavjud bo‗lgan ―Muta‖, ―Shaxsey-Vaxsey‖ va boshqa marosimlar yo‗q. Sunniylar 
Makka va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shiyalar Iroqdagi Karbalo 
va Najaf shaharlarini muqaddas, deb biladilar.
Sunniylar sunnani butunligicha etirof etadilar, shiyalar esa uning ba‘zi 
qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday tafovutlar juda ko‗p, shu 
bilan birga, malum o‗xshashliklar ham bor. Masalan, mahdiylik – zamona oxir 
bo‗lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to‗g‗ri yo‗lga etaklovchi) kelishi 
haqidagi diniy ta‘limot ikkala oqimda ham mavjud. Xorijiylar sunniylarga yaqin 
bo‗lib, ular o‗z izdoshlariga qattiq talablarni qo‗yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar, 
musiqa va raqsni ta‘qiqlaydilar va h.k. 
Alohida dinlarga e‘tiqod qiluvchilar soni haqidagi ma‘lumotlar birmuncha 
noaniq va ishonchsiz bo‗lishiga qaramasdan, har holda ular turli dinlarning ta‘sirini 
baholash imkonini beradi. Nasroniylarning umumiy soni dunyo bo‗yicha – 
taxminan 1,2 mlrd. dan ortiq bo‗lib, shundan katoliklar – 700 mln., protestantlar – 
400 mln. va pravoslavlar – 100 mln. kishi atrofida. Katoliklarning asosiy qismi 
Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko‗prog‗i) to‗plangan; Yevropada 
taxminan 200 mln.kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln. kishidan. Protestantlarning 
40 %i Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan qit‘aning shimoliy qismida), 
Afrika va Osiyoda mos ravishda 40 va 70 mln., Avstraliya va Okeaniyada – 
taxminan 20 mln. kishi. Pravoslavlar va boshqa sharqiy chyerkovlar izdoshlari 
Janubi-Sharqiy Yevropa, Rossiya va Shimoliy-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng 
tarqalgan.
Protestantlarning eng yirik guruhlaridan baptistlar – 75 mln., lyutyeranlar – 70 
mln., anglikanlar – 67 mln., reformatlar va presvityerianlar – 52 mln., metodistlar – 
43 mln., pyatidesyatniklar – 8 mln., Iegova guvohlari – 5 mln., «qutqarish 
armiyasi» izdoshlari – 5 mln., mormonlar – 4 mln., kongregasionalistlar – 3 mln., 
ettinchi kun adventistlari – 3 mln. kishini tashkil etadi. Sharqiy chyerkovlar 
vakillari orasida – taxminan 20 mln. monofizitlar va 100 ming. kishi 
nestorianlardan iborat. 


192 
Musulmonlar orasida tug‗ilishning yuqoriligi tufayli, keyingi yillarda ularning 
soni nasroniylardan oshib ketdi (1,5 mlrd. kishi atrofida). Ularning taxminan 90 
foizi sunniylar, 9,5 foiziga yaqini shiyalar va 0,5 foizi xorijiylardan iborat. Islomga 
e‘tiqod qiluvchilar asosan Shimoliy Afrika va Osiyoda (uning sharqiy qismi 
bundan mustasno) jamlangan.
Boshqa barcha dinlarning izdoshlari – asosan Osiyo aholisi. Induistlar 
taxminan 550 mln., buddistlar – 300 mln. (ular orasida maxayanistlar – 60% 
atrofida), konfutsiylar – 200 mln., sintoistlar – 100 mln., daosistlar – 30 mln., 
sikxlar – 15 mln., jaynlar – 4 mln., zoroastrizm tarafdorlari – 300 ming, yazidlar – 
100 ming kishiga teng. Iudaistlar 15 mln. kishi atrofida bo‗lib, ularning yarmidan 
ko‗prog‗i Amerika xalqlari hissasiga to‗g‗ri keladi. 
Afrika, Osiyo va Okeaniyada saqlanib qolgan mahalliy dinlarga sig‗inuvchilar 
sonini aniqlash ancha murakkab. Ularni hisoblashda muayyan dinga mansublik 
haqidagi ma‘lumot doim ham xaqiqatga to‗g‗ri kelmaydi. Bundan tashqari, mazkur 
mintaqalar aholisi statistik jihatdan ham yaxshi o‗rganilmagan. Nihoyatda 
taxminiy hisob-kitoblarga ko‗ra, mahalliy dinlarga sig‗inuvchilar soni dunyo 
bo‗yicha 100 mln. kishi atrofida. 
Aholi diniy tarkibi haqidagi ma‘lumotlarning noaniqligi tufayli, turli dinlarga 
sig‗inuvchilar soni bo‗yicha o‗sish dinamikasini belgilash ancha murakkab. 
Shunga qaramasdan, musulmonlar va induistlar sonining jadal o‗sishi, boshqa 
dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o‗sish sur‘atining esa pastligi yoki hatto kamayishi 
kuzatilmoqda. Buning sababi, induizm va islom hukmron bo‗lgan davlatlarda aholi 
orasida tug‗ilish sur‘atlarining yuqoriligi bilan bog‗liq. Bundan tashqari, islom 
Afrikada janubga, uning tropik qismiga tomon jadal siljimoqda, induizm esa 
Hindiston qabilalari orasida keng tarqalmoqda.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish