8.2. Yer sharidagi asosiy etnoslarning joylanish geografiyasi
Etnik integratsiyalashuv, ya‘ni turli etnoslarning yaqinlashuvi asosan
ko‗pmillatli davlatlarda sodir bo‗ladi. Bunday mamlakatlarda milliy muammolarni
hal etishning muhim sharti – xalqlarni madaniy va xo‗jalik jihatdan yaqinlashtirish
hisoblanadi. Bunday integratsiyalashuv etnik birliklar soni hamda ularning tiplari
bo‗yicha o‗zgarishlarga olib keladi. U yoki bu mamlakat aholisi milliy tarkibiga
tavsif berishda umumiy hududga, til va madaniyatga ega, tarixiy shakllangan
kishilar guruhini anglatuvchi ―xalq‖ tushunchasi keng qo‗llaniladi. Ba‘zi hollarda
174
bu tushuncha (Yevropa, Shimoliy Amerika mamlakatlari) millat va elatni, boshqa
holatlarda elat, o‗zaro yaqin qabilalar guruhi, hatto alohida qabilani (Afrika, Osiyo
va Okeaniyaning ayrim mamlakatlari) anglatadi.
Dunyo aholisining etnik tarkibi tinimsiz o‗zgarib turibdi; ba‘zan yangi etnik
birliklar paydo bo‗lmoqda. Biroq, umuman konsolidatsiya va assimilyasiya jahon
xalqlari umumiy sonining qisqarishiga olib keladi. Hatto, bir necha asr ilgari
millatlarning shakllanishi boshlangan Yevropada bir qancha etnoslar (gellar, frizlar
va boshqalar) asta-sekin yo‗q bo‗lib ketdilar. Afrika, Osiyo va Lotin
Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu jarayon jadal davom
etmoqda.
Xalqlarning joylashuvida ham o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Yer shari bo‗ylab
ko‗pchilik xalqlar kompakt bo‗lib yashaydilar. Milliy aralash aholi, avvalo etnik
chegaralar yoqasida joylashgan hududlar uchun xos bo‗lib, bunday aralashuv
o‗xshash tillarda so‗zlashadigan va madaniy-maishiy munosabati yaqin bo‗lgan
qo‗shni xalqlarda ayniqsa, kuchli bo‗ladi. Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish
darajasi yuksalib borgan sari, shunga mos holda, ularning milliy tarkibi ham
murakkablashib boradi. Jumladan, qishloq joylarga nisbatan shaharlar aholisining
milliy tarkibi xilma-xildir. Shahar qancha katta bo‗lsa, aholining milliy tarkibi
shuncha rang-barang bo‗ladi. Shahar aholisining milliy xilma-xilligi muhojirlarni
ko‗p qabul qiladigan mamlakatlar uchun xosdir, chunki yangi ko‗chib
kelganlarning asosiy qismi shaharlarda o‗rnashadilar.
AQSH Shahar aholisi milliy tarkibining tahlili bu holatni to‗la-to‗kis
tasdiqlaydi. Ushbu mamlakat shaharlarida assimilyasiyalashmagan muhojirlar
salmog‗i o‗rtacha mamlakat ko‗rsatkichiga nisbatan 2,5 barobar yuqori. Janubi-
Sharqiy Osiyo Shaharlarida tubjoy millatlarga mansub kishilardan tashqari,
aholining anchagina qismini xitoylar va hindlar tashkil qiladi; ular bu yerda savdo,
hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarishida band. Arab davlatlari va
Afg‗onistonda ham hindlar asosan Shaharlarda yashab, savdo va hunarmandchilik
bilan Shug‗ullanadilar.
175
Tojiklar, o‗zbeklar, turkmanlar va afg‗onlar keng tarqalgan Shimoliy
Afg‗oniston shaharlarida tojiklar ko‗pchilikni tashkil etadi. Afg‗onlar ko‗p
yashaydigan hududlardagi shaharlarda, jumladan Qobulda ham ular ulushi yuqori.
Xitoyning ko‗pchilik shaharlarida (kamsonli millatlar yashaydigan hududlarda
ham) xitoylar, qisman xuey va manchjurlar, faqat Sinszyan okrugi shaharlarida
uyg‗urlar, Tibet shaharlarida esa tibetliklar ko‗pchilikni tashkil qiladi. Umuman,
ko‗pmillatli davlatlarda nisbatan yirik yoki iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan
millatlarning vakillari shahar aholisining asosiy qismini tashkil etadi.
Qishloq joylardagi milliy aralashuv ikki yoqlama tavsif kasb yetishi mumkin.
Faqat ikki va undan ortiq xalq bitta aholi punktida yashaydigan bo‗lsagina, ularni
milliy jihatdan xaqiqiy aralash hudud, deb hisoblash mumkin (bu sohadagi eng
yaqqol misol – Malayziya bo‗lib, ularda eng kichik qishloqlargina bir millatlidir).
Odatda muayyan hududda ko‗plab xalqlar joylashgan bo‗lib, ularning har biri o‗z
qishloqlariga ega bo‗ladi.
Siyosiy chegaralar ko‗pincha milliy chegaralarga mos kelmaydi. Ehtimol,
millat shakllanishi bilan davlatning paydo bo‗lishi bilan bir vaqtda ro‗y bergan
G‗arbiy Yevropa hamda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun bu hodisa odatiy
holdir. Boshqa mintaqalardagi juda ko‗p xalqlar ikki va undan ortiq davlatlar
hududida yashaydilar hamda ularning orasi davlat chegaralari bilan ajratilgan. Bir
millatli davlatlar juda kam uchraydi (ayrim G‗arbiy Yevropa va Arabiston yarim
oroli mamlakatlari, Yaponiya, Koreya, Bangladesh). Ko‗pchilik dunyo
mamlakatlari ko‗pmillatli bo‗lib, ularning ba‘zilarida (Rossiya, Hindiston,
Indoneziya, Xitoy, Eron, Nigyeriya va b.) o‗nlab va hatto yuzlab xalqlar
yashaydilar. Xozirgi paytda migratsion jarayonlarning keng quloch yoyishi bois,
bir millatli mamlakatlarda ham hech bo‗lmasa kamsonli millatlarning kichikroq
guruhi uchraydi. Masalan, Yaponiyada XX asrning 20-40 yillarida ko‗chib borgan
koreyslarning avlodlari yashaydi va ularning soni taxminan 500-600 ming kishini
tashkil etadi.
Ta‘kidlash joizki, ―kamsonli millat‖ tushunchasi bir xil ma‘noni anglatmaydi.
Ko‗p hollarda ushbu tushuncha ostida yirik xalqning asosiy qismidan ajralib
176
qolgan kichikroq guruhi tushuniladi. Masalan, Turkiyadagi greklar, Italiyadagi
albanlar, Qirg‗izistondagi o‗zbeklar va h.k. Ba‘zi holatlarda ushbu tushuncha o‗z
davlatiga ega bo‗lmagan millatlarga nisbatan qo‗llaniladi (masalan, Ispaniya va
Fransiyada basklar, Fransiyada bretonliklar, Turkiya, Iroq va Suriyada kurdlar,
Xitoyda uyg‗urlar, Eron, Pokiston, Afg‗onistonda beludjilar va h.k.). Boz ustiga,
mazkur xalqlar o‗z etnik hududlarida ko‗pchilikni tashkil qiladi.
Aholi milliy tarkibini aniqlash murakkab jarayon bo‗lib, unga ko‗plab omillar
xalaqit beradi. Jumladan, hatto milliy tarkib bo‗yicha to‗liq statistik ma‘lumotlar
bo‗lgan taqdirda ham ko‗pchilik mamlakatlarda assimilyasiya va konsolidatsiya
jarayonlarining oxiriga etmaganligi tufayli milliy o‗zlikni anglash darajasi oraliq
bosqichda bo‗lgan kishilar guruhi aholining katta qismini tashkil qiladi.
Ta‘kidlash joizki, ko‗pchilik mamlakatlarda aholi ro‗yxatlari va uni hisobga
olishning boshqa shakllari bir taraflama bo‗ladi. Ayniqsa, Osiyo, Afrika va qisman
Lotin Amerikasining ichki hududlarida saqlanib qolgan mayda etnik birliklarni
(qabilalarni) ajratishda katta muammolar kelib chiqadi. Bunday qabila birliklari
orasida aniq chegaraning o‗zi yo‗q.
Do'stlaringiz bilan baham: |