Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169
Bog'liq
30 11

 
R = 
 
R – aholi takror barpo bo‗lishining brutto koeffitsienti ifodasi. 
– tug‗ilganlarning umumiy sonida qiz bolalar salmog‗i (0,488).
ayollar yosh guruhlar bo‗yicha tug‗ilish koeffitsienti yig‗indisi.
Aholi takror barpo bo‗lishining brutto koeffitsientida o‗lim hisobga olinmaydi.
Aholi takror barpo bo‗lishining netto koeffitsienti
. Bu koeffitsient, aholi 
takror barpo bo‗lishining sof koeffitsienti bo‗lib, u avlodlar almashinuv darajasini 
aniq ifodalaydi, chunki, bu ko‗rsatkichda tug‗ilgan qiz bolalarni onasining yoshiga 
etgunga qadar yashab borganlari hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda, aholi 
takror barpo bo‗lishining netto koeffitsientida o‗lim ehtimoli hisobga olinadi va 
netto koeffitsienti formulasi quyidagicha ifodalanadi. 
R
o
 = RL

R
o
– netto koeffitsienti ifodasi
R – brutto koeffitsienti 
L
x
– ona yoshigacha yashagan qizlar
1
Nemis statistic demografi R.Кuchinskiy tomonidan qo‗llanilgan.


124 
Agar R
o
>1 aholi soni muntazam ko‗payib boradi, R
o
<1 bo‗lsa esa aksincha 
kamayadi. 
Aholining takror barpo bo‗lishi jamiyat davomiyligini ta‘minlovchi asosiy 
jarayon bo‗lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga 
kelib yashaydi, balog‗at yoshiga etib, farzand ko‗radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy 
jarayon tufayli, jamiyatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo 
bo‗lavyeradi. Aholining takror barpo bo‗lishi jamiyatning mavjudligini, aholi 
sonini o‗sib borishini ta‘minlovchi jarayondir, lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy 
muhit bilan bog‗liq holda sodir bo‗ladi.
Insonlar o‗z hayotlari davomida boshqa insonlarni dunyoga kelishiga omil 
bo‗ladi. Aholining takror barpo bo‗lish jarayoni ijtimoiy muhit uchun ham muhim 
omil sanaladi. Ayni vaqtda, insonlar o‗z hayotlari uchun zarur narsalarni (oziq-
ovqat, turar-joy va kiyim-kechak va h.k.) yaratib, ishlab chiqarishni 
rivojlantiradilar. Bu jarayonda insonning bilim, ilm darajasi, malakasi, hayotga, 
uzoq umr ko‗rishga bo‗lgan intilishi, harakati kuchayib boradi. Demak, dunyoga 
kelgan inson jamiyatda yashashi bilan uning sifatiy xususiyatlari ham rivojlanadi.
Mutaxassislar aholi takror barpo bo‗lishini aholining uch asosiy: tabiiy, 
hududiy (migratsiya) va sotsial harakatlari yig‗indisi sifatida tahlil etadilar.
Aholining takror barpo bo‗lishida uning tabiiy harakati, ya‘ni tug‗ilish va 
o‗lim asosiy omil hisoblanadi. Tug‗ilishning yuqori bo‗lishi aholi takror barpo 
bo‗lishi jarayonini kuchaytiradi va aholi sonini ko‗payib borishiga olib keladi. 
Ilmiy tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, aholi takror barpo bo‗lishining asosi bo‗lgan 
tug‗ilish, shahar turmush tarzi ta‘sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq turmush 
tarzi ta‘siri tug‗ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib kelgan. 
Aholining shahardan qishloqqa yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi bevosita 
uning reproduktiv mayliga ta‘sir etib, tug‗ilishni kamayishi yoki ko‗tarilishiga olib 
keladi. Xuddi shunday aholining sotsial harakati uning ma‘lumotlilik darajasini 
oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida faoliyat ko‗rsatishi, tibbiy 
bilimlardan ko‗proq xabardor bo‗lishi, uning uzoq umr ko‗rishiga, nasl qoldirish-
farzandlar ko‗rishiga ham bevosita ta‘sir ko‗rsatadi.


125 
Insoniyatning paydo bo‗lishi va jamiyatning rivojlanishi davomida aholi 
takror barpo bo‗lishini boshqarish tizimida katta o‗zgarishlar kuzatilgan. Aholining 
takror barpo bo‗lishi, tug‗ilish va o‗lim jarayonlarini boshqarish orqali ma‘lum 
maqsadga yo‗naltiriladi. Aholining tabiiy harakati, aholi tabiiy o‗sishi 
ko‗rastkichlari orqali ifodalanadi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish