KAROLINA, Karolina orollari - Tinch okeanning g‘arbiy qismida, Mikroneziya tarkibidagi arxipelag. Arxipelag siyosiy jihatdan Mikroneziya Federativ shtatlari va Palau Respublikasi tarkibiga kiradi. Maydoni 1320 km ga yaqin. Arxipelagning barcha yirik orollari vulqon harakati natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ular marjon riflari bilan o‘ralgan. 1528- yilda ispan dengizchisi Alvaro de Saavedra (1529- yil vafot etgan) kashf qilgan. Arxipelag Ispaniya qiroli Karl II nomi bilan atalgan.
KARPENTARIYA – Avstraliyaning shimoliy sohilida, Arafur dengizida, Keyp- York va Arnemlend yarimorollari oralig‘ida joylashgan yirik qo‘ltiq. Maydoni 328 ming km . Qo‘ltiq quruqlik ichkarisiga 600 km kirib borgan. Karpentariya q o‘ltig‘ining nomi XVII asrda golland mustamlakalarining beshinchi general gubernatori Piter de Karpente (1586/1588 - 1659) nomiga qo‘yilgan.
KOSSYUSHKO - Avstraliyadagi eng baland cho‘qqi, Avstraliya Alp tog‘larida joylashgan. Balandligi 2228 m. Cho‘qqi kristall jinslardan tuzilgan bo‘lib, alp va subalp o‘simliklari, evkalipt o‘rmonlari bilan qoplangan. Unda 5 oy davomida qor saq- lanadi. Kossyushko cho‘qqisini polshalik sayyoh, geograf va geolog Pavel Endmund Stsheletskiy (1797 - 1873) aniqlab, uni polyak milliy ozodlik harakati arbobi, 1794- yildagi Polsha qo‘zg‘oloni rahbari Tadeush Kossyushko (1746 - 1817) nomi bilan atalgan. AQSHning Mustaqillik urushidagi ishtirokchisi, Polsha, AQSH, Litva va Belorussiyaning milliy qahramoni bo‘lgan. Cho‘qqini ilk bor kashf etgan Pavel Endmund Stsheletskiy nomi ham qator geografik obyektlarga qo‘yilgan. Jumladan, Avstraliyadagi cho‘llardan biri aynan Stsheletskiy deb ataladi.
KUK - Dunyo xaritasidagi 20 dan ortiq geografik obyektlar - bo‘g‘iz, qo‘ltiq, orollar: Yangi Zelandiyaning Shimoliy va Jananubiy orollari oralig‘idagi bo‘g‘iz, Tinch okeandagi Polineziya tarkibiga kiruvchi arxipelag, Alyaskaning janubiy sohillari yaqinidagi qo‘ltiq shular jumlasidan. Bu geografik obyektlarning barchasi ingliz dengizchi sayyohi Jeyms Kuk (1728 - 1779) nomi bilan ataladi. U 1768 - 1771- yillarda „Indevor“ kemasida dunyo aylana ekspeditsiyaga rahbarlik qilib, Plimut shahridan safarga chiqa- di. Ekspeditsiya Gorn burnini aylanib o‘tgach,
Taiti oroliga yetib borib, 1769- yilda uning shimoli g‘arbidagi yondosh orol- larni Jamiyat orollari degan umumiy nom bilan xaritaga tushirdi. 1769 - 1770- yillarda Yangi Zelandiya qirg‘oqlarini aylanib o‘tib, uning orollardan iborat ekanligini aniqladi. Katta To‘siq rifi va Avstraliyaning sharqiy sohillarini tadqiq qildi. Antarktida materigini topish va boshqa orollarni o‘rganish maqsadida uyushtirilgan dunyo aylana 2- sayohatida (1772 - 1775) Jeyms Kuk „Rezolyushen“ kemasida suzib 1773- yil tarixda ilk bor Janubiy qutbiy doirani (40° shq.u.) kesib o‘tdi va 66° 36' j.k. gacha yetib bordi. Ikkinchi sayohati davomida Tuamotu arxipelagidagi 2 atoll, Kuk orollari guruhidagi Palmerston oroli va Xervi atolli, Yangi Gebrid orollari, Yangi Kaledoniya va Norfolk orolini (1774), Atlantika okeani janubidagi Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollarini (1775) topib, yevropaliklarga ma’lum qildi.
LITRE - Shimoliy Muz okeanidagi cho‘kma. Chuqurligi 5449 m. Shimoliy Muz okeanidagi ushbu cho‘kma rus dengizchi sayyohi va geografi, Arktika tadqiqotchisi Fyodor Petrovich Lithe (1797 - 1882) sharafiga nomlangan. F.P.Litke graf (1866), admiral (1855), Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir (1829), faxriy a’zosi (1855) va prezidenti (1864) bo‘lgan. U 1817 - 1819- yillarda V.M.Golovnin rahbar- ligida dunyo aylana sayohatda ishtirok etgan. 1821 - 1824- yillarda Novaya Zemlya orollari sohillarini, Barens va Oq dengizlarni tadqiq etgan ekspeditsiyaga boshchilik qilgan. 1826 - 1829- yillarda dunyo aylana ekspeditsiyaga rahbarlik qilib, Bering dengizi sohillarini o‘rgangan. Karolina arxipelagidagi 12 ta orolni kashf qildi. Litke Rossiya Geografiya jamiyatiga 1845 - 1850 va 1857 - 1872- yillarda rahbarlik qilgan. Uning nomi bilan Novaya Zemlya orollaridagi burun, yarimorol, tog‘ va qo‘ltiq, Frans- Iosif Yeridagi orol ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |