Amundsen – Tinch okeandagi dengiz. Maydoni 98 ming km2 .
Eng chuqur joyi 585 m. Dengiz nomi norveg sayyohi va qutb tadqiqotchisi
Rual Amundsen (1872 – 1928) sharafiga shunday nomlangan. Sayyoh
birinchi marta 1903 – 1906- yillarda „Yoa― kemasida shimoli-g‘arbiy dengiz yo‘li orqali Grenlandiyadan Alyaskaga o‘tdi va Shimoliy
magnit qutbining o‘sha paytdagi aniq nuqtasini belgilab berdi.
Rual Amundsen 1911- yil „Fram― kemasida Antarktika2- ga ekspeditsiya uyushtirdi va
o‘sha yili 14- dekabrda tarixda birinchi bo‘lib Janubiy qutbga
yetib bordi. Janubiy qutbdan qaytishda Qirolicha Mod tizmasini kashf etdi.
Amundsen 1918 - 1920- yillarda „Mod“ kemasida Yevrosiyo sohillari bo‘ylab Shimoliy Muz okeanini suzib o‘tdi. U 1926- yilda amerikalik Linkoln Elsuort va italiyalik Umberto Nobile bilan Shpitsbergen - Shimoliy qutb - Alyaska yo‘nalishida „Novegiya“ dirijablida Alyaska ustidan uchib o‘tdi.
Amundsen halokatga uchragan Umberto Nobile ekspeditsiyasiga yordam ko‘rsatish uchun gidrosamolyotda uchib borayotganida 1928- yil 18- iyunda Barens dengizida halokat-ga uchrab, bedarak yo‘qolgan. Hozirgi kunda Sharqiy Antarktidadagi tog‘, Kanada yaqinidagi qo‘ltiq, Shimoliy Muz okeanidagi suvosti soyligi Amundsen nomi bilan ataladi.
ANJU - Novaya Sibir arxipelagining markaziy qismida joylashgan yirik orollari.
Maydoni 29 ming km ga yaqin. Orollar 1772 - 1773- yillarda Ivan Lyaxov va 1805- yilda Yakov Sannikovlar tomonidan kashf etilib, 1821 - 1823- yillarda Arktika1da tad- qiqot olib borgan ekspeditsiya rahbari, rossiyalik admiral Pyotr Fyodrovich Anju Pyotr Anju (1796 - 1869) sharafiga uning nomi beriladi
BALTIMOR - AQSHning Merilend shtatida, Atlantika okeanining Chesapik qo‘ltig‘i sohilidagi port shahar. Aholisi 2 mln 639 ming kishi (shahar atrofi bilan birga, 2013). Baltimor AQSHning muhim transport, savdo-moliya, sanoat va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Shaharga 1729- yilda asos solingan. Shahar nomi Potomak daryosi bo‘yida birinchi koloniya barpo ettirgan lord Jorj Kalvert Baltimor (1579 - 1632) sharafiga nomlangan.
BANKS - Kanada-Arktika arxipelagining janubi g‘arbidagi orol. Maydoni 70 ming km . Banks orolini dastlab 1820- yilda shimoliy qutb tadqiqotchisi Uilyam Parri aniqlagan. Parri orolni London Qirollik jamiyatining o‘sha vaqtdagi prezidenti Ser Jozef Banks (1743 - 1820) sharafiga uning nomi bilan atagan.
BERMUD - Atlantika okeanining g‘arbidagi bir gurnh (180 tacha) marjon orollar. Shimoliy Amerikadan 900 km sharqda joylashgan. Maydoni 53,2 km . Orollardan eng kattasi - Bermuda oroli so‘ngan suvosti vulqoni cho‘qqisidan iborat. Orollar ispan sayyohi Xuan Bermudes tomonidan 1503- yilda kashf etilgan. Shu boisdan orollar uning nomi bilan ataladi.
BISMARK - Tinch okeanda joylashgan, Papua-Yangi Gvineya tarkibidagi arxipelag. Ikkita yirik orol (Yangi Britaniya va Yangi Irlandiya) va bir necha mayda orollardan iborat.
Maydoni 50,5 km ga yaqin. Arxipelagni 1616- yilda gollandlar kashf etgan. 1884- yildan arxipelag Germaniya mustamlakasiga aylantiriladi. Orollar nemislarning mustamlakasi bo‘lgach, arxipelagga taniqli davlat arbobi, Germaniya imperiyasining birinchi reyxskansleri (1871 - 1890), diplomat, knyaz Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen Bismark (1815 - 1898) nomi beriladi. BRUKS - Alyaskadagi tog‘ tizmasi. Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Umumiy uzunligi 970 km. Bruks tizmasining o‘rtacha balandligi 2000 - 2500 m. Eng baland cho‘qqisi - Cheymberlin tog‘i (2749 m). Tizma (1925- yildan boshlab) 1898 - 1924- yillarda Alyaskadagi mineral resurslarini tadqiq qilgan AQSH Geologiya xizmati geologi Alfred Bruks (1871 - 1924) sharafiga uning nomi bilan ataladi.
DEJNYGV - Yevrosiyoning eng chekka sharqiy burni, nuqtasi. 66o04'45'' sh.k., 169o39'07'' sharqiy uzunlikda joylashgan. Ushbu joy mashhur rus sayyohi Semyon Ivanovich Dejnyov (1605 - 1673) sharafiga nomlangan. S.I.Dejnyov Dmitriy Gerasimovning shimoliy suv yo‘li mavjudligi haqidagi farazini birinchi bo‘lib isbotlagan. U 1638 - 1648- yillarda Sibirning chekka shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. Chukotka yarimorolini aylanib, quruqlikdan Kolima daryo- sining quyilish joyiga yetib borgan.
S.I.Dejnyov ilk bor 1648- yilda F.A.Popov bilan birgalikda kemada shimoliy suv yo‘li orqali Osiyoning eng chekka nuqtasiga yetib boradi va Osiyo bilan Amerika oralig‘ida bo‘g‘iz (Bering bo‘g‘izi) borligi hamda Shimoliy Muz okeani bilan Tinch okean tutashganligini isbotlaydi.
Bering bo‘g‘izidan quruqlikka o‘tib, Anadir daryosi bo‘ylab o‘lka tabiatini chuqur o‘rganadi va Anadir daryosi xaritasini chizdi. Hozirgi kunda Chukotkadagi tog‘ tizmasi, Bering dengizi g‘arbiy sohilidagi qo‘ltiq ham aynan Dejnyov sharafiga uning nomi bilan ataladi.
Dejnyov burnida S.I.Dejnyov xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning nomi bilan ataladigan mayoq qurilgan.
JEYMS - Gudzon qo‘ltig‘i janubidagi qo‘ltiq. Qo‘ltiqni 1610- yilda G.Gudzon kashf qilgan. Qo‘ltiq nomi 1631 - 1632- yillarda uni tadqiq qilgan ingliz dengizchisi Tomas Jeyms (1593 - 1632) nomi bilan atalgan.