Antropotoponimlar kelib chiqishi dunyo xaritasidagi



Download 34,72 Kb.
bet1/7
Sana27.06.2022
Hajmi34,72 Kb.
#709228
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DUNYO XARITASIDAGI.AHMADBEKOV


DUNYO XARITASIDAGI
ANTROPOTOPONIMLAR


REJA:


  1. ANTROPOTOPONIMLAR KELIB CHIQISHI

  2. DUNYO XARITASIDAGI
    ANTROPOTOPONIMLAR


  3. IZOHLI LUG‘ATI

Insoniyat tarixiy rivojlanishida bevosita tabiat bilan bog‘liq holatda shakllanib, tabiatda bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib, ularni o‘rganishgan. Tabiatda yuz berayotgan jarayonlarni mohiyatini o‘rganish bilan birga, ular ro‘y berayotgan joylarning ham geografik xususiyatlarini bilib borish- gan. Jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida insonlar o‘zlari yashab kel - gan hududlarni turli xil nomlar bilan atab kelishgan. Nomlar shu joyning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy holatini, madaniyatini o‘zida jo qilgan. Hozirda esa joy nomlari xaritadagi eng muhim axborot manbayi bo‘lib, biron mam- lakat, davlat yoki mintaqa tabiatining xususiyatlarini, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligini aks ettirmoqda. Ular inson va geografik obyekt ora- sidagi o‘ziga xos bog‘lovchi vazifasini o‘tashi bilan birga, obyektning yer yuzasidagi aniq manzilini ko‘rsatadi, juda ko‘plab qiziqarli va muhim ilmiy ma’lumotlar beradi.


Geografik joy nomlarini, ularning kelib chiqishi, ma’nosi, o‘zgarishi, talaffuz qilinishi va to‘g‘ri yozilishini toponimika fani o‘rganadi. Toponimika yunoncha „ topos “ - „joy“, „ onoma “ - „ nom “ degan ma’no- ni anglatadi. Yer sharidagi barcha geografik nomlar o‘sha joyning tabiiy sharoiti, tarixi, etnografik xususiyatlaridan dalolat berib turadi. Joy nom­lari geografiya fanining ajralmas qismi hisoblanadi. Geografiya fanining asosiy quroli - geografik xaritaga nazar tashlasak, juda ko‘plab, turli- tuman toponimlar (joy nomlari)ga ko‘zimiz tushadi. Geografik obyekt- larning nomlari ma’lum bir hudud va muayyan davrda, aniq bir tilda, biror tarixiy voqea, hodisa bilan bog‘liq bo‘ladi. Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar - keng hududlar, katta obyektlar (materiklar, okeanlar, tog‘lar, cho‘llar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabilar)ning atoqli otlari; mikro- toponimlar - kichik obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko‘chalar, qo‘rg‘onlar va shu kabilar)ning atoqli otlari. Toponimika fanining quyida- gi bo‘limlari ajratiladi: gidronimika - suv havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko‘l kabilarning nomlarini o‘rganuvchi soha; oykonimika - aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, ko‘cha, ovul, qo‘rg‘on nomlarini o‘rganuvchi soha; oronimika - yer yuza- sining relyef shakllari: tog‘, cho‘qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini o‘rganadigan soha; urbanonimika - shahar ichidagi har qanday obyektlar nomlarini o‘rganuvchi soha va h.k.
Kishilik jamiyatining rivojlanishi va kundalik ehtiyojlarining ortib borishi yangi hududlarni va tabiatning tarkibiy qismlarini o‘zlashtirishga olib kelib, bu o‘z navbatida joy nomlarinig ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Joy nomlari muayyan hududda ajralgan holda emas, balki o‘sha hudud bilan, u yerdagi tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Ularda mintaqalar tabiatining xususiyatlari, jamiyat hayotida asrlar davomida ro‘y bergan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy voqea- hodisalar, aholining kasb-hunarlari nomlari, unda qanday millat, elat, urug‘ vakillari yashagani yoki yashayotgani o‘z aksini topadi.

  • Jamiyatning rivojlanishi davomida turli qabila boshliqlari, buyuk davlat arboblari, sarkardalar, jamiyatning taniqli shaxslari, geograf- sayyohlar, ularning oila a’zolarining ismlari turli geografik obyektlarga qo‘yilgan. Shaxslarning ismi antroponimlar (antropo (yunoncha, antropos odam) - odamga aloqador ekanlikni bildiruvchi yasama so‘z tarkibiy qismi) deb atalib, kishilarni ismi, familiyasi, laqabi, taxallusidan nom ol- gan geografik obyekt nomlari antropotoponimlar yoki patronimlar deyi- ladi. Bunday joy nomlarida davlat rahbarlari, noma’lum o‘lkalarga borib yangi joylarni kashf etgan geograf sayyohlar, tadqiqotchi olimlar, ularning qilgan ishlari, yozilgan asarlari, ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari o‘z aksini topgan. Antropotoponimlarda ana shunday kishilarning nomlari mangu saqlanadi. Bularga dunyo xaritasidagi Amerika, Kuk, Bering, Magellan, Kolumb, Gudzon, Livingiston, Barens, Laptevlar, Bass, Beruniy, Navoiy, Vashington kabi nomlarni kiritish mumkin.

Bobokalon shoirimiz Yusuf Xos Hojib bundan salkam 1000 yil oldin

  • 1069- yilda yozgan „Qutadg‘u bilig“ dostonida insonlarning umri va undan qoladigan nom haqida shunday yozadi:

Tiriklikda ezguliklarni yig‘moq kerak. Ular keyinchalik yegulik va kiygulik bo ‘ladi. Kishilarning ezgusi bu haqda shunday degan:
- Bu nafas oluvchi, ya ’ni tirik jon, oxir-oqibatda o ‘ladi. Axir olamda tug'ilgan odamzodning biri ozroq, boshqa biri koproq yashaydi, so‘ng, baribir, vafot etadi. Lekin podshoning ham, oddiy odamning ham vofotidan keyin qoladigan narsasi - nomi bor“l.
Jahon ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan allomalar, olimlar, sayyohlarning, vatan ozodligi, mustaqilligi uchun kurashgan, kerak bo‘lsa jon fido qilgan millat qahramonlari, vatanparvar shaxslarning tarixdagi izini aks ettiruvchi, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirining yaqqol „in’ikosi“ - antropotoponimlardir.

Download 34,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish