Mavzu:O’lkamiz tarixini o’rganishda toponimika fanining tutgan
o’rni
Mavzu yuzasidan nazorat savollariga javob yozing.
1. Toponomik tushunchasi va uni moxiyati nimadan iborat?
Toponimika lotincha tildan olingan bo’lib topos- joy, onima- nom joy
nomini o’rganadigan fandir.Joy nomlari qanday kelib chiqqani haqida ma’lumot
beradi.
2. O`lkashunoslikda toponomikaning roli qanday?
Toponimika 2 obyektdan iborat bo’lib, makro va mikro toponimlardan
iborat bo’lib tog’lar, o’rmonlar, vodiylar hattoki, mahallalar, daralar, anhorlarni
o’rganmoqdalar. O’lkashunoslikda toponimikaning o’rni eng asosiy vazifalardan
biridir.
3. Xozirgi vaqtda toponomikaning yutuqlari nimalardan iborat?
Toponimikaning yutuqlari joy nomlarining so’z yasalishidanmi yoki biror
etnos nomidanmi antroponimmi hammasini aniqlab sharhlab bermoqda.
4. Nomsiz ob`ekt toponim bo`la oladimi?
O’zi aslida toponimikada joyning nomini o’rganilishi sababli nomsiz obyekt
toponim bo’la olmaydi.
5. Toponomikani o`rganish qanday ahamiyatga ega.
Muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 1917-yildan boshlab toponimika
o’lkashunoslikning asosiy manbalaridan biridir.
6. YAshash joylarini toponim joylarning nomini ma`nosini bilasizmi?
Mingbuloq- ko’p buloq, Buxoro(Vixara- ibodatxona), Chimkent- qo’rg’on,
Shahrisabz- yashil joy,
7. Toponimik materiallar yigishda qaysi fanlar muhim rol o`ynaydi?
Etnologiya, antropologiya, geografiya va boshqa fanlar.
8. O`rta Osiyo toponimlarini o`rganilishi tarixi xaqida ma`lumot bering.
V-VII asrlarda Choch, Shosh, Shoshkent, Binkent tarzida uchraydi. Xadra
Toshkentdagi Xadra maydoni bo’lib, chegara degan ma’noni anglatgan. Taxtapul
taxta- yog’och, pul- ko’prik ya’ni taxta ko’prik degan ma’noni anglatgan.
9. Toponimikani o`rganish qanday jarayonlarni o`z ichiga oladi?
1) toponimlarning paydo bo’lish tarixini o’rganish
2) toponimlarning geografiyaga oid ma’lumotlarni aniqlash
3) asosiy qidirilayotgan toponimlarning barcha nomlarini ilmiy asosda
alohida o’rganib ulardan to’g’ri xulosa chiqarishdir.
10. Tarix va geografiya o`qituvchilari toponimikani o`rganishda nimalarga
e`tibor berishlari kerak?
Joy nomlarining asosan nima ma’no anglatayotganini yoki urug’mi qabilami
antroponimligini aniqlash kerak.
11. Marg`ilon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
O’tzor, Maysazor degan ma’noni anlatadi.
12. Farg`ona shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
Xitoy manbalarida DaYuan katta shahar degan ma’noni anglatgan.
13. Qo`qon shaxri toponimikasi xaqida nimalarni bilasiz?
Go’zal, xushmanzara, shamol shahri degan ma’noni anglatadi.
14. O`zbek urug`lari nomlari bilan ataladigan joylarni aniqlang.
Qo’ng’irot, Naymay.
15. Oqtepa termini qaysi so`z bilan bevosita aloqador?
Toshkent dengiz sathidan 440-480 metr yuqorida joylashganligi sababli
Oqtepa kanal oqib o’tgan.
16. O`ingiz yashayotgan qishloq yoki rayon xududidagi toponimik nomlar
xaqida ma`lumot bering.
Qubbo (Quva) Qayqubod podsho nomidan kelib chiqqanligi xalq tilida
aytiladi.
17. Farg`ona vodiysidagi joy nomlari bilan bog`liq bo`lgan axoli
punktlariga misollar keltiring.
Farg’ona.
18. Mikrotoponimika deganda nimani tushunasiz?
Daralar, mahallalar, anhorlarning nomlarini.
17_50 GURUH TALABASI: Umarova Oydinoy