LIXTENSHTEYN, Lixtenshteyn Knyazligi - Markaziy Yevropa- dagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining o‘ng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160 km , aholisi 37,6 ming kishi (2016). Mamlakatning davlat tili - nemis tilidir. Poytaxti - Vadus shahri. Lixtenshteyn hududi rimliklar davrida Resiya viloyatiga kirgan (mil. avv. 15- yildan). Ilk o‘rta asrlarda Shvabiya gersogligining bir qismi, keyinchalik bu yerda Vadus grafligi (1342) va „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibidagi Shellenburg o‘lkasi tashkil topdi. 1699 - 1712- yillarda bu o‘lkani Avstriya knyazi Gans-Adam Lixtenshteyn sotib oldi va uning familyasi bilan ataldi. 1719- yil Vadus bilan Shellenberg birlashib, Lixtenshteyn knyazligi vujudga keldi. 1806- yildan Lixtenshteyn Reyn ittifoqi, 1815 - 1866- yillarda Germaniya ittifoqi tarkibida bo‘lgan Lixteshteyn 1921- yildan rasmiy jihatdan mustaqil davlat, amalda esa 1923- yilda tuzilgan bojxona ittifoqiga ko‘ra, Shveysariya ichki iqtisodiy mintaqasi hisoblanadi. Bugungi kunda knyazlikning chet ellardagi diplomatiya va konsullik manfaatlarini Shveysariya himoya qiladi.
LIVINGSTON - Kongo daryosidagi sharshara, Zambiyadagi shahar, Sharqiy Afrikadagi tog‘lar. Ushbu geografik obyektlar shotlandiyalik sayyoh David Livingston (1813 - 1873) nomi bilan bog‘liq. U Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Afrika materigini kesib o‘tishga muyassar bo‘lgan. D. Livingston 1841 - 1852- yillar davomida Kalaxari bechuanlari orasida yashab, o‘sha yerlarni o‘rgangan. 1849 - 1851- yillarda Ngami ko‘li atroflarini, 1851 - 1856- yillarda esa Zambezi daryosi butun oqimini deltasigacha o‘rgandi va Viktoriya sharsharasini kashf etdi. U sayohati davomida 1000 dan ortiq geografik obyektlarning joylashgan o‘rnini aniqladi.
MITCHELL - Appalachi tog‘ining eng baland cho‘qqisi, AQSHning Shimoliy Karolina shtatida. Dengiz sathidan balandligi 2037 m. 1835- yili Shimoliy Karolina universiteti professori Elisha Mitchell tog‘ atrofiga tashrif buyurib, atmosfera bosimini o‘lchaganidan so‘ng, u butun mintaqaning (Missisipi daryosidan sharqdagi hududlarni) eng baland nuqtasi shu yerda joylashgan degan xulosaga keldi. Keyinchalik, Mitchell 1838 va 1844- yillarda tog‘larga yana tashrif buyurib ilmiy ishlarini davom ettirdi. Cho‘qqiga 1858- yilda Elisha Mitchell sharafiga nom berildi.
POTANIN - Oltoy tog‘laridagi eng yirik vodiy muzligi. Mongoliya hududida joylashgan. Uzunligi taxminan 19 km, kengligi 2,5 km gacha,maydoni 50 km atrofida. Muzlikni 1905- yilda rus geografi V.V.Sapojnikov (1861 - 1924) tadqiq etgan va rus sayyohi, Sibir va Markaziy Osiyo tadqiqotchisi, etnograf va folklorshunos Grigoriy Nikolayevich Potanin (1835 - 1920) nomiga qo‘ygan.
G.N.Potanin 1876 - 1877 va 1879 - 1880- yillarda Mongoliyaning shimoli-g‘arbiy qismiga va Tuvaga, 1884 - 1886 va 1892 - 1893- yillarda Xitoyning shimoliga,
Tibetning sharqiga va Mongoliyaning markaziga va 1899- yilda Katta Xingan tog‘lariga ekspeditsiya qilgan. Bu ekspeditsiyalar natijasida o‘sha paytgacha yaxshi o‘rganilmagan Markaziy Osiyo to‘g‘risida keng geografik va etnografik ma’lumotlar to‘plagan. Hozirgi kunda muzlikdan Grigoriy Potanin tashqari Nanshan tizmalaridan biri ham Potanin (1835 - 1920) deb nomlanadi.
ROSS - Tinch okeanning Antarktidaning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida joylashgan chekka dengizi. Maydoni 440 ming km . Eng chuqur joyi 2972 m. Dengizning janubiy qismi Ross shelf muzligi (maydoni 500 ming km dan ortiq) bilan qoplangan. Dengizni 1841- yilda britaniyalik harbiy dengizchi, Qirollik geografiya jamiyatining a’zosi Jeyms Klark Ross (1800 - 1862) kashf qilgan. Shuningdek, u boshliq ingliz ekspeditsiyasi dengizning janubiy qismidagi shelf muzligini ham kashf qilgan va muzlik ham uning nomi bilan Ross deb nomlangan.
SEYSHEL - Hind okeanining g‘arbidagi orollar, Afrikadan 1600 km sharqda joylashgan. Seyshel orollari qadimdan arab va hind dengiz sayyohlariga ma’lum bo‘lgan. 1609- yil bu orollarga ingliz dengiz sayyoh- lari kelib tushgan. XVIII asr o‘rtalarida fransuzlar bosib olib, Fransiya moliya vaziri Jan Moro de Seshel nomi bilan atashgan. 1794- yil uni inglizlar egallab olgan. 1903- yilda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan. Seyshel va unga yaqin joylashgan orollarda Seyshel Orollari Respublikasi joylashgan.
IZOHLI LUG‘ATI
Do'stlaringiz bilan baham: |