1916-YILGI MILLIY OZODLIK HARAKATI TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA
Reja:
Mustaqillik yillarida 1916 yilgi milliy – ozodlik harakati haqida yangi izlanishlar.
“Bosmachilik harakati va uning mohiyati” haqida yangicha qarash va xulosalar.
Kurashning sabablari
Mustaqillik yillarida 1916 yilgi milliy – ozodlik harakati haqida yangi izlanishlar
Respublikamiz olimlarining matbuotdagi chiqishlari, davra suhbatlari, ilmiy anjuman, maqolalar va ilk risolalar nafaqat ilmiy jamoatchilikda, balki keng xalq ommasi, yosh avlod ongida bu tarixiy hodisa haqida to`g’ri bilimlarning shakllanishiga asos soddi. Biroq, bu borada, ya`ni 1916 yil qo`zg’olonini chuqur, haqqoniy tarixini batafsil, ilmiy asosda atroflicha yoritish borasida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar talaygina. Muammoning hali qator masalalari o`z echimini kutmoqtsa.
Bu masalalar quyidagilardan iborat:
— 1916 yil qo`zgolonining Samarqand va Farg’ona viloyatlari bo`yicha chuqur va atroflicha tahlili. Bu masalaga doir arxiv hujjatlari hali to`liq ilmiy iste`molga kiritilmagan.Samarqand viloyatidagi qo`zg’olon tarixini tiklashda, ayniqsa, Jizzax voqealari alohida e`tiborga molikdir.Jizzax shahrida boshlanib uning atrofidagi volostlarni qamrab olgan g’alayonlarning barcha tafsilotlari — temir yo`l bekatlariga hujum, temir yo`l shoxobchalarining ishdan chiqarilib o`lka markazi — Toshkent bilan aloqaning uzilishi, harbiy kuchlar yo`lining to`silishi, shahar tashqarisida mahalliy aholining to`planishi, hukumat qo`shinlari bilan to`qnashuvga tayyorgarlik, to`qnashuv va uning oqibatlari, qo`zg’olonchilarning shafqatsiz jazolanishi, qo`zg’olonning umumxalq xarakteri, ilgari surilgan maqsadlar, ya`ni Rossiyadan ajralish, mustaqil davlat tuzish kabi masalalar aniq ma`lumotlar asosida yoritilishi lozim. Bunda eng avvalo zamondoshlar xotiralariga alohida ahamiyat berilishi, arxiv hujjatlariga esa tanqidiy yondoshish zarur bo`ladi.
1916 yil qo`zg’olonining umumxalq xarakterini chuqurroq ochib berish. Arxiv manbalarida buni asoslab beruvchi ma`lumotlar etarli, biroq ular sovet davrida atayin e`tiborsiz qoldirilgan hamda qo`zg’olonda asosan kambag’allar ishtirok etgani ta`kidlangan. Masalaga bunday yondoshuv ushbu tarixiy hodisaning sinfiy talqini uchun zarur bo`lib, haqiqiy ahvolni buzib ko`rsatishga olib kelgan. Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha mahalliy ma`murlar — mingboshi, ellikboshi, qozi, oqsoqollar xalqni g’alayonga da`vat etganlar, ko`p hollarda hatto unga bevosita boshchilik ham qilganlar, buning uchun mustabid hukumat ularni og’ir jazolagani haqida arxiv hujjatlari ham dalolat beradi. Bunday ma`lumotlar g’alayonlarga mahalliy ma`murlarning bevosita aloqasi va ishtirokini, qo`zg’olonning umumxalq xarakterini ochib berishga xizmat qiladi.
1916 yil qo`zg’olonining milliy ozodlik yo`nalishini chuqur va atroflicha yoritib asoslash. Ma`lumki sovet adabiyotlarida bu masala kommunistik mafkura manfaatlari nuqtai nazaridan yoritilib, qo`zg’olon Rossiya imperializmining mustamlaka zulmiga qaratilgani ta`kidlangan va Rossiyaning o`lkadagi 1917 yildan keyingi hukmronligi go`yoki "adolatli sotsializm tuzumida mustamlakachilik zulmi yo`qligi" bilan oqlangan. Aslida esa Rossiya i mperiyasining merosxo`ri bo`lgan, mustamlakachilikning barcha asoratlarini saqlab qolgan va O`rta Osiyoda 1991 yilga qadar iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy hukmronligini o`tkazib kelgan, milliy davlatchilikka, til va madaniyat rivojiga yo`l bermagan sovet davlati uchun 1916 yil qo`zg’olonining Rossiya hukmronligiga qarshi qaratilganini e`tirof etish o`z oyog’iga bolta urish bilan barobar edi. SHu tufayli qo`zg’olon go`yoki faqat "rus imperializmi"ga, uning mustamlakachiligiga qarshi qaratilganligi ta`kidlandi, Rossiya hukmronligiga qarshi yo`nalishi yashirildi, bu esa tarixiy haqiqatning buzilishi, yuzaki baholanishiga olib keldi. Bu haqiqatni aniq ma`lumotlar asosida tiklab, asoslab berish muhim vazifalardan biridir.
1916 yil voqealari talqiniga va umuman, ijodiy izlanishlarga sinfiy qarashlar, kommunistik mafkura ta`siridan butkul tozalanib xalos bo`lgan holda,' umummilliy, umumxalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondoshmoq lozim. Ayrim tadqiqotchilar, hatto taniqli olimlar ham o`z ongida chuqur iz qoldirgan bu illatlar ta`siridan, iskanjasidan xalos bo`lolmay, hayotga, o`tmishga shu nuqtai nazardan yondoshmoqdalar. YUqorida qayd etilgan K. Usenbaevning 1996 yilda Qirg’izistonda qayta nashr etilgan asari buning yaqqol namunasi bo`lib, hatto mustaqillik davrida ham bu taniqli olimning qarashlarida mustabid tuzum mafkurasi mustahkam o`rnashib qolganini namoyon etadi. M uallifning 1967 yilda nashr etilgan kitobining to`g’ridan-to`g’ri qayta nashri bo`lgan bu asar 1916 yil qo`zg’oloni tarixini xuddi avvalgisi kabi kommunistik mafkura qolipida yoritgan. Hech bir mafkuraviy tazyiq bo`lmagan, xolisona, erkin fikr yuritish imkoni bo`lgan sharoitda masalaga bunday yondoshuv olimning o`sha mafkura quliga aylangani, yangicha mushohada yuritish qobiliyatiga ega emasligini namoyon etadi. Asardagi boy tarixiy faktlar hamda unda Ettisuvdagi "reaktsion" chiqishlar haqidagi rasmiy qarashlar asossizligini aniq ma`lumotlar bilan ochib berilgani muallifning yutug’i bo`lsa, ayrim yakuniy xulosalar, bol’shevikcha andoza asarning eng katta kamchiligidir. SHu o`rinda muallifning quyidagi xulosalarini qayd etib o`tish lozim. "Bu harakatning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, qo`zg’olonchilar podshoning mustamlaka zulmiga qarshi chiqib, milliy mustaqillik uchun kurashdilar, biroq ular Rossiyadan ajralish maqsadini mutlaqo ko`zlamadilar"Milliy mustaqillikka erishish uchun eng avvalo o`zga millat va mustabid davlat, ya`ni Rossiya hukmronligiga barham berilishi lozimligini taniqli tarixchi olimning mustaqillikning 6 yilida ham anglab eta olmagani, bu asar hozirgacha yosh avlodga Qirg’izistondagi 1916 yil voqealari haqida saboq beruvchi eng yirik, yagona asar ekanligi nihoyatda achinarli hol, albatta.
O`zbekiston va butun O`rta Osiyodagi 1916 yil qo`zg’oloni tarixiga doir yangi, haqqoniy, ilmiy asoslangan asar yaratish. Bunday asar O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston olimlarining hamkorligida yaratilishi lozim.
O`zbekistondagi 1916 yil qo`zoloni tarixiga bag’ishlangan manbalar t o`plamini nashr etish.1916 yil qo`zg’oloni haqidagi xalq og’zaki ijodi namunalarini to`plab nashr etish.Jahon tarixshunosligida, xususan turk, nemis, ingliz, frantsuz tillarida yaratilgan tadqiqotlarda 1916 yil qo`zg’oloni tarixi haqida bildirilgan fikr-mulohazalar bilan yaqindan tanishib, ularni xolisona baholash hamda vatan tarixshunosligidagi yangi qarashlar va ilmiy xulosalarni xorijiy tadqiqotchilarga etkazish, ular bilan fikr almashish, hamkorlikda asarlar yaratish.
1916 yil qo`zg’olonidagi milliy ziyolilar, xususan jadid taraqqiyparvari rolini to`g’ri va xolisona yoritib berish.— 1916 yil qo`zg’olonidagi ayollar rolini chuqur va atroflicha ko`rsatib berish. Hozirga qadar bu masalada asosan Sirdaryo viloyati bo`yicha ma`lumotlar aniqlanib, e`lon qilingan. Tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha Farg’onada ham ayollar xalq g’alayonlarida faol ishtirok etganlar.
Bu masalalarning haqqoniy, aniq tarixiy faktlarga asoslangan xolisona va ilmiy talqini 1916 yil qo`zg’oloni haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga, muammoning mavhum, munozarali yoki ilgari buzib ko`rsatilgan masalalarini oydinlashtirishga, bu muhim tarixiy hodisadan tegishli saboq chiqarib, mustaqillik uchun kurashda qon to`kkan ajdodlar xizmatini munosib baholashga imkon berishi shubhasiz.
“Bosmachilik harakati va uning mohiyati” haqida yangicha qarash va xulosalar
O`zR FA Tarix institutida ushbu muammo ustida bir necha yillar davomida izlanishlar olib borgan maxsus ilmiy jamoa rahbari, tarix fanlari doktori R.YO. Rajapova bu boradagi tadqiqotlarning dastlabki natijalari asosida qilingan ilmiy xulosalar bilan tanishtirdi. R.YO. Rajapovaning qayd etishicha, ushbu muammoga taalluqli hujjatlar, varaqalar, bayonotlar, harakat rahbarlarining murojaatnomalari, kurash ishtirokchilari, ularning qarindoshlarining xotiralari, milliy matbuot ma`lumotlari, muhojirlarning ko`rsatmalari, xorijiy adabiyotlar bilan tanishib, ularni tahlil etish natijasida tadqiqotchilar "bosmachilik harakati xalqqa qarshi bosqinchilik harakati emas, balki milliy ozodlik harakatidir" degan xulosaga kelganlar. R.YO. Rajapova Turkistonda "milliy ozodlik harakati bo`lmagan, chunki uning mafkurasi yaratilmagan edi", degan mazmundagi asossiz qarashlarni inkor etib, "o`lkada 1917 yil fevralidan 1917 yil oktyabrigacha bo`lgan davrdagi ijtimo-iysiyosiy vaziyatning tahlili, bu davrda sodir bo`lgan muhim siyosiy voqealar, ijtimopi siyosiy kuchlar faoliyati, ularning maqsadlari (jadidlar faoliyati, siyosiy partiyalar, ularning dastur va nizomlarining mazmuni, musulmonlarning Butun Turkiston qurultoyi va ularda qo`yilgan masalalar) milliy ozodlik harakati mafkurasi ishlab chiqilgan, degan xulosaga asos bo`lishi"ni qat’iy ishonch bilan ta`kidlaydi. Ilmiy jamoa tomonidan olib borilgan tadqiqotlar "bosmachilik" aslida milliy ozodlik harakati, ommaviy xalq harakati bo`lganini tasdiqlagan.
Ayni paytda uning davrlari quyidagicha aniqlashtirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |