Anotatsiya kirish mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi



Download 1,52 Mb.
bet9/27
Sana08.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#536303
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Disertatsiya-050618-Lotin.Tayyor

Farg‘ona aktinometrik stansiyasi Farg‘ona viloyati tabiiy-geografik okrugida, dengiz sathidan 578 m balandlikda joylashgan. Hududga madaniy landshaft xarakterli. Stansiya Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismi, Farg‘ona shahrining janubiy chekkasida joylashgan. Stansiya joylashgan hudud qir-adirlar bilan o‘ralgan. Bu yerda zich joylashgan sug‘orish tizimi tashkil etilgan. Shimoliy tarafdan 150 km masofada Chotqol tog‘ tizmasi, sharqda Farg‘ona tog‘ tizmasi, janub tomonda 50 km masofada Bitou va Kotrantau joylashgan. Sharq, janub, g‘arb va janubi g‘arb tomonda stansiyadan 2-5 km masofada tepaliklar mavjud. Stansiyadan 20 km janub tomonda qir-adirlar tog‘oldi hududiga ulanib ketadi. Shimol, shimoli g‘arb tomonda 2 km masofada Marg‘ilonsoy, shimol tomonda Janubiy Farg‘ona kanali, 20 km shimolda Katta Farg‘ona kanali oqib o‘tadi.
Meteorologik maydoncha paxta dalalariga yaqin bo‘lgan tekis hududda joylashgan. Eng yaqin binolar va daraxtzorlar 50-180 m masofada joylashgan. Ularning o‘rtacha balandligi 4-10 m ni tashkil etadi [20].
2-BOB. QUYOSH RADIATSIYASI, HAVO NAMLIGI VA
ULARNING XARAKTERISTIKALARI


2.1. Quyosh radiatsiyasi harakteristikalari
Quyosh nurlagan elektromagnit energiyasi quyosh radiatsiyasi yoki nurli energiya deb ataladi. Yer sirtiga yetib kelgan quyosh radiatsiyasining asosiy qismi issiqlikka aylanadi. Sayyoramiz uchun quyosh radiatsiyasi yagona energiya manbaidir [7, 8 va b.].
Harorati mutlaq noldan yuqori bo‘lgan barcha jismlar o‘zidan radiatsiya nurlaydi. Meteorologiyada nurlanayotgan jismning harorati va nurlanish qobiliyati bilan belgilanadigan haroratga bog‘liq radiatsiya ko‘riladi.
Jismning nurlanish qobiliyati deb birlik vaqt davomida birlik yuzadan (S=1 m2) barcha yo‘nalishlarda nurlanayotgan energiya miqdori tushuniladi. Bu kattalik nurli oqim yoki radiatsiya oqimi deb ham ataladi. SI tizimida uning o‘lchov birligi J/m2s yoki Vt/m2.
O‘z navbatida nurlanayotgan jism atrofdagi jismlardan kelayotgan energiyani yutadi. Jism va atrof-muhit orasida nurlangan va yutilgan energiya farqlari bilan belgilanadigan nurli issiqlik almashinuvi yuzaga keladi. Issiqlik muvozanatida issiqlik kelishi uning yo‘qotilishi bilan muvozanatda bo‘ladi. Yer shari nurli muvozanat holatida bo‘ladi, chunki u quyosh radiatsiyasini yutadi va nurlanishi orqali yo‘qotadi.
Radiatsiya nurlayotgan jism soviydi, ya’ni uning ichki energiyasi nurli energiyaga aylanadi. Radiatsiya yutilishida esa nurli energiya ichki energiya, keyinchalik esa energiyaning boshqa turlariga aylanadi.
To‘lqin uzunligidan qat’iy nazar kelayotgan radiatsiyani butunlay yutadigan jism mutlaq qora jism deb ataladi. Bu qonunlar bo‘yicha nurlanayotgan jismning harorati qancha baland bo‘lsa, u shuncha ko‘proq energiyani oladi (yutadi). Harorat ortishi bilan energiya maksimumi qisqa to‘lqinlar tomoniga suriladi.
Quyosh nurlanishi mutlaq qora jismning nurlanish qonunlari bilan tavsiflanadi, Yer nurlanishi esa bundan biroz farq qiladi.
Quyosh elektromagnit to‘lqinlarni keng diapazonda nurlaydi: gamma-nurlardan to radioto‘lqinlargacha. Meteorologiyada 0,1 mkm dan 4 mkm gacha to‘lqinlar diapazoniga to‘g‘ri keladigan Quyosh radiatsiyasi ko‘riladi, chunki bu to‘lqinlar diapazoniga Quyosh radiatsiyaning 99% energiyasi to‘g‘ri keladi. Bu to‘lqinlar diapazonidagi radiatsiya qisqa to‘lqinli radiatsiya deb ataladi. Quyosh radiatsiya energiyasining to‘lqinlar uzunligi bo‘yicha o‘zgarishi quyosh radiatsiyasi spektri deb nomlanadi (2.1-rasm).



2.1-rasm. Atmosferaga kirgunga
qadar quyosh radiatsiyasi spektridagi (1) va 6000 K haroratli mutlaq qora jism spektridagi (2) energiya
taqsimoti.
Spektr sohalari:
UB – ultrabinafsha,
K – ko‘rinuvchan, IQ – infraqizil.

Quyosh radiatsiyasi spektrini shartli ravishda bir necha qismlarga bo‘lish mumkin. 0,10,39 mkm to‘lqinlar diapazonidagi radiatsiya – ultrabinafsha radiatsiya deb nomlanadi. Bu diapazondagi radiatsiyaga quyosh radiatsiyaning 9% energiyasi to‘g‘ri keladi. Ko‘rinuvchan radiatsiya 0,40 dan 0,76 mkm gacha to‘lqinlar diapazonini egallaydi va bu diapazonga quyosh radiatsiyasining 47% energiyasi to‘g‘ri keladi. Infraqizil nurlanish (0,764 mkm) quyosh nurlanishining tahminan 44% ini tashkil qiladi.


Quyosh radiatsiya spektrining maksimumi tahminan 0,475 mkm to‘lqin uzunligiga, ya’ni ko‘rinuvchan radiatsiyaning ko‘k-havo rang ranglariga to‘g‘ri keladi. Tajribadan aniqlangan quyosh radiatsiyasi spektrini harorati tahminan 6000 K ga teng bo‘lgan mutlaq qora jismning Plank qonuni bo‘yicha hisoblangan nurlanish spektri bilan taqqoslash, ularning deyarli bir xilligini ko‘rsatadi (2.1-rasm). Spektrning ultrabinafsha radiatsiya diapazonida ba’zi farqlar ko‘zga tashlanadi. Bundan, qat’iy aytganda, Quyosh mutlaq qora jism emasligi haqida xulosa qilinadi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish