Anotatsiya kirish mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi


-BOB. O‘ZBEKISTONNING TABIIY-GEOGRAFIK JOYLASHUVI



Download 1,52 Mb.
bet5/27
Sana08.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#536303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Disertatsiya-050618-Lotin.Tayyor

1-BOB. O‘ZBEKISTONNING TABIIY-GEOGRAFIK JOYLASHUVI



    1. O‘zbekistonning tabiiy-geografik joylashuvi

O‘zbekiston Respublikasi shimoliy yarim sharda, Yevrosiyo materigining o‘rtasida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida, mo‘tadil va subtropik mintaqalarida, okeanlardan ancha uzoqda, janub va sharq tomonlaridan baland tog‘lar bilan o‘ralgan berk havzada joylashgan. Shuning uchun O‘zbekistonda u bilan bir xil kengliklarda joylashgan O‘rta dengiz bo‘yidagi subtropik sharoitga ega bo‘lgan mamlakatlardan katta farq qiladigan o‘ziga xos tabiiy sharoit tarkib topgan. O‘zbekiston hududi iliq Hind okeaniga yaqin tursa ham (2000 km) orada baland tog‘lar bo‘lgani uchun uning ta’siridan bahramand emas. Uning iliq, nam havo massalari O‘zbekistonga yetib kelmaydi. Aksincha ancha olisda joylashgan Arktikaning quruq sovuq havo massalari respublikamiz shimolida tabiiy to‘siq-tog‘lar bo‘lmagani uchun bu erga bemalol kirib keladi. Respublikamizdan 4000 km shimoli-g‘arbda joydashgan Atlantika okeani g‘arbiy shamollar tufayli o‘lkamiz tabiatiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tinch okean ancha uzoqda ekanligi uchun respublikamiz tabiatiga amalda ta’sir etmaydi. Yuqorida keltirilgan vaziyat o‘lkamiz qishining ancha sovuq, yozining jazirama issiq kelishiga sabab bo‘ladi. Hududining ana shunday o‘ziga xos geografik o‘rniga ko‘ra respublikamizda cho‘l, chala cho‘l hamda quruq dashtlar katta maydonni egallaydi [5, 6, 23].
O‘zbekiston respublikasi hududi 448,96 ming km2 (yoki 44896,9 ming gektar) bo‘lib, maydonining kattaligi bo‘yicha jahondagi 130 dan ortiq mamlakatlardan oldinda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida esa beshinchi o‘rinda (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkmanistondan keyin) turadi. Respublikamizning chekka shimoliy nuqtasi 45° 361; janubiysi esa 37° 111; shimoliy kenglikda yotsa, g‘arbiy chekka nuqtasi 560 va sharqiy chekka nuqtasi 73° 101; sharqiy uzoqliklarda joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoldan janubga tomon meridian bo‘ylab 930 km.ga, g‘arbdan sharqqa geografik uzunlik bo‘ylab 1425 km.ga cho‘zilgan.
O‘zbekiston chegaralari asosan quruqlikdan, ozgina qismi Amudaryo va Orol dengizi orqali o‘tadi. Uning uzunligi 5300 km dan ortiqroq bo‘lib, shundan 2100 km. dan ko‘prog‘i Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi. Bu chegara shimolda, sharqda va shimoliy-g‘arbda tekisliklar va platolar orqali, uning eng chekka janubi-sharqiy qismi Qorjantog‘ va Ugam tizmalari orqali o‘tadi. Sharqda Qirg‘iziston bilan chegara esa Piskom, Chotqol tog‘ tizmalari, Farg‘ona va Oloy tog‘ tizmalarining etaklaridan, Tojikiston bilan esa Qurama, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalari bo‘ylab o‘tadi. O‘zbekistonning janubiy chegarasi Amudaryo orqali o‘tib, uni Afg‘onistondan ajratsa, g‘arbiy va janubi-g‘arbiy chegarasi asosan tekislikdan o‘tib, O‘zbekistonni Turkmanistondan ajratib turadi. O‘zbekiston chegarasining asosiy qismi tekisliklarga to‘g‘ri kelishi transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun qulaylik tug‘diradi. O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai-nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan ancha o‘ziga xos geografik-strategik mavqega ega. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni jadal ketgan. Bugungi kunda ham Evropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okean mintaqasiga olib boradigan quruqlikdagi yo‘llar shu erda kesishadi. O‘rta Osiyo davlatlari Hindiston yarim orolini Rossiya va Evropa bilan bog‘lab turadi. O‘zbekiston o‘zining mavjud va potensial tabiiy hamda xomashyo zahiralari bilan hozirdayoq XXI- asrda dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston bugungi kunda qo‘shni davlatlar o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tamoqda. O‘rta Osiyoning markazi bo‘lgan Toshkent, ramziy qilib aytganda, Sharq darvozasi hisoblanadi.
Biroq tog‘lik relefi va hozirgi vaqtda asosiy iqtisodiy aloqalar dengiz transportida olib borilayotganligi oqibatida respublikamizning geografik o‘rni qadimgi qulaylikni ancha yo‘qotgan. Lekin kelajakda juda yirik transport samalyotlarining qo‘llanishiga o‘tilganda O‘zbekiston Yevrosiyo materigining o‘rtasida joylashgan geografik o‘rni tufayli yana qulay mavqega ega bo‘ladi. [23].


    1. Download 1,52 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish