Anotatsiya kirish mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi



Download 1,52 Mb.
bet8/27
Sana08.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#536303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Disertatsiya-050618-Lotin.Tayyor

Toshkent aktinometrik stansiyasi dengiz sathidan 477 m balandlikda, Turon provinsiyasi Sirdaryo viloyati tabiiy-geogrofik okrugining Angren tekisligining Chirchiq daryosi o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Relefi o‘zida tekisliklar, murakkab kuchli o‘rmonlarni, botqoqliklarni tashkil qiladi. Kuzatish stansiyasi Toshkent madaniy voxasida Toshkent shaxrining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Voxaning radiusi 50-60 km shimoldan janubga cho‘zilgan. Chotqol hududida 20-30 km janubi-g‘arbda stansiya boshlanadi. Sharqdan, shimoli-sharqdan janubga qarab 7-10 km uzoqlikda Chirchiq daryosi oqadi. Chirchiq daryosidan katta magistrallar Solar va Bo‘zsuv ajralib chiqadi.
Maydon GMITI binosining shimoli sharqida 180 m balandlikda joylashgan. Butun maydon atrofi ekinlar bilan band. Eng yaqini 45 m da shimoli sharqda joylashgan balandligi 8 m va 50 m. 100 m shimoli sharqda 3 qavatli FTI binosi joylashgan.
Qizilcha aktinometrik stansiyasi dengiz sathidan 2070 m balandlikda joylashgan. Chotqol Qurama tog‘ tizmasiga yaqin joyda O‘rta sirdaryo tabii-geografik okrugida, Chotqol tog‘ining janubi yonbag‘ridagi Dovonsoy va Qizilcha daryosining yuqori qismida joylashgan.
Landshaft o‘rta baland tog‘larning mayda toshlaridan tashkil topgan. Qizilcha daryosining vodiysi shimoldan janubga 7-10 radius burchagi bilan yo‘nalishga vodiy 3 km uzunlikda va 1 km kenglikda. Sharqdan g‘arbga tomon 60 km janubda Kuramin tog‘lari keladi. Vodiyda buloqli suvlar bor. Bahor yoz oylarida tog‘lar va tog‘ cho‘qqilari cho‘l o‘tloq o‘simliklari bilan qoplangan. Tuproq odatda cho‘l va mayda sheben mayda toshlardan tarkib topgan. Meteorologik maydoncha janubi sharqda 5-6 darajada cho‘zilgan baland joylarda joylashgan. Shimoldan janubgacha bo‘lgan joydan 40 m masofada Dovonsoy daryosi o‘tadi. Uy va boshqa qurilishlar meteostansiyadan 70-80 m uzoqlikda joylashan.
Samarqand aktinometrik stansiyasi dengiz sathidan 726 m balandlikda joylashgan. Samarqand xududining O‘rta zarafshon ta’biy geografik okrugida, Zarafshon daryosi chap qirg‘og‘ida joylashgan. Zarafshon daryosi madaniy landshaftlar qumli xosilsiz tekisliklarida tashkil topgan. Stansiya Samarqandning janubi chekkasida, Zarafshon daryosini atrofida joylashgan. Sharqdan va shimoli sharqdan Zarafshon vodiy va janubdan Turkiston tog‘ tizmalari oralig‘idagi 15-16 km uzunlikda parchalanib ketgan. Boshqa yo‘nalishlarda tog‘lar 40-50 km masofada joylashgan. Stansiyaning shimol va shimoli sharqda oqib o‘tayotgan Zarafshon daryosi 9 km uzoqlikda, Dargom daryosi 3 km janubi g‘arbda joylashgan. Stansiya bog‘lar va uzumzorlar bilan o‘ralgan.
Termiz aktinometrik stansiyasi Surxondaryo viloyati tabiiy-geografik okrugining Denov tumanida, Amudaryo daryosi bo‘yida dengiz sathidan 308 m balandlikda joylashgan. Bu tuman Tojikistonning janubi qismidagi tojikiston geografik mintaqasining bir qismidir. Rel’efi Amudaryo va Surxondaryo daryosining tekis va burchakli terassalari. U erga madaniy landshaft xarakterli. Stansiya Termiz shahri shimoli-sharqiy tomonida joylashgan. Stansiya joylashgan hudud qir-adirlar bilan o‘ralgan.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish