Bedana anor navi -po`stlog`i sariq, shirasi shaffob qizg`ish, shirin, sentyabr`ning oxirida uzub olinadi. Mevasi uzoq oraliqlarga yuborishga chidamli emas. (Matkarimov, Saburov , 1984). Respublika hududida anorning boshqa navlari ham ekiladi. Umuman barcha anor navlari ham malum darajada yetarli hosil beradi, lekin anorning buta shoxlari qish oylarida tuproqga ko`miladi va bahorda qayta ochib olinadi. Shunday qilib subtropik o`simlik bo’lishidan qatiy nazar anor butun O`zbekiston sharoitida ekiladi va undan mo`l hosil olinadi.
Tijoratnavlari
Umuman olganda, butun dunyoda 500 dan ortiq anor navlari yetishtiriladi va ular orasida birnechta mashhur tijorat navlari mavjud. Anor navlari hajmi, ta’mi, terisi rangi, donlari rangi, urug‘ning yumshoqligi, xosildorlik, bo‘linish, kasalliklar, saqlash, shakariqdori, sharbat miqdori, pishish vaqti va boshqalar bilan farqlanadi. Anor navlari odatda uchta asosiy guruhga ularning titrlangan kislota miqdoriga asosan bo‘linadi: TA qiymatlari 0,32, 0,78 va 2,72% (A/A)ga mos ravishda "shirin", "shirin-nordon" yoki "nordon" kabi bo‘ladi. Misol uchun, Ispaniyada O‘rtaer dengizi iqlimiga moslashgan 40 navning 35 tasishirin, uchta shirin-nordon, ikkita nav esa nordon hisoblanadi. “Vondeful“ (Amerika navi) butun dunyo bo‘ylab yetishtiriladi va turli xil klonlarga ega bo‘lib pishib yetish vaqti, kattaligi va kislota miqdorining (kamroq) bo‘lishiga qaramasdan, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Tijoriy maqsadda yetishtirilgan boshqa muhim navlar quyidagilardir: Isroilda -Shani-Yonayemek, Hershkovich, Akkova Kamal navlari; Turkiyada - Hichaz; Marokashda - Safri, Kharazi, Laaroussi;
Hindistonda - Ganesh, Arakta, Bhagva va Rubi; Ispaniyada - Mallar, Elcheva Valensiya; Eronda -Malas-e-Savex, Rabob-e-Neyriz, Malas-e-Yazdiy, Sishe Kape-Ferdos va Naderi-e-Budrood;Hindistonda - Ganesh, Mirdulla (Arkta), Bhagva (Kesar), Rubi va boshqalar.
AQShdagi asosiy navlar:
„Vondeful“ “Vondeful“ Portervilleda 1896 yili Floridadan olingan anor shoxlaridan kashf etilgan. Bu o‘simlik Kaliforniyadagi eng keng tarqalgan tijorat anor navi hisoblanadi. Meva qizil donlardan tashkil topgan bo‘lib katta, shirin-nordon ta’mli va yarim qattiq urug‘li va tashish uchun qulaydir. Mevaning tashqi ko‘rinishi po‘stlog‘I o‘rta qalinlikdagi yaltiroq qizilranglidir. Anor donining sharbari to‘q qizg‘ish va yoqli xidli bo‘ladi. Eng yaxshi sifatli anor issiq iqlim sharoitida etishadi, gullari qizil-sabzirang, barglari chiroyli, uzoq yashaydi, har qanday tuproq va ishqorli tuproqlarda yaxshi o‘saoladi; Meva pishishi uchun sentyabr va oktyabr oyining oxirlarida mevalar 7 C dan past haroratda 150-200 soatni talab qiladi. Juda xosildor, o‘z-o‘zidan changlanadi. Isroildagi „Vondeful“ning bir nechta navi xaqiqiy „Vondeful“ ko‘chatlarining xuddi o‘zidir. Amerikaning „Vondeful“ navining Isroildagi „Vondeful“ navilaridanginetikajralibturishianiqlanmagan. Amerikaning „Vondeful“ navi mevasi isroilliklarnikiga qaraganda biroz qattiqroq bo‘lib, anor donidan mexanik sharbat olish uskunasiga mos tushmaydi va bu farqlar ularning o‘sish sharoitiga bog‘liqdir. „Vondeful“ – yorilishga chidamli hisoblanadi, "Mollar" esa yorilishga moyil bo‘ladi.
„Vondeful“ navi mevasi Erta pishar „Vondeful“ - Kaliforniyada kashf qilingan „Vondeful“ning mutatsion navidir. U„Vondeful“dan ikki hafta oldin pishib, terisiga qizil rangni aslidan ancha oldinroq oladi. Sharbatning sifati haqiqiy „Vondeful“ dan kamroq. Eng yaxshi sifatli anor issiq iqlim sharoitida bo‘ladi, gullari qizil –sabzirang, uzoq yashaydi, har qanday tuproq va ishqorli tuproqlarda yaxshi o‘saoladi; Meva pishishi uchun sentyabr va oktyabr oyining oxirlarida mevalar 7C dan past haroratda150-200 soat talab qiladi („Vondeful“ navidan ikki hafta oldin). Juda xosildor, o‘zidan changlanadi.
Ertapishar„Vondeful“navimevasi
Do'stlaringiz bilan baham: |