Anor seleksiyasi va navshunostligi



Download 6,85 Mb.
bet42/101
Sana24.11.2022
Hajmi6,85 Mb.
#871509
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
Anor seleksiyasi MAJMUA

Gyulosha navi – bu eng yaxshi Ozarbayjon navi hisoblanadi. U respublikaning aksariyat tumanlarida keng tarqalgan, lekin ushbu o’simlikning asosiy qismi Gyokchay, Agdam, Agdash, Axsuin, Terter va Udjar tumanlarida mavjud. Ushbu nav O’rta Osiyo respublikalarida, Armaniston va Dog’istonda sinab ko’rilgan. Ozarbayjondagi Gyulosha navi tupining bo’yi 4 metrgacha, to’g’ri novdali, o’rtacha tikanakli, barglari nashtarli, novdalarda vertikal joylashgan gullari ko’zasimon va vazasimon, och qizil rangli bo’ladi. Mevasining vazni-300-400 gramm, yumaloq, kosachalari kichik, qisqa, ixcham, silindirsimon, bo’yi-10 mm, diametri-17 mm, tishchalari egik yoki to’g’ri, uzunligi-10 mm bo’ladi. Mevalari-yarqiroq, tiniq, to’q qizil – qizil rangli; asosiy tusi – bir-xil sarg’ish rangli; po’sti va donachalari orasidagi to’siqlar – yupqa, doni to’q olcha rangli, yirik, uzunligi – 11 mm, eni – 8 mm; urug’lari kichik-uzunligi-8 mm, eni – 4 mm. Sharbati – tiniq, qizil, ko’p – 55 foizgacha. Mazasi – nordonroq – shirin, yoqimli. Ozarbayjondagi o’sadigan anor mevasi tarkibida 14,5% qand, 1,8% kislota bo’ladi. O’zbekistondagi navida: qand – 15,03%, limon kislotasi – 0,94%. Mevalari oktyabr o’rtalarida yetiladi. Serhosil bo’ladi. Har bir tupidan o’rtacha 35-45 kg hosil olinadi. Mevalarini 2-3 oy saqlash mumkin. Mevalaridan yangi holida iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.
Bala-myursal (Kalin-kabuk-Gyulosha) – Ozarbayjon mahalliy navi hisoblanadi. Asosan Axsuin, Gyokchay, Ud-nar, qisman Agdam, Xaldan va boshqa tumanlarda tarqalgan. O’rta Osiyo respublikalarida va Dog’istonda sinab ko’rilgan. Normal rivojlangan tuplarining bo’yi – 3 metr. O’rtacha shoxlangan, tikanaklari kam. Barglari – nashtarsimon, yirik. Gullari – ko’zasimon va qo’ng’iroqsimon, to’qqizil rangli. Mevalari – yirik, vazni – 300-500 gr; pallalari – yirik; yig’noq; pallasining bo’yni – konussimon, bo’yi – 10 mm; diametri – 21-22 mm; tishchalari – egik, to’g’rilari kam, uzunligi – 12 mm. Po’sti va donalari oralig’idagi to’siq – qalin. Mevalari to’q malina tusli, tiniq, yarqiroq bo’ladi. Sirtining rangi – bir-xil rangda. Donalarining yirikligi – asosan o’rtacha, uzunligi – 12 mm, eni – 7 mm, to’qqizil tusli; urug’lari – uzunchoq, ingichka, uzunligi – 7 mm. Sharbati mo’l, qizil; sharbat chiqishi – 46-51%. Mazasi nordonroq-shirin, xushbo’y. Ozarbayjonda yetishtirilgan mevasida: qand – 14,2%, kislota –1,5%. O’zbekistonda yetishtiriladiganida: qand – 15,97, kislota – 1,28%. Mevalari oktyabr boshlarida yetiladi. Har tupidan: Ozarbayjonda– 30-50 kg, O’zbekistonda – 16-20 kg hosil olinadi. Saqlanish muddati – 3-4 oy. Mevasidan yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun foydalaniladi.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish