17-MAVZU. ANORChILIKDA KLON SELEKTSIYaSI VA NAVShUNOSTLIGI
REJA:
1. Klon seleksiyasidagi o‘zgarishlar
2. Somatik mutatsiyalar
3.Xorijiy klon seleksiyasi
Meva daraxtlarining ba’zi organlarida tabiiy holda o‘zgarishlar paydo bo‘lishi ilgaridan ma’lum. Bu o‘zgarishlar (somatik) tana xujayralarida sodir bo‘ladigan tabiiy mutatsiyalardir. Bularga «ko‘rtaklar variatsiyasi» (juz’iy o‘zgarishi), «somatik mutatsiyalar», «sportlar» (normal tipdan farq qilishi) deb nom berilgan, va ular nav ichida yangi shakllarni vujudga keltirish manba bo‘lib xisoblandi.
Juz’iy o‘zgarish ruy bergan kurtaklardan chiqqan novdalar vegetativ usul bilan ko‘paytirilganda o‘zgarishlar avlodlarda saqlanib qoladi. O‘zgarishlarni o‘z paytida aniqlash nav tozaligini saqlashda va yangi klonlar yaratishda katta ahamiyatga ega. Bunga e’tibor bermaslik oqibatida navlar klonlar aralashmasiga aylanib ketishi mumkin.
Bog‘dorchilikda ekilayotgan anorning ko‘p navlari somatik mutatsiyalar sifatida paydo bo‘lgan.
Vaynsep navining 30 dan, Delishes navining 80 dan ortiq somatik mutatsiyalari ma’lum. Asrimizning 30-yillarida fakat AQSh da olmada kurtaklarning 400 ga yakin har xil o‘zgarishlari qayd kilingan. Ular mevasining rangi, shox shabbasinig shakli va katta-kichikligi, o‘sish kuchi, hosil berish hususiyatlari bilan bir biridan farq kiladi.
Ayniksa olmaning qizil mevali klonlari ko‘p topildi va ular tovar sifati yuqori bo‘lganligi sababli bozorda rakobatbardosh bo‘lib, dastlabki navlarni ishlab chikarishdan siqib chiqara boshladi.
Xalk seleksionerlari ham kurtaklarning juz’iy o‘zgarishlarini payqab, ularning eng foydalilarini tanlab olish yo‘li bilan mavjud navlarni yaxshilagan. Rossiyada olma navlaridan Anis, Skrut, Antonovka, Titovka va boshqalarning ko‘p klonlari keng tarqalgan, I.V. Michurin tomonidan 1892 yili yaratilgan Antonovka polutorafuntoviy navi Antonovka Mogilevskiy beliy navining klonidir.
Respublikamizda olmaning rayonlashtirilgan Borovinka Tashkentskaya navi Borovinka Xarlamovskaya navining, olchaning Lyubskaya - 15 navi Lyubskaya navining kloni Hisoblanadi. Xuddi shuningdek, nokniig Kulola - 2, Nashvati zimnyaya-2 navlari ham klon seleksiyasi usuli bilan yaratil- gan.
Ko‘rtaklar juz’iy o‘zgarishi natijasida ba’zi belgi va hususiyatlarning o‘zgarishi boshqa belgi va hususiyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Klonlarda meva rangining to‘qrok bo‘lishi ko‘pincha pishish muddatining asosiy navga nisbatan ertaroq boshlanishi va mevasining kamroq saqlanish xususiyatlari bilan bog‘lik ekanligi kuzatilgan. Bunday klon daraxtlari kuchsizrok o‘sadi va shox-shabbasi ham kichikroq bo‘ladi. Lekin daraxtlarning kuchsizroq o‘sishi, hosil berish hususiyatining o‘zgarishi ham ijobiy o‘zgarishlarga kiradi.
Bunday klonlar AKShda olmaning Starking Delishes, Golden Delishes, Vaynsep va boshqa navlarida topilgan. Ular past buyli spur tipidagi klonlardir. Spur navlar ertaroq hosilga kirishi, yuqori hosil berishi, novdalaridagi bugin oraliklarining kalta bo‘lishi, barglari va meva organlarining bir - biriga yakin joylashishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga spur navlar asosiy pavlarning eng muhim hususiyatlarini saqlab qoladi.
Meva ekinlari turlarining ko‘p navlari orasida foydali xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan anor klonlar topilgan. Keyingi yillarda olingan natijalar klon seleksiyasi usuli asosiy navlarni yaxshilash va yangi navlar yaratishda istiqbolli ekanligini kursatdi.
Vegetativ usul bilan ko‘payadigan meva navlari seleksiyasi uchun somatik mutatsiyalarning ahamiyati katta. Sun’iy yoki tabiiy ravishda olingan mutatsiyalar, shu jumladan, klonlar Ham, mevachilikni jadallashtirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Meva ekinlari klon seleksiyasini olib borishda o‘simliklardagi irsiy (genotipik) o‘zgaruvchanlikni irsiymas (fenotipik) o‘zgaruvchanlikdan farq kila bilish kerak.
Fenotip - o‘simlik genotipi asosida vujudga kelgan barcha belgi va hususiyatlar majmuidir. U doimiy bulmasdan, tashhi sharoitlar ta’sirida o‘zgarib turadi. O‘simlik genotipi o‘zgarganda uning fenotipi ham o‘zgaradi.
Tashqi sharoit ta’sirida ruy beradigan o‘zgaruvchanlik modifikatsion o‘zgaruvchanlikdir, u bitta genotipning xar xil sharoitda namoyon bo‘lishidir. Bu o‘zgaruvchanlik irsiymas, nasldan-naslga o‘tmaydi.
Ko‘rtaklardagi juz’iy o‘zgarishlarni modifikatsion o‘zgarishlar bilan aralashtirib yuborish qiyin emas.
Ko‘rtaklarning juz’iy o‘zgarishlarini aniqlashda mevasining belgilariga - rangi, katta-kichikligi, shakli, ta’mi, pishish muddatlari, shuningdek hosil berish hususiyatlariga ham katta e’tibor berilishi kerak.
Topilgan juz’iy o‘zgarishlarning irsiy ekanligini aniqlash maqsadida:
o‘zgarishlarni kelasi hosil beradigai yillarda h,am tek shirish;
xromosomalar sonini aniqlash;
o‘zgarish ro‘y bergan va navga xos bo‘lgan shoxlardan qalamcha olib, hosilga kirgan daraxtlarga payvand qilish;
taqoslanayotgan shoxlardan qalamcha olib, meva ko‘chatzoridagi nihollarga payvand qilish va hosil bergandan so‘ng juz’iy o‘zgarishlarni tasdiqlash lozim.
Klon seleksiyasi ilmiy tadqiqot institutlarida, ko‘chatzorlarning ona bog‘larida olib borilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |